Iqtisod-moliya



Yüklə 288,5 Kb.
səhifə1/43
tarix10.02.2023
ölçüsü288,5 Kb.
#123241
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43

Iqtisod-moliya

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

JISMONIY TAYYORGARLIK ASOSLARI

o‘quv-uslubiy qo‘llanma

TOSHKENT
IQTISOD-MOLIYA” 2010

Mualliflar jamoasi. Jismoniy tayyorgarlik asoslari. O‘quv – uslubiy qollanma. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2010. 82 bet.
Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanmada jismoniy tayyorgarlikning umumiy maxsus tushunchalari va xususiyatlari, ularning inson ayniqsa, talaba-yoshlar hayotida tutgan o‘rni, xotin-qizlar salomatligini saqlashda jismoniy tarbiya va sportning roli kabi masalalar, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport tarixi, mustaqillik sharofati bilan bu sohaga berilayotgan e’tibor, xalqimizning sportga doir o‘yinlari haqida so‘z yuritiladi. Qo‘llanmaning I –VI va XIII boblarini Toshkent Moliya instituti Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi mudiri G.V.Alistratov, ushbu kafedraning katta o‘qituvchilari I.Z.Islomov, B.A.Hayitovlar yozgan. VII-XII boblarni esa ushbu kafedraning katta o‘qituvchilari B.A. Abbosov, Z.A. Nazarov, SH.N. Avloqulovlar, XIII bobni Alistratov G.V. tayyorlashgan.
Uslubiy yo‘llanma oliy va o‘rta maxsus ta’lim yo‘nalishidagi o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan talaba-yoshlar va barcha qiziquvchilarga mo‘ljallangan.

O‘quv qo‘llanma Toshkent Moliya institutining ilmiy-uslubiy Kenga- shi majlisida muhokama qilinib, nashrga tavsiya etilgan (2009-yil 4-iyuldagi 4-sonli majlis bayonnomasi).


Taqrizchilar: Istomin Aleksandr Alekseyevich – TDIU, jismoniy tarbiya va sport kafedrasi mudiri, dotsent.

Xoldarov Turg‘unboy – “Talaba” RSU ijrochi direktori, p.f.n., dotsent.

©“IQTISOD-MOLIYA”, 2010
2


KIRISH

Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotida jismoniy tayyorgarlik atamasi «jismoniy holat», «jismoniy rivojlanish», «jismoniy sifatlar» kabi iboralarning asosini tashkil etadi. Bu ijtimoiy-pedagogik jarayon sifatida kishilarning yoshi, jinsi, salomatligi, istak va qiziqishlari bilan bevosita bog‘liq. O‘quvchi-yoshlar, talabalarni jismoniy tarbiya dasturi talablarini bajarishga tayyorlash, sportchilarning mahoratini oshirishda ularning jismoniy tayyorgarliklarini ta’minlash kabi mihim.


Jismoniy tarbiyaning vazifalari quyidagilardan iborat:


  1. Inson faoliyatidagi jismoniy holatlarga tasvir etish va ularni baholash.


  2. Jismoniy tayyorgarlikning umumiy va maxsus xususiyatlari bilan talabalarni tanishtirish.


  3. Jismoniy tayyorgarlikning ijtimoiy-mehnat sharoitlaridagi o‘rni, vazifasi va mazmuni bilan tanishtirish.


  4. Jismoniy tayyorgarlikning yosh, jins va salomatlikka qarab qo‘llanilish usullarini o‘rgatish va h.k.



Yüklə 288,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin