Insonlar aro energiya almashinuvi Ochilov Abror Safarqul o`g`li



Yüklə 11,37 Kb.
tarix01.01.2022
ölçüsü11,37 Kb.
#107434
INSONLARARO ENERGIYA MAQOLA
TAYYOR KRASSVORD , ENG YANGI ENERGIYA TESTI, ENG YANGI ENERGIYA TESTI, Jaholatga qarshi ma, INSONLARARO ENERGIYA MAQOLA, INSONLARARO ENERGIYA MAQOLA

Insonlar aro energiya almashinuvi

Ochilov Abror Safarqul o`g`li. Nizomiy nomidagi

TDPU Termiz filiali talabasi.

Bizni o`rab turgan olamda nimalar sodir bo`layotgani ko`pchiligimiz bilmaymiz. Ha, hatto, insonlar o`zi haqida to`liq ma’lumotga ega emas. O'z imkoniyatlarini anglab yetmaydi. Biz kundalik turmushda shundoqqina yonimizda sodir bo`layotgan, hatto bu jarayonda o`zimiz bevosita ishtirok etgan taqdirda ham, ongimizga sig`maydigan voqea-hodisalarga duch kelamiz. Nima deysizmi? Bir boshdan so`z yuritaylik. Siz o`z tanangizda misli ko`rilmagan energiya mavjudligini bilasizmi? O'z energiyangiz bilan hatto qudratli generatorlarni ham ishga tushira olishingiz mumkinligini-chi? Qizig`i, o`z energiyangizni o`zgalar bilan bo`lishishingiz va o`zgalar energiyasini qabul qila olishingiz mumkin. Ishonavering. Insonlararo energiya almashinuvi. Bu haqda jahon psixologiyasida uncha ko`p bo`lmagan ma’lumotlar mavjud. Ammo bu qarashlarda ko`proq ramziylik mavjud. Ya’ni jamiyatta kamchilikni tashkil qiladigan “energiya so`ruvchilari (vamperlari)” misolida o`rganiladi. To`g`ri, u kabi negativ insonlarda bunday hislat yaxshi rivojlangan bo`ladi. Ammo har bir inson ham. Mana shu hislatning kuchsiz formasi bilan ta’minlangan. Demoqchimanki, siz ham energiya so`ruvchisi bo`lmasangiz-da, energiya qabul qilish va ulashishga qodirsiz. Bu haqida manbalarda ijobiy va salbiy energiyani ruhiyat bilan bog`laydilar. Ammo bu bilan cheklanib qolmaslik kerak.

Energiya – materiyaning asosiy xossalaridan biri, materiyaning harakatlanishi, ish bajara olish qobilayatining mezoni, quvvatdir. U yo`qdan bor bo`lmaydi va bordan yo`q bo`lmaydi.

Bioenergiya – bu inson energiyasi . inson hujayralaridan chiquvchi kaliy ionlari doyimiy ravishda elektr potensiallarini paydo qiladi.

Yaratgan bandasiga yetarlicha quvvat berib, jon ato etgan. Yashash uchun kerakli quvvat ichimizda. Bu quvvat ichimizda ekan, yashaymiz, ko`payamiz, o`zgalarga ta’sir ko`rsatamiz, himoyalana olamiz. Shunday ekan, hech kim o`zi uchun zarur bo`lgan energiyasini o`zgalar bilan bo`lishishni xohlamaydi. Yaxshiyamki, energiya so`ruvchilari energiyamizni bizdan beruhsat tortib ololmaydi. Ammo o`zaro munosabatlarda biz o`zimizni qanday tutishni bilmaymiz va ko`p hollarda salbiy energiya yutuvchisi bo`lgan holda, ijobiy energiyamizni bilmagan holda berib qo`yamiz. Salbiy energiyaga ega kishi atrofida yashaydigan barcha narsalar, jumladan, yaqin kishilari uchun ham yomon. U tashqi dunyo va hatto o`zi bilan yashashga qodir emas. Biror kishiga energiyaning ta’siri asosan, uning kundalik hayotini belgilaydi. Agar energiya ijobiy bo`lsa, unda inson hayoti uyg`un tarzda, boshqalarga ijobiy ta’sir ko`rsatadi. U ochiq, tushunarli va boshqalarga ishonchni ilhomlantiradi. Salbiy energiyali inson esa, aksincha, boshqa odamlarga zarar yetkazishi turgan gap. Salbiy energiya yolg`on, qaram, dushmanlik, tajovuzkor odamlarga hos. Kuchli ijobiy energiyaga ega bo`lgan odamning asosiy belgilarida biri – ular tashqi dunyoga va ularga yaqin bo`lgan odamlar bilan yashashga bo`lgan kuchli xohishdir. Ular ichlarida kuchli yadroli, sof, samimiy odamlardir.

Inson aurasi – insonni o`rab turuvchi tashqi himoya qatlam. Aslida auraning o`zi bu energiyadir. Inson aurasi qalin (kuchli) va yupqa (kuchsiz) bo`lishi mumkin. Uni ma’lum darajada dinamikasi mutloq bosh miyaga bog`liq. Energiya almashishda biz insonlarni umumiy 3 guruhga bo`lishimiz mumkin

  • O`zgalardan ijobiy enegiyani so`rib olish va o`z salbiy energiyasini yuboradi.

  • O`zidan salbiy va ijobiy energiyani tarqatadi. Ammo, energiya tortib olmaydi, yoki, juda kuchsiz qabul qiladi.

  • Faqat, salbiy energiya to`plovchi. U o`zgaga bu energiyani ulasha olmaydi.

Birinchi guruhga kiruvchi insonlar kimlar? Ular ham bir necha turga bo`linadi.

Energiya zuluki ( vampiri). Bunday odamlar deyarli har bir joyda bor. Deyarli har birimiz ular bilan suhbat qurganmiz. Ular oshna-og`ayni, qarindosh bo`lishi mumkin. Energiya zuluklari energiya to`ldirish bilan bog`liq muammolari bo`lgan kishilardir. Ularning energiyasini ko`paytirishning eng oson yo`li o`zgalarga “yopishib” olishdir. Ular tajavuzkor va qatiyatli, ular potensial jabridiydalaridan energiya olish usuli juda oddiy. Ular mojaro, janjal yoki kelishmovchiliklarni boshlashga urinishadi. Shu kabi vaziyatlardan so`ng kuchi, sog`ligi va kayfiyati tiklanadi. Nima uchun bunday bo`ladi? Yuqorida aytganimizdek, inson o`z energiyasini bosh miya orqali boshqaradi. Jabridiyda bunday holatda ( mojaro, haqoratli vaziyatda ) o`z miyasida tartib o`rnata olmay qoladi. O`z aurasini ochib beradi va zahira energiyasini ochib yuboradi. Bu holatda esa o`z ijobiy energiyasidan ajralib qoladi va salbiy energiyani qabul qiladi. Bunday holatda eng to`g`ri yo`l – ularga reaksiya bildirmaslik. Ya’ni g`azabiga g`azab bilan javob bermaslikdir. Yo`qsa energiya donoriga aylanib qolasiz va energiya tanqisligi, auraning zaiflashuvi sabab, depressiya va turli kasalliklarga beriluvchanligingiz oshadi. Ularning yana bir turi “ energiya tortuvchilari”dir. Bunday odamlar birinchi marta uchratganda ham, salbiy energiya oqimini chiqara boshlaydi. Ammo zuluklar kabi to`g`ridan to`g`ri energiya olmaydilar. Ular boshqa odamlarning hayot maydoniga kirib borishlari va uzoq qolishlari uchun harakat qiladilar. Ular o`z o`ljasini telefon qo`ng`iroqlar qilish, uchrashuvlar, aloqalar qidirish, maslahatlar so`rash orqali boshqalar energiyasini ziddiyatlarsiz, uzoq qabul qilishadi. Ammo ular bilan muloqotda energiya vampirlari bilan aloqada bo`lganday azob chekilmaydi. Bunday insonlar aurasi to`q va loyqasimon qizil rangda bo`ladi.

2 – guruhga esa juda ko`pchilik kiradi. O`zidan salbiy va ijobiy energiya sochadi, ammo, energiya tortib olmaydi yoki juda kuchsiz qabul qiladi.

“energiya zavodlari”. Bu turdagi odamlar ijobiy energiya tarqatish uchun tabiyy zahiraga ega. Haddan tashqari qiziqish bu turdagi insonlarga hosdir. Ularning aurasi sariq rangli bo`ladi.

“salbiy energiyachilar”. Bu turdagi odamlar faqatgina salbiy energiya yo`llaydi. Siz uni qabul qilsangiz ham qilmasangiz ham yo`llayverishadi. Bu hislatning juda kuchli formasi bilan ta’minlangan insonlar borki, bunday odamlar “ nazarchilar “ desa bo`ladi. Siz ko`p uchratadigan, “kinna kirish” deb ataydigan bu jarayon aynan, ana shu odamlar ishtirokida sodir bo`ladi. Ya’ni to`planib yotgan bor salbiy energiyasini siz tomon yo`llaydi. Siz o`z aurangizni ochib berish uchun , so`z bilan ta’sir o`tkazadi. ( Bazan bu shart ham emas, chunki, juda kuchli energiya sizning aurangizni bemalol yorib o`tishga qodir bo`lishi mumkin.) Kutilmagan hursandchilik paydo qiladigan so`zlardan foydalanadilar va siz ko`p holda aldanasiz. Natijada kuchli salbiy energiya sizga jo bo`ladi. U esa ichki strukturangizni buzib yuboradi. Tahmin qilsa bo`ladiki, ko`p holda garmonlar tizimini faollashtirib, hamda oshqozon ichak tizimiga ma’sul bo`lgan uzunchoq miya ishini izdan chiqaradi. Bu oshqozon va oshqozon bezlari ishini faollashtiradi. Natijada ko`ngil aynishi, ich ketish holatlari kuzatiladi. Bu salbiy energiyaning kuchiga bog`liq bo`lgan holda, boshqa, bundan ham nohush bo`lgan holatlarni keltirib chiqaradi. Bundaylarga taslim bo`lmasikning yagona yo`li; ularga reaksiya bildirmang. Ya’ni kayfiyatingizni o`z holicha saqlab qoling. Hursand bo`lsangiz hursand, hafa bo`lsangiz hafaligingizcha qoling. “ Salbiy energiyachi” larning aurasi bronza rangda bo`lib, salbiy energiya kuchiga qarab qoramtirlashib boradi.

Uchinchi guruhga kiruvchi, faqat salbiy energiya to`plovchi va hech kimga ulashmaydiganlar. Bu insonlar birov uchun unchalik havli bo`lmasada, o`zi uchun ancha havflidir. Ular hayotda salbiylik qidiradi. Doimo yomon kayfiyatda yurishadi. O`galarga fisq-u fasod uyushtirish ularga hos. Bu insonlar garchi sokin, o`zaro aloqalarga kam kirishsada, o`zgalarga badsifat, qo`rs, zaxarli so`zlari bilan atrofdagilar ko`nglini ranjitish ularga begona emas. Aynan o`sha yomon fayfiyati sabab, salbiy energiyadan halos bo`lisholmaydi. Salbiy energiya omboriga aylanib qolishadi. U energiya doimo tashqariga, inson ruhsatisiz intilaveradi. Natijada o`z aurasini ichdan yemira boshlaydi. Ohir oqibat uni yorib chiqadi. Natijada bu inson turli kasalliklarni o`ziga joylab olaveradi. Bunday insonlarning energiya vampirlaridan farqi, keskin tajovuzkorlik va hayotga bo`lgan tashnalik bo`lmaydi. Ular hayoti davomida ancha qiynalishadi va kam muvofaqqiyatlarga erishadi. Energiya turiga qarab insonlarni umumiy guruhga ajratsak-da, deyarli, hech qaysi guruhga mos kelmaydigan shunday odamlar borki, ularga olloh qo`shimcha quvvat bergan. U quvvat tashqarida, insonning atrofida bo`ladi. Bunday insonlarning aurasi moviy rangda bo`ladi. Ana o`sha quvvati bor insonlar hislatli bo`ladi. Xalq tilida aytsak, “orqali “ qo`l olishi lozim bo`lgan insonlardir. Ushbu insonlar hislatidan foydalanib odamlarga yordan berishi kerak (shart). Bunday hislatni qanday bilsa bo`ladi? O`ylagani tezda amalgam oshadi. Ko`pincha, ko`rgan tushlari amalga oshadi. Qo`llari tez-tez qizishi mumkin. Boshqalar ko`rmaydigan voqea-xodisalarni ko`rishi mumkin. Xislatli insonlar xislatini ishlatmasa (energiyani sarflamasa,) juda qiyin ahvolga tushadi. Ya’ni tez-tez kasal bo`ladi, omadsiz bo`lib boraveradi .Hech kim bilan chiqisha olmay, serzarda bo`lib qoladi. Shu o`rinda xislatni ishlatish uchun nima qilish kerak degan savol tug`iladi. Xislatni ishlatish uchun, avvalambor, hislatini yaxshi anglagan ustoz topib shogird bo`lish kerak. Ustoz uni ham o`zni ham dasturlab, poklab, uni o`z quvvati bilan tanishtiradi. So`ngra unga energiyasini qanday ishlatish yo`lini ko`rsatadi. Xalq tabobati, hatto, zamonaviy tibbiyot ham inson quvvatini to`g`ri yo`naltirish orqali hastaliklariga davo toppish uchun katta izlanishlar olib bormoqda. Insonlar energiyasini o`rganish shunisi bilan ahamiyatliki, insonning shaxsiy sifatlari, o`zgalar bilan munosabatlari, jamiyatdagi o`rni, hayotiy pozitsiyasi ularning energiyasi (bioquvvatiga) bog`liq.

Adabiyotlar va internet saytlari:

1. Oydin Xojiyeva, Malohat Komilova. "Burjlar, gullar, daraxtlar, ranglar va salomatlik". - Toshkent: Yangi asr avlodi, 2014. 63-74-betlar. 2. Rajamurodov.Z.T, Rajabov. A. I., "Odam va hayvonlar fizialogiyasi" "Tib kitob" nashriyoti, Toshkent - 2010.

3. http://foreks.uz/.

4. Muchal.uz.

5. Hordiq.uz.


Yüklə 11,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə