Ichi bo‘sh, nasadkali va markazdan qochma skrubberlar tuzilishi va



Yüklə 120,91 Kb.
səhifə1/4
tarix18.11.2023
ölçüsü120,91 Kb.
#132719
  1   2   3   4
10-Maruza


10-MA’RUZA
Mavzu: Xo‘l usulda chang ushlovchi qurilmalar. Qurilmalar klassifikatsiyasi. Ichi bo‘sh, nasadkali va markazdan qochma skrubberlar tuzilishi va ishlash asoslari
Reja:

    1. Ho‘l usulda chang ushlovchi qurilmalar klassifikatsiyasi

    2. Laminar va turbulent oqim rejimida chang zarrachalarini suyuqlik tomchisiga cho‘kishi

    3. Ichi bo‘sh, nasadkali va markazdan qochma skrubberlar tuzilishi va ishlash asoslari

Tayanch iboralar: spiralsimon, bunker, pastki oqim, yuqorigi oqim, tangensial, soplo.

Gazlarni yuvish yo‘li bilan changdan tozalash usulidan foydalanilganda changli oqim tomchi yoki plyonka holatdagi suyuqlik bilan kontaktda bo‘ladi. Gidrofil xossali chang suyuqlik yuzasiga yopishib, u bilan birga qurilmadan tashqariga chiqariladi. Chang yuvishning kamchiligi – ifloslangan oqindi suyuqliklarning hosil bo‘lishidir. Bunday oqindi suvlar tozalashni talab qiladi. Gaz yuvish yordamida juda kichik zarrachalar (0,1 mkm gacha) ni tutib qolish imkoniyati mavjud va juda yuqori (99%gacha) tozalash darajasiga erishish mumkin. Gaz yuvuvchi qurilmalarni chang tutishidan tashqari bir vaqtning o‘zida quyidagi vazifalarni xal qilish maqsadida ishlatish mumkin: gazlarni sovutish yoki namlash; chang bilan birgalikda tomchi va tumanlarni tutib qolish; gaz qo‘shimchalarini absorblash.


Gaz yuvuvchi qurilmalar kamchiliklardan holi emas: a) qurilma va trubaprovodlarni yuzalariga chang zarrachalarining yopishib qolishi; b) suyuqlik (odatda suv) ning sarfi ancha katta;
v) gazlarni, ayniqsa agressiv gazlarni, tozalash uchun qurilma va trubaprovodlarni korroziyadan himoya qilish talab qilinadi; g) past temperaturada (OoS dan kam) ishlatish mumkin emas, chunki suv muzlab qoladi; d) katta tezlik bilan ishlaydigan qurilmalar uchun qo‘shimcha tomchi ushlagichni o‘rnatish talab qilinadi.
Ho‘l usulda chang ushlovchi qurilmalar klassifikatsiyasi. Gazyuvuvchi qurilmalarda mexaniq (markazdan qochma, ulptratovushli), pnevmatik (suyuqlikni sochilishi gaz yordamida amalga oshiriladi) va elektr forsunkalar ishlatiladi (forsunka – suyuqliklanni purkab beruvchi asbob). Mexaniq forsunkalar eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, tuzilishi sodda, narxi arzon, ishlatish qulay. 1 tonna suyuqlikni o‘lchami 0,001 dan 3,5 mm gacha bo‘lgan tomchilar holatida sochish uchun 2- 20 kVt energiya sarf bo‘ladi.

Yüklə 120,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin