Iqtisod tarmoqlar va sohalar


Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi



Yüklə 161,31 Kb.
səhifə7/13
tarix01.01.2022
ölçüsü161,31 Kb.
#106752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
kurs ishi !!!
1. Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi. Bu tamoyilga binoan iqtisodiyotni mafkuradan batamom xoli qilish, uning siyosatdan yuqori turishi ta’kidlanadi. Lekin shuni eslatish kerakki, mafkuradan batamom xoli qilish, bu umuman mafkuradan voz kechishni anglatmaydi, chunki birorta ham jamiyat ijtimoiy ongning san’at, din, siyosat, axloq kabi turli shakllarda mujassamlashgan muayyan g’oyalar, tasavvurlar, tushunchalardan tashqari rivojlana olmaydi.

Kontseptsiya (lotincha conception-tushunish, tizim) bosh g’oya, yetakchi fikr, konstruktiv printsipni talqin etish usuli. Bozor iqtisodiyotiga o’tish kontseptsiyasida bozor iqtisodiyotiga o’tish qonun-qoidalari va uning O’zbekistondagi xususiyatlariga oid ilmiy qarashlar majmui bayon qilinadi. Iqtisodiyotning siyosatdan ustun turishi uning ichki mazmunini tashkil qilmog’i lozim. Aynan iqtisodiyot uni yanada rivojlantirish, dolzarb muammolarni hal qilishi hozirgi yuritilayotgan siyosatning asosiy mazmunidir. Bu tamoyil iqtisodiy faoliyatning, ijtimoiy hayotning birlamchi asosi ekanligidan kelib chiqadi. Tarixiy taraqqiyot shuni ko’rsatadiki, iqtisodiyot qanday bo’lsa, jamiyat hayotining boshqa hamma tomonlari ham shunga qarab tarkib topadi, rivojlanadi. Ma’lumki, davlatlarning rivojlanish darajasi iqtisodiy ko’rsatkichlarga, eng avvalo, aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan yalpi milliy mahsulot, ishlab chiqarilgan va iste’mol qilingan milliy daromad asosida aniqlanadi. Bu bejiz emas. Chunki aholining turmush darajasi bevosita ana shu ko’rsatkichlarga bog’liq. Xalq farovon yashashi uchun yuksak rivojlangan iqtisodiyot zarur. Mamlakatimiz milliy mustaqillikni qo’lga kiritdi. Siyosiy mustaqillik iqtisodiy jihatdan ta’minlanmasa, to’laqonli mustaqillik bo’lolmaydi. Qoloq iqtisodiyot va past turmush darajasi bilan haqiqiy mustaqillikni ta’minlab bo’lmaydi. Buni nazarda tutgan holda iqtisodiyotni rivojlantirishga alohida ahamiyat beriladi. O’zbekiston kelajagi buyuk davlat. Buyuk kelajakning mustahkam poydevori — bu muttasil rivojlanib boruvchi iqtisodiyotdir. Iqtisodiyot barqaror o’sishi uchun ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, xalqimizning tili bilan aytganda, tinchlik-totuvlik, xotirjamlik bo’lishi zarur. Undan tashqari, iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi, rag’bat beruvchi kuch zarur. Ana shunday kuch bozor iqtisodiyotida mavjud bo’lib, buni yuksak darajada rivojlangan mamlakatlar tajribasi tasdiqlab turibdi. Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi iqtisodiy taraqqiyotda mafkuraning, siyosiy omilning ahamiyatini, uning maqsadlarini, umumiy ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot strategiyasini belgilashdagi rolini aslo inkor etmaydi. Iqtisodiyotning siyosatga nisbatan ustun ahamiyatga ega bo’lishi bu iqtisodiyotni ichki taraqqiyot qonunlariga zid bo’lgan o’zboshimchalikdan, siyosiy boshqaruv usulidan ozod qilishdir.



Yüklə 161,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə