Jizzax shaxar 12-umumiy o’rta ta’lim maktabida bo’lib o’tgan navbatdan tashqari pedagogik kengash yig’ilish



Yüklə 80,5 Kb.
səhifə2/2
tarix22.09.2022
ölçüsü80,5 Kb.
#117916
1   2
Tavsiyanoma
QAROR QILADI:
1. Q. Shukurovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Matematika fani o’qituvchisi Shodiqulova Ra’noning “7-sinf geometriya darslarida “Uchburchak ichki burchaklari haqidagi teorema” mavzusidagi ishi shahar miqyosida ommalashtirish uchun Jizzax shahar xalq ta’limi bo’limiga taqdim etilsin.
Pedagogik kengash raisi: Q. Shukurov


Pedagogik kengash kotibi: Sh. Xaqnazarova

Jizzax shahar Xalq Ta’limi bo’limiga qarashli 12-umumiy o`rta ta`lim maktabi matematika fani o`qituvchisi, 1971 yilda tug`ilgan, millati o`zbek Shodiqulova Ra’no Axrorovnaga
T A V S I Y A N O M A
Shodiqulova Ra’no Axrorovna 1971-yil Jizzax shahrida tavallud topgan. Jizzax Davlat Pedagogika Oliygohini 1994 yilda “Matematika va informatika HT o’qituvchisi” yo’nalishini tugatgan. 1994-yil Jizzax shahar 12-maktabida matematika fani o`qituvchisi sifatida ishga qabul qilindi. Maktabda ishlash jarayonida o`quv mashg`ulotlariga jiddiy yondoshadi. U o`zining mehnatsevarligini hamda o`z kasbini, bolalarni sevuvchi mohir pedagog sifatida ko`rsata bildi. 2001- 2020 yillarda maktabning boshlang’ich kasaba uyushma raisi vazifasida jamoatchilik bilan faoliyat olib bordi.O`z faoliyati davomida tinimsiz izlanishda davom etmoqda. Uning darslari har doim ilmiy asoslangan, metodik jihatdan to`g`ri ko`rilgan va aniq maqsadlarga yo`naltirilgan bo`ladi. Ko`plab ochiq va noan`anaviy ijodiy darslar muallifi. Har yili fevral “Matematika va informatika fan oyligi” da ochiq dars va tadbirlar tashkil etib keladi. O’z faoliyati davomida u intizomliligi, tirishqoqligi, fidoiyligi, mehnatsevarligi, talabchanligi va jonkuyarligi bilan yaxshi natijalarga erishib kelmoqda.
2014-2015-o`quv yilida 8-sinf o’quvchisi Xomidxo’jayeva E’zoza informatikadan o’tkazilga “Bilimlar bellashuvi”ning shahar, viloyat bosqichida faxrli 1- o’rinni egallab, Respublika bosqichida faol ishtirok etgani uchun Shodiqulova Ra’no Jizzax viloyat xalq ta’limi boshqarmasining faxriy yorlig’I bilan taqdirlandi.
2015-2016 o’quv yilida 9-sinf o’quvchisi Xomidxo’jayeva E’zoza fan olimpiadasining shahar bosqichida faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritdi.
2017-2018 o’quv yilida 6 sinf o’quvchisi Usmonov Abbos “Bilimlar bellashuvining shahar bosqichida faxrli 1-o’rinni, 2018-2019 o’quv yilida 6-sinf o’quvchisi O’ktamov Otabek faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritdilar.
2018-2019 o’quv yilida maktabda “Eng yaxshi matematika fani o’qituvchisi” nominatsiyasi bo’yicha g’olib deb topilgan.
2017-2018-o`quv yilida Jizzax shahar xalq ta`limi bo`limi mudiri M.Zoirjonov tomonidan “Faxriy yorliq” bilan taqdirlandi.
2019-2020-o`quv yilida ONLINE usulida o’qitish orqali bilim berishda qilgan fidokorona mehnatlari uchun Jizzax shahar hokimi A. C. Shukurov tomonidan TASHAKKURNOMA bilan taqdirlandi.
2020-2021-o`quv yilida o`quvchilarga ta`lim-tarbiya berishda yuqori natijalarga erishgani va sog’lom, bilimli, yurt uchun xizmat qiladigan kelajak avlodni tarbiyalashda o’z hissasini qo’shib kelayotgani uchun Jizzax shahar hokimi tomonidan TASHAKKURNOMA bilan taqdirlandi.

2020-2021-o`quv yilida O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta`limi Vazirligi Fan Olimpiadalari bo`yicha iqtidorli o`quvchilar bilan ishlovchi departamenti tomonidan tashkillashtirilgan onlayn olmpiadaga bir qator o`quvchilari faol ishtirok etib sertifikatlar bilan taqdirlandilar.


2021-2022-o`quv yilida 7 “B” sinfga “Uchburchak ichki burchaklari yig’indisi haqidagi teorema” mavzusida namunali ochiq dars tashkil etdi. Ochiq darsga shaharning bir qancha maktablaridan o`qituvchilar ishtirok etishdi.
O’qitish jarayonini zamon talablari darajasida ko’tarish maqsadida AKT vositalardan keng foydalanish va interfaol usullar, pedagogik tehnologiyalar, didaktik materiallar bilan boyitish borasida samarali ishlar tashkil etib kelmoqda. Uning faoliyati maktab pedagoglar jamoasi tomonidan o`rganilib, ish-tajribasini ommalashtirishga tavsiya etiladi.

Maktab direktori: Q. Shukurov


O`quv tarbiyaviy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari: Sh. Jabborov
Maktab kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi: N. Soatova
Yüklə 80,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə