Kirish 4 Afg’oniston xalqi uzoq davr davomida o’z vatanining ozodligi va mustaqilligi uchun qahromonona kurashib keldi



Yüklə 47,1 Kb.
səhifə1/3
tarix09.05.2022
ölçüsü47,1 Kb.
#115664
  1   2   3
Afg\'onistonda ingliz rus raqobati tayor


MUNDARIJA.


Оглавление


. Kirish 4

Afg’oniston xalqi uzoq davr davomida o’z vatanining ozodligi va mustaqilligi uchun qahromonona kurashib keldi. O’rta Osiyo bo’sag’alarida joylashgan Afg’oniston o’z geografik o’rniga ko’ra Angliya uchun qadimdan harbiy-strategik ahamiyatga ega edi. XIX asr davomida ingliz mustamlakachilari o’z hind mulklari shimoliy chegaralarini mudofaa qilish niqobi ostida afg’on xalqiga qarshi ikki marta urush boshladilar. Bunda ular Afg’onistonni o’z mustamlaka mulklariga qo’shib olishni va O’rta Osiyoga nisbatan bosqinchilik planlarini amalga oshirishda uni harbiystrategik bazaga aylantirishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’ydilar. 1873 – yildagii ingliz – rus shartnomasida roshani, Shugnani va Vohani (G’arbiy Pomir) Afg’onistonga kirmasligi ta’kidlangan edi. Afg’onlar tomonidan turkman yerlarini qo’shib olinishi maqsadida inglizlar Rossiyaga Afg’onistonning shimoliy – g’arbiy chegarasini aniqlab olish uchun muzokaralarga kirishishni taklif qilishadi. Shundan keyin chegaralarni aniqlash bo’yicha ingliz – rus komissiyasi tuziladi. Bu jarayonda afg’onlar o’rniga hamma masalalarni inglizlar hal qilishadi. Inglizlar ish yuritishidagi noaniqliklari bilan komissiya ishini murakkablashtirib yuboradilar va muzokaralar oxiriga yetma to’xtatiladi. Pendin vohasining o’zida qolishini xoxlagan Rossiya afg’onlarni turkman yerlarini bosib olganligiga qarshi Angliyaga norozilik bildiradi. O’z noroziligini pendinga harbiy qo’shin yuborish bilan bildiradi. 1885–yil 18–martda toshko’prik yonida rus – afg’on qo’shinlarining to’qnashuvi bo’lib o’tadi va bu jangda afg’onlar mag’lubiyatga uchraydilar. Aynan shu toshko’prik yonidagi voqealar bohonasida Angliya Abdurahmonxonni Rossiya bilan urushga tortmoqchi va unga yordam berish uchun afg’oniston hududiga o’z qo’shinlarini olib kirmoqchi bo’ladi. Ammo amir 1885 – yil aprel oyida Hindistonning sobiq qiroli bilan uchrashadi va bu uchrashuvda Pendin hududi afg’onlarga tegishli emasligini va Rossiyaning haqliligini aytadi1. 1885 – yil may oyida ingliz – rus chegarasini aniqlash komissiyasi o’z ishini davom ettiradi va 1887 – yilda o’z ishini yakunlaydi. Bu yakunga ko’ra Afg’onistonning chegara chizig’i shimoliy – g’arbda Hoji – Solih zulfagor chizig’i bo’ylab o’tkazildi. Pendin vohasi Rossiya tarkibida qoldirildi. 1893 – yil Afg’oniston amiri Abdurahmonxon Britaniyaning Hindistondagi boshqaruv vakili janob Mortimer bilan Dyurand kelishuvini imzolaydi. Shu kelishuvga asosan afg’oniston va Britaniya chegaralari belgilanadi. Chegara Beluj va pushtun qabilalari yerlaridan o’tib ingliz – afg’on yerlarini ikkiga bo’ldi. Bu chegara natijasida Rossiyaning Hind okeaniga chiqish yo’li to’sib qo’yiladi2. Ikki marta bo’lib o’tgan ingliz-afg’on urushlari va 1893 yildagi Dyurand bitimi natijasida Angliya hamma afg’onlarning yarmidan ko’prog’i yashagan afg’on oblastlarini Afg’onistondan zo’rlik bilan tortib oldi va ularni Hindistondagi o’z mustamlaka mulklariga qo’shdi. Ikkinchi ingliz-afg’on urushidan so’ng Afg’oniston aholisining asosiy qismi yashaydigan o’z territoriyasining katta qismidan ajralishidan tashqari, u Angliyaga qaram mamlakatga aylantirildi. 1879 yildagi Angliyaning Afg’onistonni asoratga soluvchi Gandamak shartnomasiga muvofiq, u Britaniya hukumatidan ijozatsiz boshqa davlatlar bilan diplomatik aloqalar o’rnatish huquqidan mahrum etildi. XX asr boshiga kelganda esa ingliz-rus raqobatchiligining yangi bosqichi yuzaga keldi. Bu davrda ingliz va rus siyosatchilari endi afg’on xalqiga zurlik yo’li bilan o’zlariga qaratib olish mumkin emasligini bilib, ular bilan muzokaralar olib borish kerakligini tushinib yetdilar va bir qator shartnomalar imzolandi. Misol uchun-1905-yildagi-kelishuv3. 12

Inglizlar 1857-yilda amir Do’st Muhammad bilan jiddiy tarzda ikkinchi Jamarud shartnomasini imzolagan vaqtda va shunga asosan Eron askarlarini Hirotdan chiqargandilar, shunga binoan ruslar qiyinchilikni qizg’inlik bilan aniqlashtirib bu ishga bel bog’lagan edilar. Ayni vaqtda amirning kuyovi bo’lmish Sulton Ahmadxon Sarkor Hirot hokimi etib tayinlandi. Ruslar 1858-yilda Xonikuf boshchiligida bir delegatsiyani Hirotga jo’natdilar. Bu delegatsiyaning asosiy vazifasi vaziyatni aniqlashdan iborat edi. Xonikuf boshchiligidagi ruslar xorijiy ishlar vazirligiga barcha ma’lumotlarni jo’natishi buning ikkinchi tomoni edi. 1859-yilda amir Do’st Muhammadxon Qunduzni oldi va Badaxshonni ham o’z ta’sir doirasiga kiritgan edi. Ruslar g’alayonlarda qattiq qo’llik bilan to’rgandilar, zero ular amir Do’st Muhammadxonni har qadamida ularning manfaatlarini nazarga olgan ingilizlarga vafodor shaxs va vakil sifatida hisoblardilar. 9





Yüklə 47,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin