Kirish Reja: 1: Majburiy to’lovlarning mohiyati va ularning tasniflanishi 2: Majburiy to’lovlar auditini tashkil qilishning ahamyati 3: Majburiy to’lovlar auditini rejalashtirishir va tashkil etish 4


-jadval “Spetsremkotlomontaj” hamda “AKAN LTD” qo‘shma korxonalarida budjetga to‘lanadigan soliqlar va majburiy to‘lovlar dinamikasi, ming so‘mda



Yüklə 264,43 Kb.
səhifə9/12
tarix24.11.2022
ölçüsü264,43 Kb.
#119834
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
kurs ishi 4 audit KK
4-jadval
Spetsremkotlomontaj” hamda “AKAN LTD” qo‘shma korxonalarida budjetga to‘lanadigan soliqlar va majburiy to‘lovlar dinamikasi, ming so‘mda





Солиқ турлари

Спецремкотломонтаж” қўшма корхонаси

АКАН ЛТД” қўшма корхонаси

2015 йил

2016 йил

2017 йил

2015 йил

2016 йил

2017 йил

1.

Юридик шахсларнинг фойда солиғи

3889

4448

2525

3020,3

887,1

5506,5

2.

Жисмоний шахсларнинг даромад солиғи

43710

40461

34469

7360,9

14621,7

12653,8

3.

Шу жумладан, шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварақларига ажратмалар

2475

2650

2382

472,5

893,6

1082,6

4.

Ободонлаштириш ва ижтимоий инфратузилмани ривожлантириш солиғи

695

558

752

1861,4

109,1

1766,6

5.

Қўшилган қиймат солиғи




172053

29239

13889,2

13086,8

101139,3

6.

Мол-мулк солиғи

6332

5937

2794

3191,2

5048,2

5384,7

7.

Ер солиғи










7146,7

4109,3

9862,4

8.

Сув ресурсларидан фойдаланганлик учун солиқ










55,4

94,1

78,1

9.

Республика йўл жамғармасига мажбурий тўловлар

17707

12904

17189

3964

3897,7

9095,7

10.

Бюджетдан ташқари Пенсия жамғармасига мажбурий тўловлар

17810

17846

13124

2642,6

3897,7

10395,1

11.

Мактаб таълими жамғармасига мажбурий тўловлар

11805

8603

3021

2642,6

1299,2

3248,5

12.

Ягона ижтимоий тўлов

57654

63386

31815

14242,5

26981,8

26451,2

13.

Импорт бўйича божхона божи










206,2

12881

15637,7

14.

Бюджетга тўловларнинг кечиктирилганлиги учун молиявий жазолар










916,1

184,7

53,8

ЖАМИ

162077

328846

137310

61611,6

87992

202356

Jadval maʼlumotlaridan ko‘rinib turibdiki, “Spetsremkotlomontaj” hamda “AKAN LTD” qo‘shma korxonalarida budjetga to‘lanadigan majburiy to‘lovlar miqdori soliqlar miqdoridan ko‘proqni tashkil etgan.


Korxonalar tomonidan to‘lanadigan yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolar majburiy sug‘urta badallarining hisoblab yozilishi ijtimoiy sug‘urtalash tatbiq etiladigan barcha toifadagi xodimlarga haqiqatda hisoblab yozilgan mehnatga haq to‘lash fondi (daromad) va ish haqidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Xo‘jalik yurituvchi subʼektlar tomonidan davlatning maqsadli jamg‘armalari va sug‘urta va taʼminotga doir hisob-kitoblarni yuritishni tekshirishda auditor tomonidan quyidagilarga eʼtibor qaratilishi kerak:
a) mehnatga haq to‘lash fondidan hisoblab yozilgan yagona ijtimoiy to‘lov summalari xarajatlarni hisobga olish schetlari (2000, 2300, 2500, 2600, 2700, 9400) bilan korrespondensiyada 6520 "Davlatning maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar" schyoti krediti bo‘yicha aks ettiriladi;
b) fuqarolarning ish haqidan ushlangan sug‘urta badallari summalari buxgalteriya hisobida 6710-“Xodimlar bilan meqnatga haq to‘lash bo‘yicha qisob-kitoblar” scheti bilan korrespondensiyada 6520-“Davlatning maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar” schetining krediti bo‘yicha aks ettiriladi;
v) tegishli pensiyalar va nafaqalarning eʼlon qilingan summalari buxgalteriya hisobida 6710-“Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar” schet bilan korrespondensiyada 4890-“Boshqa debitorlarning qarzlari” schet debeti bo‘yicha aks ettiriladi;
g) xodimlarga tegishli pensiyalar va nafaqalar bo‘yicha mablag‘lar summasi to‘lovi pul mablag‘larini hisobga olish schetlari bilan korrespondensiyada 6710-“Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar” schetning debeti bo‘yicha aks ettiriladi.
Yagona ijtimoiy to‘lov hisoblanishi hamda to‘lanishini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishda quyidagilar bajariladi:
- har bir fond turi bo‘yicha va sug‘urta turi bo‘yicha to‘lov (badal) hisoblash uchun qabul qilingan bazaning ishonchliligini aniqlash;
- tegishli fondlar bo‘yicha sug‘urta badallari stavkalarini qo‘llashning to‘g‘riligini tekshirish;
- hisoblashlarni tekshirish;
- sug‘urta badallarini hisoblash manbalarini tekshirish.
Maʼlumotlarda tafovutlar bo‘lgan hollarda fondlar va debet yoki kredit oborotlari tekshirilib, tafovutlar ko‘lami aniqlanadi. Keyinchalik ushbu tafovutlarning sabablari aniqlashtirilishi lozim.
Moliyalashtirish manbaidan qatʼiy nazar barcha asoslar bo‘yicha xodimlar foydasiga hisoblangan, pul va (yoki) natura shakldagi to‘lovlarning barcha turlari ushbu fondlarga sug‘urta badallarini hisoblash uchun obʼekt bo‘lib hisoblanadi.
Sug‘urta badallarini hisoblash uchun qo‘llaniladigan bazaning ishonchliligini tekshirishda quyidagilarni bajarish zarur:
- hisobot davrida hisoblangan va to‘langan mehnat haqi hamda boshqa to‘lovlar turlarini aniqlash;
- haqiqatda sug‘urta badallari hisoblangan to‘lovlar turlarini, tegishli ijtimoiy sug‘urta fondiga sug‘urta badallari hisoblanmaydigan to‘lovlar ro‘yxatiga muvofiq ular hisoblanishi yoki hisoblanmasligi lozim bo‘lgan to‘lov turlari bilan taqqoslash;
- tegishli fondlar bo‘yicha sug‘urta badallarining to‘liq to‘lanmagan (yoki oshiqcha to‘langan) miqdorini aniqlash.
Oldin hisoblanmasdan, korxona kassasidan berilgan har xil to‘lovlarni (moddiy yordam, mukofot) maxsus eʼtibor bilan tekshirish kerak.
So‘ngra hisoblangan va to‘langan sug‘urta badallarining hisobda to‘g‘ri aks ettirilishini aniqlash zarur. Bunda xodimlarga to‘langan to‘lovlarning sug‘urta badallarini hisoblash moliyalashtirish manbasi hisobidan aks ettirilayotganligiga eʼtibor qaratiladi. Tekshiruv natijalari ishchi hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
Tekshiruv yakunida auditor aniqlangan tafovutlarning hisobot ko‘rsatkichlariga (tannarx va moliyaviy natijaga, ijtimoiy sug‘urta va taʼminot bo‘yicha qarzlar miqdoriga), muhimlik darajasini hisobga olgan holda, qanday taʼsir ko‘rsatishini aniqlaydi.
Yagona ijtimoiy to‘lov auditini natijalari auditorlik xulosasi va hisobotida o‘z aksini topadi.

Yüklə 264,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə