Kitob bilimlar manbai va ma`naviyat asosi



Yüklə 0,9 Mb.
tarix09.06.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#127965
6uxsnpgd8cImN0l1V1YNqgorKE-Qf9DJ (1)

Kitob - bilimlar manbai va ma`naviyat asosi

Tayyorladi: Sultonova M

Loyihaning dolzarbligi

  • Loyihaning dolzarbligi
  • Kitoblar-istak tug’diradi, uni xayotga chorlaydi kishini fikrlashga majbur etadi muxokamalarda mustaqil
  • bo’lish qobiliyatini tarbiyalaydi.
  • S.T.Strumelin
  • Bu o’quv loyihadan bizning maqsadimiz zamonamizning barcha
  • yoshlarini kitobga bo’lgan qiziqishi va muhabbatini yanada
  • oshirish va oramizda kitob mutolaa qiluvchilar sonini
  • ko’paytirish
  • O’tkir Hoshimov
  • O’tkir Hoshimov
  • (1941-2013)
  • “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”
  • O’tkir Hoshimov

Kitob - bilimlar manbai va ma`naviyat asosi

  • 1941-yil Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi Do’mbirabot mavzeida tavallud topgan.
  • Mehnat faoliyatini erta boshlagan yozuvchilardan biridir.
  • Uni mashhur qilgan asarlari: “Dunyoning ishlari”, “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”, “Nur borki soya bor”
  • 1991-yil “O’zbekiston xalq yozuvchisi” faxriy unvoni berilgan. U “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan ham taqdirlangan.
  • 2013-yilda Toshkent shahrida vafot etgan.

Asar haqida

  • Asar haqida
  • Ushbu asar 40 yil davomida yozilgan bo’lib, unda insonning hayoti haqida falsafiy dunyo qarash va fikrlar yorqin bayon qilingan. Asar o’sha yillardagi o’zbek xalqining turmush tarzi va bir-biriga bo’lgan munosabatini ifoda etadi.
  • Bu kitobni o’qishni tavsiya qilaman. Nima uchun? Chunki, bu asar shunchaki bir hodisa yoki bir inson hayoti davomida kechadigan voqea-hodisa emas, balki, butun bir o’zbek xalqi va unga taaluqli bo’lgan harakter xususiyatni belgilaydi. Asar nafaqat insonni fikrlashga,balki, o’z tarixini bilish, uni chuqurroq hamda teranroq anglashga undaydi.

Artur Konan Doyl

  • Artur Konan Doyl
  • 1859-yilda Shotlandiya poytaxti Edinburgda tavallud topgan.
  • U yozuvchilikdan tashqari fizika va tibbiyot bilan shug’ullangan.
  • Uning “Badarg’a qilinganlar “, “Yo’qolgan dunyo” kabi ilmiy-fantastik asarlari va dunyoga mashhur detektiv “Sherlok Holms” asari ham mavjud
  • 1930-yil 7-iyullda Buyuk Britaniyaning Krouboro hududida vafot etgan.

Asar haqida

  • Asar haqida
  • Bu asar ikki insonning do’stligi va bir-biriga bo’lgan ishonchini ajoyib tasvirlangan.Undan tashqari asar yozilgan vaqtda avj olgan “irqchilik”ka ham e’tibor qaratilgan va bu holat xato ekanligi ta’kidlangan.
  • Bu asarni o’qish uchun tavsiya etaman. Nima uchun? Chunki bu asar detektiv janrda ya’ni, o’zbek adabiyotida kamdan kam uchraydigan yo’nalishda yozilgan bo’lib, insonning xarakter va psixologiyasi bilan bevosita bog’liq. Hayotda duch keladigan har xil qiyin vaziyatlardan osongina chiqib ketishga va ularga o’zgacha tomondan yechim topishga undaydi.

Abdulhamid Cho’lpon

  • Abdulhamid Cho’lpon
  • Abdulhamid Cho’lpon 1897-yili Andijonda tavallud topgan
  • Uning “Kecha va Kunduz” romani “Do’xtur Muxammadyor”, “Qor qo’ynida lola”, “Oydin kechalarda” hikoyalari yangi davr o’zbek nasri rivojiga salmoqli hissa qo’shgan.
  • Moskvada O’zbek dramstudiyasida rahbar bo’lgan
  • 1937-yil 14-iyulda qamoqqa olinadi va 1938-yil 4-oktabrda otib oldiriladi

Asar haqida

  • Asar haqida
  • Bu asarga “O’tgan kunlar asari darajasida” deb baho berilgan. Asar o’zbek adabiyotidagi ilk roman-diogiya bo’lib ikki kitobdan iborat.Undagi voqealar ilk bahorda boshlanib qish chillasida tugaydi.
  • Romanning “Bugun” deb atalgan ikkinchi qismining taqdiri to’grisida ma’lumot yo’q.
  • Kitobni o’qish uchun tavsiya etaman. Nima uchun? Asar bizga haqiqiy o’zbek xalqining urush yillaridagi achinarli voqealarni yashirin tarzda ko’rsatadi.Asarimizning bosh qahramoni Zebi obrazida haqiqiy o’zbek qizining beg’uborligi, bolalarcha soddadilligi yorqin ifodalangan.Bu asarning bosh qahramoni Zebi bo’lsa ham, undagi boshqa qahramonlar orqali o’sha yillardagi adolatsizlik birovga qaram bolib qolish kabi yomon hislatlarni ko’rishingiz mumkin. Ishonamizki, siz ushbu asarni o’qib o’sha davr haqida o’zingiz uchun kerakli xulosa chiqarib olasiz.

Foydalanilgan adabiyot va internet saytlari

  • Kitob uz
  • Arxiv uz
  • Fayllar org
  • ziyouz.com

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin