Imom ismoil al-buxoriy



Yüklə 21 Kb.
tarix13.02.2022
ölçüsü21 Kb.
#114365
@xxi asruqit Imom Al-Buxoriy


IMOM ISMOIL AL-BUXORIY
(810 - 871)
Buxoriyning to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn al-Mug‘ira ibn Bardazbah al-Juafiy al-Buxoriydir. U Buxoroda katta olim oilasida 810 yil 20 iyulda tug‘ilgan. U yoshligidanoq o‘zining o‘tkir zehni va kuchli iqtidorini namoyon qiladi. Muhammad Buxoriy go‘dakligidayoq otasi dunyodan o‘tadi va onasining qo‘lida qoladi.

16 yoshida onasi va akasi Ahmad bilan birga hajga borib, 4 yil Makkada yashagan. Yo‘l-yo‘lakay Balx, Basra, Kufa, Bag‘dod, Xums, Damashq, Misr, Makka va Madina singari ko‘plab shaharlardagi hadisshunos olimlardan saboq oladi. Bu paytda u mashhur muhaddislar Abdulloh ibn Muborak va boshqalarning hadis to‘plamlarini to‘lig‘icha yod olib ulgurgan edi.



Buxoriy 18 yoshga kirganda bir qator yirik ilmiy asarlar muallifi edi. Uning ustozlaridan Shayx Doxiliy shogirdining quvvai hofizasiga, bahslashish mahoratiga, dalillarni keltirishdagi izchil mantig‘iga ko‘p marta qoyil qolgan, tan bergan va uni olqishlagan edi. Buxoriy islom mamlakatlarini kezib, jami 600 ming hadis yozib olgan. Al-Buxoriy umrining so‘nggn kunlarini Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog‘ida o‘tkazadi va hijriy 256 (milodiy 871) yilda vafot etadi.

Asarlari: «Al-Jomi’ as-sahih» («Ishonarli to‘plam»), «Al-Adab al-mufrad» («Adab durdonalari»), «Kitob asmo’ is-sahobi», «Kitob af’ol il-ibod», «Kitob ul-favoid», «At-tarix al-kabir», «Tarixi us-siqot vazzuafomin ruvotil-hadis», «Qazoyi as-sahabat vat-tobe’ini», «Tarixi kabir», «Tarixi Buxoro» va boshq.
Yüklə 21 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin