Fanni o‘qitishdan maqsad:
Talabalarga davlat yer kadastri haqida tushuncha, hamda davlat yer kadastrining me’yoriy – huquqiy asoslari haqida ma’lumotlar va va ko‘nikmalar berish. Yer kadastrini yaratish va yuritishdan maqsad nima ekanligini tushuntirish.Yer kadastrini yaratish va yuritish texnologiyasini o‘rgatish. Yer kadastrining Davlat Kadastrlari Yagona Tizimida tutgan o‘rnini tushuntirish haqida ko‘nikmalar berish.
Fanni o‘qitish vazifalari:
Talabalarga:
*O‘zbekiston Respublikasining “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi, “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda yer kadastrini yaratish va yuritish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlarining mohiyati va tutgan o‘rni haqida ma’lumotlar va ko‘nikmalar berish;
*O‘zbekiston Respublikasida davlat yer kadastrining xususiyatidan kelib chiqqan holda uni yaratish va yuritish texnologiyasini o‘ogatish;
*Davlat Kadastrlari Yagona tizimi fazoviy ma’lumotlar bazasiga tegishli yer kadastri ma’lumotlarining tarkibini o‘rganish va ularni taqdim etish tartibi bilan tanishtirish.
II.Asosiy nazariy qism(ma’ruza mashg‘ulotlari)ning modullar bo‘yicha taqsimlanishi Fan tarkibi mavzulari: 1-modul. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bo‘ysunuvidagi Kadastr agentligining tashkiliy tizimi va funksiyasi.
1.-mavzu. Davlat yer kadstri faniga kirish.
2.-mavzu.Kadastr agentligining tashkiliy tizimi.
3.-mavzu. Kadastr agentligining funksiyasi.
2-modul. Kadastr agentligi tizimidagi Davlat kadastrlari palatasining tashkiliy tizimi va funksiyasi.
4.-mavzu. Davlat kadastrlari palatasining tashkiliy tizimi.
5.-mavzu. Davlat kadastrlari palatasining funksiyasi.
3-modul.O‘zbekiston Respublikasida yer kadastrini yuritish.
6.-mavzu. O‘zbekiston Respublikasida yer kadastrini yuritish tartibi.
7.-mavzu.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va yer kadastriga aloqador kodekslarning tutgan o‘rni.
8.-mavzu.O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarining yer kadastrini yuritishda tutgan o‘rni.
9.-mavzu.O‘zbekiston Respublikasida davlat yer kadastrini yuritish tartibi.
10.-mavzu. O‘zbekiston Respublikasida davlat yer kadastrini yuritishda –er monitoringining o‘rni va uni olib borishda aerokosmik usullardan foydalanish.
4.-modul. O‘zbekiston Respublikasida binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish.
11.-mavzu.O‘zbekiston Respublikasida binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish tartibi.
12.-mavzu. O‘zbekiston Respublikasida bino va inshootlar (moy quyish shahobchasi misolida) davlat kadastrini yuritishda yer resurslari monitoringini olib borishda aerokosmik usulardan foydalanish.
5-modul.Ko‘chmas mulk ob’ektlariga kadastr s’emkasi asosida kadastr yig‘ma jildini tayyorlash.
13.-mavzu. Ko‘chmas mulk ob’ektiga kadastr yig‘ma jildini tayyorlashda yer hamda binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritishni zamonaviy GAT dasturlaridan foydalangan holda faollashtirish.
5-modul.Davlat yer kadastrini yuritishda yer uchastkasining chegarasi hamda yerlarning sifat va miqdori.
14.-mavzu.O‘zbekiston Respublikasida mahalliy va hududiy birliklar chegaralarini belgilash tartibi.
15.-mavzu.O‘zbekiston Respublikasida yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish tartibi.
16.-mavzu.O‘zbekiston Respublikasida yerlarning miqdori va sifatini hisobga olish – tuproq bonitirovkasi.
17.-mavzu.O‘zbekiston Respublikasida yerlarning qiymat bahosini aniqlash.
18.-mavzu.O‘zbekiston Respublikasida hududlarni kadastr bo‘yicha bo‘lish hamda yer uchastkalari, binolar va inshootlarga kadastr raqamlarini shakllantirish.
19.-mavzu.Er uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi.
20.-mavzu.Erlarni auksionga chiqarish va uning tartibi.
6-modul. O‘zbekiston Respublikasida davlat yer kadastrining yuritilish holati.
21.–mavzu.Davlat Kadastrlari Yagona Tizimi fazoviy ma’lumotlar bazasida yer kadastri ma’lumotlarining tutgan o‘rni.
22.-mavzu.O‘zbekiston Respublikasida davlat yer kadastrining yuritilish holati.
23.-mavzu.O‘zbekiston Respublikasining yer fondiga bag‘ishlangan Milliy hisoboti.