Ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish



Yüklə 18,89 Kb.
səhifə1/4
tarix10.05.2022
ölçüsü18,89 Kb.
#115789
  1   2   3   4
Ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish

ILMIY TADQIQOT ISHLARINI TASHKIL ETISH
1.Ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish

2. Ilmiy – texnik potensialni tashkil etish

3.Ilmiy va ilmiy –pedagogik kadrlarni tayyorlash.

Fundamental (nazariy), amaliy tadqiqotlar va ishlanmalar. Mavzuning dolzarbligi, tadqiqotning maqsad va vazifalari. Ilmiy tadqiqotlarni tahlil qilish. Ilmiy mahsulotni joriy etish. Iqtisodiy samaradorlik.

Ilmiy tadqiqot yoki ilmiy tadqiqiy ishlar (ITI) maqsadiga, tabiat yoki sanoat bilan bog’liqlik darajasi va ilmiy chuqurligiga ko’ra uch asosiy turga ajraladi: fundamental (nazariy), amaliy va ishlanma.

Fundamental (nazariy) tadqiqotlar atrof borliqdagi yangi qonunlarni ochishga, hodisalararo aloqalarni aniqlashga, yangi nazariy va tamoyillar yaratishga yo’naltiriladi. Ular ijtimoiy bilimni kengaytirishga, tabiat qonunlarini yanada chuqurroq anglashga imkoniyat beradi. Bu tadqiqotlar ham fanning ichida, ham ijtimoiy ishlab chiqarishda asos (fundament) hisoblanadi.

Amaliy tadqiqotlar ilmiy negiz (baza) ishlab chiqishga yo’naltiriladi. Mazkur negiz ishlab chiqarishning yangi vositalari (uskunalar, mashinalar, materiallar, ishlab chiqarish vositalari, ishni tashkil etish va boshqalarni yoki mavjudlarini takomillashtirish zarurdir. Bu tadqiqotlar jamiyatning ishlab chiqarish muayyan tarmoqlarini rivojlantirishga bo’lgan talablarini qondirishi lozim.



Ishlanmalardan maqsad amaliy (yoki fundamental) tadqiqotlarning natijalaridan texnika, ishlab chiqarish texnologiyasining yangi xillarini barpo qilish va o’zlashtirish yoki mavjud namunalarini takomillashtirish maqsadida foydalaniladi. Fundamental va amaliy ITIlarni bajarish jarayoni bir qator asosiy bosqichlarni o’z ichiga oladi. Bular muayyan mantiqiy ketma-ketlikda joylashadi.


Yüklə 18,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə