Iqtisod tarmoqlar va sohalar



Yüklə 161,31 Kb.
səhifə6/13
tarix01.01.2022
ölçüsü161,31 Kb.
#106752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
kurs ishi !!!
4)1982–1991  yillarda  iqtisodiyotni  erkin  qo’yish,  uning  ochiqligi tahminqillindi.Imtiyozli kreditlar berish bekor  qilindi.  Davlat  faqat  uzoq 

muddatga kredit berishni kafolatladi.

Iqtisodiyotning bozor tipi shunday iqtisodiy tizim deb talqin qilinadi, unda xususiy mulk asosida ishlab chiqarish resurslari va ishlab chiqarishning harakati talab, taklif va narxlarning o'zgarishi, shuningdek iqtisodiy foyda asosida bozorni tartibga solish mexanizmi ta'siri ostida amalga oshiriladi.



Eng rivojlangan mamlakatlarning ijtimoiy farovonligini va xalqlar farovonligining oshishini ta'minlaydigan bozor tizimining zamonaviy talqini aralash iqtisodiyotdir. U o'zining kuchli va zaif tomonlari bilan ajralib turadi, muvozanat uni ortiqcha ishlab chiqarish, ijtimoiy inqirozlar elementlaridan o'tib, ta'sirli iqtisodiy tiklanishga erishdi. Uni zamonaviy tashkil etish asoslari ikki tamoyildan iborat: bozor va davlat tomonidan tartibga solish. U deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarning milliy iqtisodiy xususiyatlariga, ularning ancha murakkab iqtisodiy va ijtimoiy muammolariga moslashtirilgan. Barqarorlik, moslashuvchanlik va konvertatsiya qilish qobiliyati - bu turdagi iqtisodiy tizimlarga doimiy qiziqish uyg'otadigan xususiyatlar.Belarusiya Respublikasining bozor munosabatlariga o'tishi milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta'minlashning muhim shartidir.

Bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’zbek modeli.

O’zbekiston o’z mustaqilligini e’lon qilgach, ijtimoiy yo’naltirilgan, bozor iqtisodiyotiga asoslangan, ochiq demokratik davlat barpo etishni maqsad qilib qo’ydi. «Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo’naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo’lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir».

Bozor iqtisodiyotiga o’tishning jahon miqyosidagi tarixiy tajribasi o’rganilib, bozor iqtisodiyotiga o’tish kontseptsiyasi yaratildi. O’zbekistonning mavjud sharoitlari, xususiyatlarini hisobga olgan holda o’ziga xos yo’li ishlab chiqildi. Ular:

1.O’zbekistonda qadimdan taraqqiyot uzoq yillar evolyutsion tarzda rivojlangan «Osiyocha ishlab chiqarish usuli» va uning an’analari saqlanib qolishi bilan bog’liq. Bular:dehqonchilikni sug’oriladigan yerda olib borilishi, yerni hosilbay ijaraga olib ishlov berish,ko’pgina ishlarni jamoa bilan bajarish (hashar), jamoa bo’lib yashash, mahalla kabi o’z-o’zini boshqarish tizimining saqlanishi, mahalla mulkining mavjudligi, mayda ishlab chiqarish va mayda savdo-sotiqqa moyillik, mayda dehqon xo’jaligining yuksak darajada tovar xo’jaligi bo’lishi va hokazolardan iborat. Tomorqa xo’jaligining saqlanishi mayda tovar xo’jaligi an’analari g’oyat kuchli ekanligidan dalolat beradi.

2.O’zbekistonning qator o’ziga xos xususiyatlari bir tomondan, sotsialistik iqtisodiy tizim asosida, ikkinchi tomondan, Sovet imperiyasi tarkibida rivojlanishi bilan bog’liq.

3.O’ziga xos sotsial-demokratik vaziyatning mavjudligi. Respublika aholisi tarkibida yoshlar juda ko’p. Aholining 60% i qishloqlarda yashaydi. Aholi o’troq, ish kuchining siljishi (migratsiyasi) g’oyat sust. Aholi milliy urf-odat, an’analarni hurmat qiladi, ular hayot tarziga kuchli ta’sir ko’rsatadi.

4.Aholining asosiy qismi musulmon bo’lib, diniy dunyoqarash ham aholining turmush tarziga ta’sir ko’rsatadi. O’zbekistonning mehnatsevar, saxiy, mehmondo’st xalqi uning haqiqiy boyligidir.

5.O’zbekiston tuprog’i turli-tuman tabiiy resurslarga boy. Respublikamizda mashhur Mendeleev davriy sistemasidagi deyarli barcha elementlar bor. Xozirga qadar 2,7 mingdan ortiq turli foydali qazilma konlari va ma’dan bor istiqbolli joylar aniqlangan bo’lib, ular 100 ga yaqin mineral xom ashyo turlarini o’z ichiga oladi. Umumiy xomashyo potentsiali 3,3 trillion AQSh dollardan ortiq baholangan, 900 dan ortiq topilgan kon zaxiralari esa 970 milliard AQSh dollariga teng. Bu esa investitsiya uchun juda katta imkoniyat, faoliyat doirasi yaratadi.



Bulardan tashqari, respublikamizning yana bir qancha o’ziga xos jihatlari borki, ular ham albatta uning o’ziga xos xususiyatlari shakllanishida katta rol o’ynaydi. O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, uning bozor iqtisodiyotiga o’tish kontseptsiyasi ishlab chiqildi. Bu kontseptsiya Prezidentimiz I. A. Karimovning qator asarlarida, Oliy Majlis qabul qilgan qonunlar va qarorlarda o’z ifodasini topgan. «O’zbekiston modeli»ning o’ziga xos tomoni, boshqa mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o’tish modellaridan farqi bozor iqtisodiyotiga o’tish tamoyillarida o’z aksini topgan. Bu tamoyillarning asosiy mazmuni quyidagilardan iborat:




Yüklə 161,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə