Jizzax shaxar 12-umumiy o’rta ta’lim maktabida bo’lib o’tgan navbatdan tashqari pedagogik kengash yig’ilish



Yüklə 80,5 Kb.
səhifə1/2
tarix22.09.2022
ölçüsü80,5 Kb.
#117916
  1   2
Tavsiyanoma


Jizzax shaxar 12-umumiy o’rta ta’lim maktabida bo’lib o’tgan navbatdan tashqari pedagogik kengash yig’ilish
4- sonli BAYONNOMASIDAN KO’CHIRMA
2022 yil 10-yanvar Jizzax shaxar
Qatnashdilar: Maktab direktori,o’quv tarbiyaviy va
ma`naviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari,
85 nafar pedagog xodimlar


Kengash raisi: Q. Shukurov
Kotibi: Sh. Xaqnazarova
Kun tartibi:
1. 2021-yilda amalga oshirilgan ishlar tahlili va kelgusidagi ustuvor vazifalar
2. Umumta’lim fanlari buyicha o’tkazilgan fan olimpiadasining yakunlari to’g’risida
3. Matematika fani o’qituvchisi Shodiqulova Ra’noning “7-sinf geometriya darslarida “Uchburchak ichki burchaklari yig’indisi haqidagi teorema” mavzusida tashkil etilgan ishlarini ommalashtirish to’g’risida

Birinchi masala yuzasidan direktor o’rinbosari Sh.Jabborov hisoboti tinglandi. Тa’lim-tarbiya tizimining bugungi kundagi asosiy vazifasi o’sib kelayotgan yoshlarni Vatanparvar, zamonaviy bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirgan, hamda jamiyatda o’z munosib o’rnini egallashga qodir bo’lgan, komillikka intiladigan barkamol avlod voyaga yetkazishdir.


Maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi ijrosi natijasida maktablarda farzandlarimizning har tamonlama chuqur va puxta bilim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
2021-o’quv yilida belgilangan vazifalarning bajarilganligi yutuq va kamchiliklari yuzasidan atroflicha tahlil qilindi, pedagog xodimlarga alohida vazifalar belgilab berildi.
Umumta’lim fanlari bo’yicha o’tkazilgan fan olimpiadasi yuzasidan tahlil o’tkazildi. Bunda yuqori natija ko’rsatgan o’qituvchilarning mehnati ijobiy baholandi. Ayrim fanlarning natijalariga alohida to’xtalib o’tildi va aniq o’qituvchilarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Maktab direktori so’z olib, haqiqatdan ham yutuqlarimiz bilan birga kamchiliklarimiz ham talaygina. 9-11 sinf o’quvchilarini olimpiadaga tayyorlashda biroz sustkashlikka yo’l qo’yilgan. Bu borada o’quvchilar bilan ko’p variantli testlardan foydalanish, tinimsiz tayyorgarlik ortida natijaga erishish mumkin. Shu bilan birga o’quvchilarning savodxonligiga xam e’tibor qaratishimiz lozim. Bu borada har bir ustozdan fidoiylik, Vatanparvarlik talab etiladi deb ta’kidladi.
Shuningdek, bugun pedagog kengashda maktabimiz matematika fani o’qituvchisi Shodiqulova Ra’noning faoliyati yuzasidan to’xtalmoqchiman deb, maktab direktori Q. Shukurov o’z so’zini davom ettirdi.
Jizzax shaxar 12-umumiy o’rta maktabi matematika fani o’qituvchisi Shodiqulova Ra’no mana 28-yildan buyon pedagog vazifasida ishlab kelmoqda. Shodiqulova Ra’no fidoiy tashkilotchi, pedagog sifatida namunali ish olib borayotgan o’qituvchi hisoblanadi. U o’z faoliyati davomida viloyatda pedagogika sohasidan tashqari ijtimoiy-siyosiy sohada ham faol ishtirok etib kelmoqda. 2001 -2020 yillar davomida maktabning boshlang’ich kasaba uyushma raisi vazifasida faoliyat olib bordi. Darslarni DТS asosida olib boradi. Maktabda shuningdek, shahar va viloyat fan olimpiadalarida faol ishtiroki uchun munosib taqdirlangan.
O’quvchilari bilimlar bellashuvining shahar, viloyat va Respublika bosqichlarida faol ishtirok etib kelgan.
Ushbu olib borilgan ishlari va 7-sinf geometriya darslarida “Uchburchak ichki burchaklari yig’indisi haqidagi teorema” mavzusi yuzasidan tashkil etilgan darsi maktabda eng namunali dars sifatida e’tirof etildi. O’ylaymanki, dars ishlanmalar pedagoglarga dars mashg’ulotlarini tashkil qilishda ma’qul bo’ladi.
Shodiqulova Ra’noning ishini shahar miqyosida ommalashtirish maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasida pedagogik kengash

Yüklə 80,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin