Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]



Yüklə 20,5 Kb.
səhifə1/3
tarix31.12.2021
ölçüsü20,5 Kb.
#112080
  1   2   3
427 07.07.2020




[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.10.00 Uy-joy qurilishi]

[TSZ:

1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi yuzasidan qishloq massivlarida muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish (2 bosqich)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida” 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-son qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturini samarali amalga oshirish hamda moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlarining uzoq muddatli imtiyozli kreditlarini jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. 2019-yil 27-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi bilan Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — QAITJ) o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida “Namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi yuzasidan qishloq massivlarida muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish (2 bosqich)” loyihasini (keyingi o‘rinlarda — loyiha) amalga oshirish uchun 4 yillik imtiyozli davrni qo‘shib hisoblaganda, 24 yilda so‘ndirish muddati bilan eng yuqori foiz stavkasi yillik 2 foizdan oshmaydigan 9,0 million Quvayt dinori (ekvivalenti 30,0 million AQSh dollari) miqdorida Qarz bitimi imzolanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Quyidagilar:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida “Namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi yuzasidan qishloq massivlarida muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish (2 bosqich)” loyihasini amalga oshirish doirasida 2020-2021-yillarda tashqi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalarini qurish bo‘yicha yig‘ma ko‘rsatkichlar 1-ilovaga muvofiq;

Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasining qarz mablag‘lari yuzasidan asosiy qarzni, foizlar hamda boshqa to‘lovlarni so‘ndirishning reja jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Belgilansinki:

“Qishloq qurilish invest” IK” MChJ loyihaning umumiy amalga oshirilishi va QAITJ qarz mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi uchun javobgar bo‘lgan ijro etuvchi organ hisoblanadi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joylarni Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida qurish dasturini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 2-martdagi PQ-2812-son qaroriga muvofiq qayta tuzilgan Loyihani amalga oshirishni muvofiqlashtirish va monitoring qilish guruhiga QAITJ ishtirokidagi loyihani amalga oshirishni monitoring va nazorat qilish funksiyalari yuklanadi;

QAITJning jalb etilayotgan qarzini, shu jumladan unga oid foizlar va boshqa to‘lovlarni to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;

“Qishloq qurilish invest” IK” MChJning loyihani amalga oshirish doirasida loyiha-qidiruv ishlanmalarini moliyalashtirish hamda boshqa xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 10-yanvardagi PQ-4565-son qaroriga muvofiq “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ uchun nazarda tutilgan markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar limitlari hisobidan qoplanadi;

QAITJdan kelib tushgan qarz mablag‘larining (ko‘chirilgan kundagi) so‘mdagi ekvivalenti O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan uch bank ish kuni davomida “Qishloq qurilish invest” IK” MChJning 22626-son “Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari” moliyalashtirish maxsus depozit hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi;

“Qishloq qurilish invest” IK” MChJning hisobvarag‘iga kelib tushgan mablag‘lar loyihani amalga oshirish doirasida tashqi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalari qurilishini moliyalashtirish uchun bankning tegishli hududiy filiallarida ochilgan “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ hududiy filiallarining 22626-son “Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari” moliyalashtirish maxsus depozit hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.

4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi bilan QAITJ o‘rtasidagi qarz bitimi bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.

5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarining hokimliklari manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda loyihani amalga oshirish doirasida tashqi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalari qurilishi uchun pudrat tashkilotlari aniqlanishini belgilangan tartibda ta’minlasin.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ bosh direktori Q.Z. Xoshimbekov zimmasiga yuklansin.




Yüklə 20,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin