Kirish Reja: 1: Majburiy to’lovlarning mohiyati va ularning tasniflanishi 2: Majburiy to’lovlar auditini tashkil qilishning ahamyati 3: Majburiy to’lovlar auditini rejalashtirishir va tashkil etish 4



Yüklə 100,36 Kb.
səhifə1/12
tarix24.11.2022
ölçüsü100,36 Kb.
#119834
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
kurs ishi 4 audit KK


Kirish
Reja:
1: Majburiy to’lovlarning mohiyati va ularning tasniflanishi
2: Majburiy to’lovlar auditini tashkil qilishning ahamyati
3: Majburiy to’lovlar auditini rejalashtirishir va tashkil etish
4: Majburiy to’lovlar auditini takomilashtirish
Xulosa

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Respublikamiz iqtisodiyotini uzluksiz rivojlanishi hamda jahon xo‘jaligi va moliyaviy tizimiga tobora integratsiyalashuvi, bu borada davlatimizning bosh islohotchi bo‘lib oqilona siyosat olib borayotgani pirovard natijada O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi mavqei va nufuzini yanada oshirmoqda.
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohatlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha 2017 yil 7 fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-son Farmoni imzolandi. Mazkur Farmonning “2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi” nomli 1-ilovasida “ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish”1 vazifasi belgilab berildi.
Korxonalarning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun xo‘jalik mexanizmining barcha elementlari mukammal ishlashi zarur. Aynan shu yo‘nalishda soliqlar va majburiy to‘lovlarning o‘rniga bevosita bog‘liqdir.
Jahon tajribasidan maʼlumki, soliqlar va majburiy to‘lovlar davlatning iqtisodiy asosi bo‘lishi bilan birgalikda iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini tartibga soluvchi va kafolatlovchi dastaklardan biridir. Biroq, o‘z o‘rnida taʼkidlash lozimki, jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv va globallashuvning ijobiy tomonlari bilan bir qatorda maʼlum ziddiyatli jihatlari ham mavjud. Jumladan, turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda bormasligi, yaʼni

korxona, tashkilotlarda moliyaviy mablag‘lardan unumli fodalanilmaganligi, turli faoliyatdan olingan pul mablag‘larni noto‘g‘ri sarflanishi, xalqaro valyuta kredit munosabatlarining buxgalteriya hisobida aniq tahlil natijasida aks ettirilmaganligi dunyo mamlakatlari o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jihatidan tafovutlar jahon xo‘jaligining yaxlit tizim sifatida barqaror rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Shuningdek, mazkur jarayonlarining yana bir xususiyatli jihati – jahonning bir mamlakatida ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy larzalarning muqarrar ravishda boshqa mamlakatlarga ham o‘z taʼsirini o‘tkazishi hisoblanadi. Jahon hamjamiyati bugungi kunda boshidan kechirayotgan moliyaviy inqiroz ham aynan shu maʼnoda globallashuv jarayonlarining salbiy oqibati sifatida namoyon bo‘ladi.


O‘zbekistonda bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishining hozirgi bosqichida majburiy to‘lovlar xususiy sektor korxonalarining faolligini talab darajasida oshirishda qizg‘in ishtirok etishi zarurligi islohotlarning maqsad va vazifalarini ado qilish uchun yanada dolzarbroq masalalarni qamrab olishni taqozo etmoqda.
Ayniqsa, majburiy to‘lovlar auditini tashkil etishni takomillashtirishda muayayn kamchiliklar ko‘zga tashlanmoqda. Majburiy to‘lovlar auditini takomillashtirish orqali xususiy sektor korxonalarining iqtisodiyotdagi ahamiyatini yanada oshirish imkoniyati tug‘iladi.



Yüklə 100,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin