Joxiliya. Islom dinining paydo bulishi va uning ta`limoti. Muxammad xaeti va faoliyati



Yüklə 28,14 Kb.
səhifə1/3
tarix11.11.2023
ölçüsü28,14 Kb.
#132382
  1   2   3
4-maruza


Islom.
R e j a:

  1. Joxiliya. Islom dinining paydo bulishi va uning ta`limoti.

  2. Muxammad xaeti va faoliyati.

  3. Islom dinida Makka davri.

  4. Madina Islom davlati.

Joxiliya (arabcha “Joxil” suzi “nodonlik” ma`nosini anglatadi) suzi Arabiston yarimorolining islomgacha bulgan davriga nisbatan ishlatiladi. Bu davrda arablar orasida asosan politeizm ya`ni kupxudolik xukmron edi, alabcha al`-Vasaniya Arabiston yarimorolining Makka, Madina. Toif, Xaybar singari shaxarlarni uz ichiga olgan kismi kodimdan Xijoz deb atalgan va aynan shu erda politeizmning ta`siri kuchli edi. Arablar orasida totemizm, fetishizm, animizm va boshkada dinning ibtidoi shakllari mavjud edi. Masalan totemizmning ta`sirin ayrim arab kabilalarining nomlarida uchratish mumkin: asad (sher), kalb (it), bakr(butalok), sa`lab(tulki), zib(buri) va xokazo.
Bundan tashkari miloddan avvalgi VIII asrdan arablarda Sanamlarga siginish urin oldi. Xar bir arab kabilasining uzining Sanami bulgan va Arabistonning ayrim joylarida mua`yyan sanamlar ibodatxonalari bulgan. Makka Arabistonning diniy markazi aylangach, bu erda joylashgan Ka`ba sanamlarning panteoniga aylandi. Arab tadkikotchisi Ibn al`-Asirning ma`lumot berishicha 630 yil Muxammad (a.s.) Makkani egallagach bu erdagi 360 sanamni yuk etishga xukm bergan. Bu sanamlarning fakat beshtasining nomi Vadd, Suva, Yagus. Yauk va Nasr nomlari saklanib kolgan chunki ular Kur`oni –Karimda xam eska olingan. Bu davrda Xijoz xududidan kadimgi duneda mashxur bulgan xalkaro savdo yuli utgan edi. Bu karvon yulining kachon paydo bulganligi ma`lum emas. Ba`zi manbalar bu yul tuyalar kulga urgatilgan vaktdan paydo bulganligini ta`kidlashadi. 2000 km ga chuzilgan bu yul orkali Arabiston kushni davlatlar Vizantiya, Eron, Misr Falestin bilan iktisodiy madaniy munosabatlarda bulgan. Lekin vaktning utishi bilan bu savdo yul uz nufuzini yukatadi va shu sababli Arab jamiyati inkirozga yuz tutadi va kelishmovchiliklar boshlanadi. Shu sababtan yangi mafkuraga ya`ni arablarni birlashtirishga kodir yangi dinga extiej paydo buldi. Aynan shu davrda Kuraysh kabilasining Xoshimiylar xonodaning vakili, Makkali savdogar Muxammad ibn Abdullox yangi din ya`ni islom dini paygambari va targibotchisi sifatida tarixiy saxnaga chikdi.
Islom dini jaxon dinlari ichida eng esh dindir, e`tikod kiluvchilar soni jixatdan esa xristianlikdan keyin ikkinchi urinda turadi. “Islom ” suzi kuyidagi ma`nolarni anglatadi. 1. Itoat va buysunish. 2.Ixlos va turli ofatlardan salomat bulish. 3. Sulx va omonlik.
Islom –Allox yagona degan e`tikod bilan unga buysunmoklik itoat etmoklik va butun kalb bilan unga ixlos kilmoklik Alloxga itoat kilgan va uning paygambariga ergashgan kishi musulmon (“musldim” -sadokatli) deyiladi. Islom dini ta`limoti uning mukaddas kitobi Kur`oni- Karimda baen etilgan. Islom ta`limotining asosini iymon, islom va exson tashkil etadi. Iyman (e`tikol, ichki ishonch) 7 akidaga asoslanadi. Bular: 1) Alloxga; 2) Farishtalarga; 3) Mukaddas Kitoblarga; 4) Paygambarlarga 5) Oxiratga 6) takdirga; 7) ulgandan keyin tirilishga ishonishdir.
Barcha 7 akida tulaligicha Iymoni mufassal deb ataladi. Shuningdek Islom dinida “ islom arkonlari” degan tushuncha xam mavjud. Bu tushuncha 5 ta asosiy narsani –diniy marosim talablarini uz ichiga oladi. Bular: 1) Kalimai shaxodat 2) namoz ukish 3) Ruza tutish 4) zakot berish 5) Xaj kilish.

  1. Kur`oni Karimda 25 nafar paygambarning nomi zikir etilgan. Diniy ta`limotga kura xech kim paygambarlikka uz xarakati, bilimi va niyati bilan erisha olmaydi. Paygambarlik Alloxning uzi suygan bandasiga xodya etadigan exsondir. Muxammad ibn Abdullox 570 yilda Makkada kuraysh kabilasiga mansub Xoshimiylar xonadonida tugilgan. Otasi Abdullox Muxammad tugilmasidan ikki oy oldin 25 eshida vafot etgan edi. Usha zamondagi Makka shaxri odatiga kura Muxammad boshka bir xonadonda 4 eshgacha Xalima ismli ael tarbiyasida buldi. Muxammad 6 eshida onasi Aminadan, 8 eshida bobosi Abd al-Mutallibdan ular vafoti tufayli ayrildi va amakisi Abu Tolib karamogiga utdi. Abu Tolib Muxammadni tijorat ishlariga jalb etdit va savdo karvonlari bilan chet davlatlarda bulib tijorat bilan shugullandi. 25 eshida u Yammanlik 40 eshli ael Xadicha bilan tanishadi va u bilan oila kuradi. Xadicha uz davrining ukimishli aeli boy. Komil odob egasi bulgan. Ular 6 nafar farzand (2 ugil, 4 kiz) kurgan edilar. Afsuski farzandlari asosan eshlik choglaridaek vafot etgan edilar, fakat kizi Fatima unib ulgaydi va otasining izidan borib katta xurmatka sazovar bulgan. Xadicha eriga paygambarligidan oldin xam, paygambarlik davrida xam xar tomonlama madadkor bulgan. Natijada Muxammad Makkaning ancha badavlat kishilarining biriga aylandi. Amakisining kichik ugli Alini uz eniga oldi va keyinchalik kizi Fotimani unga turmushga berdi.

610 yilda diniy manbalar buyicha muxammadning xaetida keskin burilish pallasi yuz berdi. Endi uning xaetida paygambarlik davriboshlandi. Ya`ni ilk iloxiy vaxiy kela boshlagan. Ana shu adabietlarda kursatilishicha paygambarlik iloxiy vaxiyga suyanadi. Chunki Allox insonlardek gapirmaydi. Allox bilan gaplashishga inson kodir emas. Shu sababli Allox xikmatiga kura, vaxiy orkali gapiradi va u uz irodasini 3 xil shaklda bildiradi.

  1. Vaxiy orkali (bu paygambarlarning kalbiga tushgan ilxomdir).

  2. Parda orkasidan gapirish orkali.

  3. Farishtalar yuborish orkali..

Bu vaktda Muxammad 40 eshda edi, va paytdan boshlab u paygambarga Alloxning rusuliga (elchisiga) aylandi. Bu faoliyat 23 yil davom etdi va uning bir kismi Makkada (610-622), bir kismi Madinada (622-632) uch yillik yashirin faoliyat davomida islom diniga kirganlar 30 nafarni tashkil etdi xolos. Islom paydo bulishi bilan endi makkaliklar ikkiga ajralishdi bular Alloxning birligiga va Muxammadning paygambar ekanligiga ishonganlar ya`ni mumin musulmonlar va ishonmaganlar ya`ni mushriklar edi. Mushriklar 23 yil davomida muxammad va uning tarafdorlariga karshi kurashdi buning sabablari: Birinchidan: islom utish bu butlar(sanamlarga) siginishdan voz kechish edi. Buni arablar istamagan edi, chunki ular kuz kurib bulmaydigan Alloxga siginishdan kuzi kurib turadigan sanamlarga siginishni afzal kurdilar. Ikkinchidan Makkalik zodangonlar emon, axloksiz ishlarga fe`l atvorlarga berilib ketgan edi, chunki butlarimizga kurbonlik keltirsak gunoximiz yuviladi deb xisoblar edilar. Islom bunday ishlarni man etdi. Uchinchidan Kur`oni Karim oyatlari xammaning Allox oldidagi tengligini e`tirof etgan. Insonlar bir biridan mol dunesi bilan emas, balki takvosi, kalb sofligi bilan ajralib turadi. Butparastlik yukori tabakalarga uchun boylik va shon shuxrat manbai edi va ular bulardan ajralishni istamas edi. Turtinchidan Kuraysh kabilasining Xoshimiylar xonadoniga karshi bulgan boshka xonadonlar xoshimiylardan paygambar chikishni istamas edilar.
Mushriklar kundan kunga musulmonlarga karshi kurashni kuchaytirdi. Ular xatto Muxammadni jismonan yuk kilmok payiga xam tushganlar. Natijada musulmonlar 3 yil toglarda yashirinib yurishga majbur bulganlar. 619 yili Muxammadning amakisi Abu Tolib va xotini Xadicha vafot etdilar va mushriklar kurashni yanada kuchaytirdilar. 622 yili Muxammad uz safdoshlari bilan Makkadan Madinaga kuchadi va xodisa tarixida Xijrat deb nom oldi. Bu kuchish musulmonlar xijriy yil xisobining boshlanishiga asos kilib olingan. Kuchib borganlar islom tarixida “Muxojirlar” degan nom olganlar. Bu erda Muxammad avvalo tarkok arablarni, yaxdiylarni va muxojirlarni birlashtirdi. Madinadagi bir biri bilan rakobat kilib kelgan eng katta kabila AVS va xazrajli yarashtirib, bir jamoa (umma) tashkil etdi.
Shunday kilib, Madina shaxrida rakobatlar yukotilib, Muxammadga ishonadigan umma tashkil topdi va u kiska vakt ichida kichik, lekin kuchli davlatga aylandi. Diniy, ma`muriy va xarbiy xokimiyat butunlay Muxammad paygambar kuliga utdi. Madina atrofidagi barcha arab kabilalari buysundirildi. 630 yilda Makka xam buysundirildi. Makka zodogonlari Muxammadning erdamchilariga aylandilar, keyinchalik musulmonlar jamoasida katta lavozimlarni egalladilar. 632 yili Paygambar Makkaga xaj kildi. Bu xaj tarixda “vidoloshuv xaji” deb yuritildi va u 10 kun davom etdi. Mazkur xam chogida muxammad xajga tuplangan 124 ming musulmonga karata tuya ustida utirib Vido xutbasin suzlagan. 632 yilning 8 martida suzlangan bu nutk katta tarixiy xodisa buldi, chunki bu nutk insoniyat tarixida eng buyuk inkilob yasagan. Vido xutbasi ukilaetgan kuni musulmonlik bor kudrati saloxiyati bilan butun dunega xitob etar, eski joxiliyat davrining butun xurofotlarni butun emonliklarni, kon da`volarini, sudxurlikni, kimor, foxishalikni urgadan bir bir yukotar edi. Muxammad Vido xajidan Madinaga kaytgach 632 yilning 27 mayida 63 eshida vafot etadi. Bu davrga kelib anchagina mustaxkam bulgan musulmon davlati vujudga kelgan edi va Muxammad vafotidan keyin uning urinbosarlari (xalifalar) davlatni boshkarganlar va shu munosabat bilan musulmonlar davlati tarixda «Arab xalifaligi» deb nom olgan. 632 yildan –661 yilgacha bulgan nisbatan kiska vakt ichida turt nafar xalifa xukmroklik kildilar. Bular Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali. Bu davrda Arab xalifaligi er yuzining katta kismida uz xukmronligini urnatdi. 661-750 yillar islom tarixida Umaviylar sulolasining xukmronlik davri deb ataladi. Bu davrdan boshlab arablar istilosining yangi davri boshlandi.

Yüklə 28,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin