Ish hajmi va qurilish materiallarga bo’lgan talabni aniqlash



Yüklə 205,23 Kb.
səhifə1/20
tarix15.08.2022
ölçüsü205,23 Kb.
#117546
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
1Ablimitov O SHYKEQ va J kursavoy


M U N D A R I J A



  1. Kirish............................................................................................................

  2. Yo’l o’tgan hududning tabiiy iqlim sharoiti..............................................

  3. Yo’lning asosiy texnik ko’rsatkichlari.....................................................

  4. Nuqsonlar qaydnomasini ishlab chiqish.................................................

  5. Ish hajmi va qurilish materiallarga bo’lgan talabni aniqlash...................

  6. Shahar yo’lini mukammal ta’mirlashdagi texnologik jarayonlar, mashina-mexanizmlarga bo’lgan talab va ularning ish unumdorligini aniqlash...................................................................................................

  7. Shahar yo’lining mukammal ta’mirlash texnologik xaritasini ishlab chiqish......................................................................................................

  8. Shahar yo’lining chiziqli kalendar grafigini tuzish...........................

  9. Shahar yo’lining mukammal ta’mirlashda ishlar sifatini nazorat qilish........................................................................................................

  10. Shahar yo’lini mukammal ta’mirlashda mexnat va texnika xavfsizligi tadbirlari......................................................................................................

  11. Xulosa........................................................................................................

  12. Foydalanilgan adabiyotlar.........................................................................



I. Kirish
O’zbekiston Respublikasi xalq xo’jaligi tizimida avtomobil transporti salmoqli o’rinlardan birini egallaydi. Avtomobil yo’llarida o’z vaqtida ekspluatastiya ishlarini bajarish yil davomida transport vositalarining xavfsiz, qulay, belgilangan tezlik va yuklangan holda harakatlanishini ta’minlaydi.
Respublikamiz bo’yicha barcha turdagi transportlardan tashilayotgan yo’lovchilarni 96.6%, yuklarni esa 81.3% aynan avtomobil transporti xissasiga to’g’ri kelganligi sababli, yo’l-transport kommunikastiyalarini rivojlantirishga talablar keskin oshib bormoqda. Avtomobil yo’llari faqat ayrim xududlardagina emas balki butun davlatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantrishda katta o’rin egallaydi. Katta mablag’larni yo’l qurishga ajratish, oxir oqibatda xamisha foyda keltirgan.
Bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 4-iyun kuni Toshkent shahrida yangi yo'l va ko'prik loyihasi bilan tanishgandi.
Toshkent shahrining transport konsepsiyasi taqdimoti o'tkazilgan. Hamda bu konsepsiya geoinformatsion tizim orqali shahardagi transport va yo'lovchilar oqimini tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan. Undan maqsad, avvalo, xavfsizlik, qulaylik va iqtisodiy unumdorlikdir.
Masalan, yo'l harakatini to'g'ri tashkillashtirish natijasida yiliga 19 million dollarlik yoqilg'i tejalishi, 129 million dollarlik taxminiy zararning oldi olinishi hisob-kitob qilingan. Yoki avtobuslar soni va yo'nalishlarini optimallashtirish orqali yiliga 2,5 million dollar iqtisodiy samaraga erishish mumkin.
Konsepsiyada, shuningdek, avtomatik to'lov tizimini rivojlantirish, avtomobil to'xtash joylari va piyodalar o'tish yo'laklarini ko'paytirish kabi qator qulayliklar nazarda tutilgan.
Prezidentimiz piyodalar va velosipedlar harakatiga ko'proq sharoit yaratish zarurligini qayd etdi.
“Bizning yo'llarda transport vositalariga ko'p ustuvorlik berilgan. Aslida piyodalar harakatini, odamlarning halovati, salomatligini birinchi o'ringa qo'yish kerak” deya ta'kidladi Shavkat Mirziyoyev.
Transport konsepsiyasini Toshkent shahrining bitta tumanida aprobatsiya qilish, keyinchalik butun poytaxtimiz va boshqa shaharlarda joriy qilish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.
Shuningdek Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 11-fevral kuni yo‘llarda inson xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.Hamda ushbu yig’ilishda yo’l harakati va yo’llarga alohida etibor qaratish to’g’risida bir nechta tavsiyalar berilib mavjud muamolarni tez fursatlarda bartaraf etish bo’yicha topshiriqlar berildi.
Xususan, “raqamli boshqaruv” Toshkent shahridagi jami 602 ta chorrahadan 111 tasida bor, xolos. Boshqa shaharlarda esa bunday tizim yo‘q.
Toshkent shahar hokimligiga poytaxt yo‘llarida harakat boshqaruvini raqamlashtirish, ikki yilda barcha chorrahalarni raqamli tizimga o‘tkazish vazifasi qo‘yildi. Hududlarda shunday tizimni joriy etish viloyat hokimlari zimmasiga yuklatildi.


Yüklə 205,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin