Konfliktgacha bo`lgan hodisalarni ko`rib chiqsak, ularning ikki guruhdan iborat ekanligini aniqlash mumkin: qarama-qarshi kurashuvchi taraflar ishtirok etayotgan obyektiv hayotiy vaziyat va taraflarning o`zi - muayyan manfaatlarga ega kishilar.
Konfliktli vaziyat deganda insonlar manfaatlari bilan bog`liq bunday holatlarning shunday jamlanishiki, bu ijtimoiy subyektlar o`rtasida real qarama-qarshilik uchun obyektiv tarzda negiz yaratadi.
F.M.Borodkin va N.M.Koryak mehnat jamoalaridagi turli konfliktli vaziyatlarni tahlil etib, tashkilotlarda konfliktlar uchun negiz yaratuvchi turli tipik vaziyatlarni quyidagicha umumlashtirganlar:
a) tashkilotlarning tarkibiy bo`linmalari o`rtasida texnologik aloqalarning nomuayyanligi;
b) turli farmoyishlar beruvchi ko`p sonli boshliqlarning mavjudligi;
v) bir boshliqqa bo`ysunuvchi xodimlarning ko`p mikdorda bo`lishi, bu boshqaruvda tartibsizlikni yuzaga keltiradi;
g) mas`uliyatni bir xodimdan ikkinchisiga o`tkazish, bu umumiy mas`uliyatsizlik holatini yuzaga keltiradi;
d) bir qator xodimlarning uncha yuqori bo`lmagan shaxsiy va ishchanlik sifatlariga ega bo`lishi.
Tabiiyki, shunday sharoitlarda jamoada konflikt va ziddiyatni yuzaga kelishi juda yengil yuz beradi. Bu ruyxatga tanglikni yuzaga keltiruvchi yana qator boshqa omillarni kiritish mumkin, masalan, boshqaruv tizimini qayta tashkil qilish, yuqori idoralarning shtatlar qisqarishi haqidagi ko`rsatmalari, ish haqini to`lash bilan bog`liq qiyinchiliklar va boshqalar

Konfliktli vaziyatni noadekvat yoki soxta qabul qilishning sababi sifatida qaraganda shuni ta`kidlash muhimki, agar bunday qabul qilish kognitiv konflikt genezisida bayon qilinayotgan nuqtai nazar mazmunini buzib sharhlash bilan bog`liq bo`lsa, mafaatlar konflikti genezisida esa bu, eng avvalo, opponent motivlarini baholashdagi xatolar bilan belgilanadi

Soxta qabul qilish odatda boshqalarning so`zi va harakatlarini noto`g`ri tushunish bilan bog`lik. U turli sabablardan kelib chiqadi: xabarning ikki xil mazmunga ega bulishi, xabarning dastlabki mazmuniga muloqot matni orqali kiritiladigan xatoliklar bilan va b. Muayyan holatlarda savol berish yoki hatto xushomad qilishni haqorat sifatida qabul qilinishi kuzatilgan. O`zgalarning hatti-harakatlaridagi ma`noni bunday qabul qilishdagi tafovutlar ko`pincha madaniyatdagi farqlar, muloqotning turli qoidalari bilan belgilanadi.
Afsuski, xatolik orqasida yuzaga kelgan konflikt keyinchalik guyoki o`zining real predmetiga ega bulgan konflikt kabi avj olishi mumkin. Konflikt jarayonining o`zidayoq haqiqiy konfliktli vaziyat vujudga keladi. Bunday holat ko`pincha kriminal konfliktlarga xos belgidir. Shu munosabat bilan A.M.Yakovlev hatto jinoiy hatti-harakatni yuzaga kelgan vaziyatga nisbatan noadekvat reaksiya sifatida xarakterlagan. Vaziyatni noadekvat baholashning o`zi turli shaxsiy omillar bilan izohlanadi: dunyoqarashning cheklanganligi, ruhiy ta`sirlanish (stress), oqibatlarni oldindan ko`ra bilishning sustligi, narkotik yoki alkogol ta`sirida bo`lish va h. Bunda vaqt omilining ham ahamiyati bor: hamma narsani birdaniga obyektiv hal qilish mumkin emas.
Konfliktli vaziyat va shaxs. Shunday qilib, shaxslar o`rtasidagi konfliktda konfliktli vaziyatni taraflar tomonidan qabul qilish xarakteri katta ahamiyatga ega. Yuzaga kelgan vaziyatni e`tiborga olib, shaxs o`z xarakteri va qarashlarining xususiyatlariga muvofiq holda harakat qiladi. Aynan shu narsa bilan bir xil vaziyatda turli kishilar(guruhlar) tomonidan turlicha, ba`zan zid harakatlar sodir etilishini tushuntirish mumkin. Aynan konkret vaziyat bilan shaxs xususiyatlarining o`zaro ta`siri konfliktni yuzaga keltirishi mumkin yoki odamni undan qutqarishi mumkin.