Kitob bilan do`stlashamiz Maqsad



Yüklə 25,47 Kb.
tarix26.11.2023
ölçüsü25,47 Kb.
#136514
Kitob bilan do\'stlashamiz


Kitob bilan do`stlashamiz
Maqsad: Bolada eshitish qobilyati rivojianadi. Xotira rivojlanadi, dunyo qarashi kengayadi. Bola ijtimoiy-hizzi rivojlanadi, ijod qilish qobilyati o`sadi. Faol tingloychi bo`lgan, she`r yodlagan bolaning nutqi ravon, zo`z boyligi ko`p bo`ladi. Ko`p ertak eshitib ulg`aygan bolada o`ziga ishonch kuchli bo`ladi.
Kerakli jihozlar She`riy kitob, ertak kitob, rasmli kitob, mavzuga oid suratlar.
Faoliyatning borishi.
Tarbiyachi: Bolalar bugun bog`chamizga mehmonlar kelishgan. Mehmonlarga nima deyishimiz kerak?
Bolalar: Assalomu alaukum. Xush kelibsiz.
Tarbiyachi: Endi bolalar joylaringizni egallab olishingiz mumkin.Biz sizlar bilan o`yin orqali kayfiyatimizni ko`tarib olamiz. "Salom men men jo`jachaman"-o`yini. Masalan "Salom men jo`jacha, sening isming nima? Mening ismim Iroda". Oyin shu tarzda davom etadi. Bolalar bugun biz sizlar bilan Kitob bilan do`stlashamiz mavzusida suhbatlashamiz. Bolalar men sizlarga topishmoq aytaman, qani topaolarmikansiz.
"Qat-qat qatlama
Aqling bo`lsa tashlama"
Bolalar: Kitob.
Tarbiyachi: Qani bolajonlar kim kitob haqida maqollar biladi.
Azizbek:
"Kitobsiz aqil
Qanotsiz qush"
"Kitob ko`rmagan kalla
Yog` unmagan dala".
Humora:
Kitob bilim bulog`i
Aql uning chirog`i
"Kitob aqil qayrog`i"
Olimjon:
"O`qigan olim, o`qimagan o`ziga zolim"
"Olim bo`lsan olam seniki"
Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar.kitob nimadan yasalagan?
Bolalar: qog`ozdan va kartondan.
Tarbiyachi: Aziz bolajonlar dunyoda turli tuman kitoblar juda ko`p. Ular turli mavzularga bag`ishlangan. Ular do`stlik, sahiylik, mehr-oqibat, kamtarinlik, mehmondo`stlik mavzularida. Biz sizlar bilan asosan rasmli, sheriy ertak kitoblarni mutola qilamiz. Kitob bizning do`stimiz. Biz kitoblarni asrab avaylashimiz kerak. Ularning har bir sahifalarida olam-olam ma'no bor. Bolalar sheriy kitoblardan kimlar namunalar keltiradi.
Navro`z: "O`lkam" (Normurod Narzullayev)
O`lka ko`pdir dunyoda
Bir biridan ziyoda
O`rtoqjonlar do`stlarim
Tinglang yurak so`zlarim!

Bordir shunday bir diyor


Bag`ri gulzor hur diyor!
Undan olur kun otash
Mehri mehrimga tutash

Bir guliston deydilar


O`zbekiston deydilar
Toshkent uning poytaxti
Do`stlikdan kulgan baxti

Erklik birlik shahrida


Tinchlik do`stlik shahrida
Yozib sizga dasturxon
Etgum sizlarni mehmon.

Xadicha: "Onajonomga" (G`afur Gulom)
Mehri oftob bo`lgan
Har so`zi kitob bo`lgan
Yog`u qaymoq murabo
Oy kulcham shirin kulcham
Jahon onajonimsiz

Temur: "Jajji qush" (Q. Muhammadiy)
Hoy-hoy chumchuq jajji qush
Shohda turmay pastga tush
Erta-yu kech tinmaysan
Charchoqni hech bilmaysan

Chirqillaysan izlab don


Mana sanga chumchuq non
Qorning to`ysa aytasan
So`ng uyingga qaytasan.

Og`abek: "Kapalak" (Zafar Diyor)
Hoy kapalak kapalak
Qanotlaring ipakdek
Muncha shoshib uchasan
To`xta so`zlayin andak

Mendan aslo qochmagin


Do`st bilaman o`zimga
Pildir pildir uchishing
Oh yoqadi ko`zimga.
Tarbiyachi: Barakalla bolalar. Aziz bolalar hozir sizlarga "Qizil qalpoqcha" ertagini bog`cha opalaringiz qo`g`irchoq teatri ko`rinishida namoyish qilib beradi.
"Qo`g`irchoq teatri" sahnasi
Tarbiyachi: Kitob bilan do`stlashamiz mavzusida ota onalarimizga tavsiyalarimiz bor.Bolalarga har doim eng yaxshi narsalarni ilinamiz, eng sara yeguliklar olib beramiz, eng sifatli kiyimlar kiydiramiz. Ammo, bolangizning aqliy rivojlanishi uchun kitobtnlashga har doim ham e`tibor beravermaymiz. Ho`sh maktabgacha yoshdagi bolaga qanday kitob tanlagan maqul? Uni kitobga qanday qiziqiramiz? Bolani kitobga qiziqtirishning bir qancha usullari bor. Kitob do`koniga borganda farzandingizning o`zi kitob tanlashiga qo`yib bering. Ana shunda har gal kitob xaridi bola uchun haqiqiy bayramga aylanadi.
Har kuni birga kitob o`qing. Ayniqsa uyqu oldidan ertak o`qib bersangiz, bu oilaviy an`anaga aylanadi, ham bola tinch uxlaydi.
O`zingizga emas, bolangizga qiziq bo`lagan kitobni o`qing.
Yoshiga mos oilik jurnallar, rasmli kitobchalarning uyda bo`lishi, kitob bola hayotining bir bo`lagiga aylanishiga sabab bo`ladi.
Past ovozda ammo, ifodali o`qing, o`qish jarayonida qahramonlar ro`liga kiring, hursand bo`ling, kulng qayg`uring. Bu bolaning faol tinglovchi bo`lishiga yordamlashadi.
Bir ertakni qayta qayta o`qing. Bolalar bir ertakni takroran eshitishni yaxshi ko`radilar.
Bolaga shaxsiy namuna ko`rsating, farzandim kitob o`qishni istamaydi, tinglashni hohlamaydi deyishdan oldin o`zingiz unga ibrat bo`lishingiz zarur.
Kitobcha bola ko`tara oladigan og`irlikda bo`lishi talab etiladi.
Kitob tabiy mahsulotlardan tayyorlangan bo`lsin, kimyoviy modda isi taraladiganini harid qilmang.
Kitobchaning chetlari qirrali bo`lmasin.
Kitobga nisbatan ijobiy munosabat bolaning ilm bilan bir umr do`st bo`lishiga sabab bo`lishi shubhasiz.
Tarbiyachi: Ota onalar keling farzandlaringiz bilan birgalikda ertak kitobini aplikatsiya, qo`l mehnati asosida yasaymiz. Kitoblarni yasab bo`lgunga qadar katta guruh bolalari ijrosida
Raqs "QUVNOQ BOLALAR"
Raqs "DADA HORMANG"
O`rta guruh qizlari ijrosida
Raqs "QO`G`IRCHOQ"
Qisqa guruh bolalari ijrosida
Raqs "DO`PPI TIKDIM"
Raqs "DOIRA"
Raqs "HINDCHA"
Tarbiyachi: "Kitob bilan do`stlashamiz" bayram ertaligimiz yakunlandi.
Yüklə 25,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin