K. D. Ushinskiy aqliy, axloqiy tarbiya va uning vositalari haqida qanday fikrlarni bayon etgan?



Yüklə 53,57 Kb.
səhifə1/10
tarix01.01.2022
ölçüsü53,57 Kb.
#106854
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
K. D. Ushinskiy aqliy, axloqiy tarbiya va uning vositalari haqid


Eng qadimgi davrlardan XIX asrning birinchi yarmida jaxon pedagogika fanining rivojlanish tarixi.Y.A.A.Komenskiyning pedagogik nazariyasi.

Savollar:

1. Qadimgi Yunonistonda tarbiya, maktab va pedagogika sohasidagi fikrlar.

a) Sparta va Afinada qanday ta’lim-tarbiya muassasalari mavjud edi, ularning farqini izohlang?

b) Qadimgi yunon faylasuflarining pedagogik qarashlarida qanday g‘oyalari ilgari surilgan?

2. G‘arbiy Yevropadagi maktablarga tavsif bering?

3. O‘rta asr universitetlaridagi ta’lim tizimini izohlab bering?

4. Qadimgi Sparta va Afinada qanday ta’lim tarbiya muassasalari mavjud edi, ularning farqini izohlang?

5. Qadimgi Yunon faylasuflarining pedagogik qarashlarida qanday g‘oyalari ilgari surilgan?

6. G‘arbiy Yevropadagi maktablarga tavsif bering?

7. YA.A.Komenskiyning tarbiyaning vazifasi, maqsadi, ahamiyati haqidagi fikrlarini izohlang?

8. YA.A.Komenskiyning sinf dars tizimi nimalardan iborat edi?

9. Ta’lim va tarbiyaning psixologik asoslari haqida K. D. Ushinskiy ilgari surgan g‘oyalar nimadan iborat?

10. K.D.Ushinskiy aqliy, axloqiy tarbiya va uning vositalari haqida qanday fikrlarni bayon etgan?

11. K.D.Ushinskiy didaktik ta’limoti va uning ahamiyati nimada?

Tarixiy taraqqiyotning keyingi davrlariga kelib, ibtidoiy jamoa tuzumi o‘rnini yangi ijtimoiy formatsiya quldorlik tuzumi egalladi. Qadimiy Sharqda birinchi sinfiy jamiyatlar paydo bo‘ldi hamda moddiy va ma’naviy madaniyatga asos solindi. Ayniqsa, qadimgi Yunoniston va Rim xalqlari bu madaniyatni rivojlantirishda o‘zlarini katta hissasini qo‘shdilar.

Darhaqiqat, tarixiy taraqqiyot davomida turli mamlakatlar va xalqlar jahon madaniyatiga turlicha yondashdilar va rivojlantirdilar. Masalan, Xitoyda qog‘oz ixtiro qilindi, Hindistonda hisoblashning o‘nlik tizimi kashf etildi, Mesopotamiyada esa er kurrasini graduslarga, sutkani soatlar, minutlar va daqiqalarga bo‘lish o‘ylab topildi.

Eramiz boshlanishidan oldin O‘rta Osiyoning janubiy chekkasiga yaqin bo‘lgan joyda O‘rta dengiz bilan Hindistonni birlashtiruvchi karvon yo‘li qurildi. So‘ngra O‘rta Osiyo orqali Xitoydan O‘rta dengizga tomon “Buyuk ipak yo‘li” ochildi. Natijada O‘rta Osiyo xalqaro savdo-sotiq markaziga aylandi. Bu esa o‘z navbatida O‘rta Osiyo vohalarida madaniyatning rivojlanishiga ta’sir etdi, yozuvning tarqalishiga yordam berdi.

Ayniqsa, qadimgi Yunonistonda madaniyat, maktab va dastlabki pedagogik fikrlar boshqa mamlakatlarga nisbatan juda erta rivojlandi.

Yunoniston uncha katta bo‘lmagan bir qancha quldorlik davlatlaridan tashkil topgan. Uning mo‘‘tabar shaharlari Lakoniya (bosh shahri Sparta) va Attika (bosh shahri Afina)dir. Bularning har qaysisida tarbiyaning alohida tizimlari vujudga

kelib, Sparta usulidagi tarbiya va Afina usulidagi tarbiya deb ataladigan bo‘ldi. Ammo ikkala davlatda ham quldorlik tuzumi hukmron edi.

Yunonistonda qullarni “gapiradigan ish quroli” deb hisoblar edilar. Qullar oddiy insoniy huquqlardan ham mahrum edilar.




Yüklə 53,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin