Kompyuter bilan ishlashda texnika xavfsizligi
Kompyuter bilan ishlashda texnika xavfsizligi
Ish joyini to’g’ri tashkil qilish
kuchlanish kabellarini, ulovchi o’tkazgichlarni, rozetka, shtepsel vilkalarini sozligini tekshirish
mashinani shunday o’rnatish kerakki, tebranish ( vibratsiya ) va chayqalish turlari bartaraf etish imkoni bo’lsin;
mashinaning hamma bloklarini sozligini va kompyuterni butun ishga tayyorlik darajasini tekshirish
kompyuterda begona shaxslarni ishlashiga yo’l qo’ymaslik
begona buyumlarni mashinaning ishlayotgan bloklariga tushib qolmasligini nazorat qilib turish
Ish mobaynida quyidagilar taqiqlanadi:
kiyimning yuqori cho’ntaklarida begona metall buyumlar, ayniqsa o’zining tarkibida magnitlangan temirga ega bo’lgan buyumlarni saqlash
malakasi ikkinchi toifadan past bo’lgan shaxslarni xonada bir o’zi ishlashi
mashinaning tok oqib o’tadigan qisimlariga teginish
.
manbaga ulangan kompyuterdan platalarni olish va qo’yish;
shuningdek, ajralishi yoki bog’lanishli ulanishlarni ajratish yoki ulash;
tarmoqqa ulangan kompyuterning ustki qopqog’ini yechish
axborotni tasvirlovchi modul ( monitor ) qopqog’ini ochish, chunki electron nur trubkaga yuqori kuchlanish beriladi
ventilatsion tirqishlarni berkitish
malakaviy mas’uliyatga ega bo’lmagan foydalanuvchilarga kompyuterda paydo bo’lgan nosozliklarni sozlashga ruxsat berish
boshqa nominalga ega bo’lgan saqlagichlarni ishlatish
nosoz mashinalar bilan ishlash
ish vaqtida uzoq tanaffuslarga mashinani yoqiq holda tashlab ketish
Kompyuter bilan ishlaganda har bir ishga ma’suliyat bilan yondoshib, texnika xavfsizlik qoidalariga amal qilish mashinaning ham, insonning ham havfsizligini ta’minlaydi. Bu esa ikki tarafga ham omadli ish yuritishga imkon yaratadi.
Reja:
1. Shaxsiy kompyuterlarning paydo bo’lish tarixi
2. Shaxsiy kompyuterning tuzilishi
3. Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari
Zamonaviy hisoblash mashinalari yoki kompyuterlarning asosiy qismlari elektron qurilmalardan tashkil topgan. Shuning uchun ular elektron hisoblash mashinalari yoki EHM deb yuritiladi. Hisoblash qurilmalari tarixi bir necha asrni o'z ichiga oladi. Quyida bu tarixning eng salmoqli voqealari va uning ishtirokchilari haqida so'z yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: |