Konisitutsiyada bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ta’minlanishi va himoya qilinishi



Yüklə 21,62 Kb.
tarix05.12.2023
ölçüsü21,62 Kb.
#138281
Konisitutsiyada bolaning huquqlari


Konisitutsiyada bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ta’minlanishi va himoya qilinishi.
Reja

  1. Bola va unung huquqlari.

  2. Bola huquqlarining kafolatlari.

  3. Oilada bolaning huquq va imkoniyatlari.

Bola huquqlari – har bir bola (18 yoshga to‘lmagan shaxs bola hisoblanadi) hech qanday cheklashlarsiz ega bo‘lishi lozim bo‘lgan huquq va erkinliklardir. Bolalar va yoshlar kattalar bilan bir xil inson huquqlariga ega va bu barcha tomonidan tan olinadi.


Bola huquqlarining ta’rifi mantiqan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining asosiy g‘oyalaridan kelib chiqadi. Uning alohida moddasi bolalarga bag‘ishlangan. Unda aytilishicha, "Onalik va bolalik alohida g‘amxo‘rlik va yordam olish huquqini beradi". Shunday qilib, deklaratsiyada e’lon qilingan barcha erkinliklarga bolalarning teng huquqliligini tan olgan holda, xalqaro hamjamiyat bolalarga qo‘shimcha yordam va qo‘llab-quvvatlash zarurligini tan oladi. Ya’ni, bolalar o‘zlarining maxsus ehtiyojlari, shuningdek ekspluatatsiya va suiiste’molliklarga nisbatan zaifligi tufayli qo‘shimcha huquqlarga ega.
10 yil davomida (1979 yildan 1989 yilgacha) BMTning Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasida ishtirok etgan dunyoning ko‘plab mamlakatlari mutaxassislari bola huquqlari to‘g‘risidagi yangi hujjatning matnini ishlab chiqdilar, unda bolaning jamiyatdagi hayotining barcha jabhalari maksimal darajada hisobga olinadi. 1989 yil 20 noyabrdaBirlashgan Millatlar Tashkilotining Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilindi. Shu bilan barcha mamlakatlar butun dunyo bo‘ylab bolalar oldida tarixiy majburiyat oldilar. Bu tarixdagi eng ko‘p ratifikatsiya qilingan inson huquqlari bo‘yicha shartnomaga aylandi va butun dunyo bo‘ylab bolalar hayotining o‘zgartirishga yordam berdi. O‘zbekiston Respublikasi ushbu Konvensiyaga 1992 yil 9 dekabrda qo‘shilgan.
Konvensiya barcha bolalarning asosiy insoniy qadr-qimmatini va ularning farovonligi hamda rivojlanishini ta’minlashning dolzarbligini tan oladi. Konvensiyaga ko‘ra, bolalar huquqlarini himoya qilishning asosiy prinsipi – bolalar manfaatlarining ustuvorligini tan olishdir.
Har bir bola oziq-ovqat, birlamchi tibbiy yordam va rasmiy ta’lim, o‘yin va dam olish kabi asosiy ehtiyojlarga ega bo‘lgan g‘amxo‘r, mehribon hamda yetarli turmush darajasiga ega bo‘lgan oilada o‘sish huquqiga ega. Bundan tashqari, har bir bola e’tiborsizlik va zo‘ravonlikdan himoyalanish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIV bobi “Oila, bolalar va yoshlar” deb nomlangan. Hususan, Konstitutsiyaning 78-moddasidan quyidagicha norma o‘rin olgan:
“Farzandlar ota-onasining nasl-nasabi va fuqarolik holatidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.
Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyatidir.
Onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi”.

BOLA HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2002-yil 23-noyabrda qabul qilinga Senat tomonidan 2007-yil 1-dekabrda maqullangan.
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi bola huquqlarining kafolatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-bob. Bola huquqlarining asosiy kafolatlari
7-modda. Bola huquqlarining qonuniy kafolatlari
O‘zbekiston Respublikasining Konisitutsiyasi ushbu Qonuniy va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq har bir bolaga inson hamda fuqaro huquqlari va erkinliklari tegishli bo’ladi hamda davlat tomonidan kafolatlanadi.
8-modda. Bolaning yashash huquqi kafolatlari
Yashash huquqi har bir bolaning uzviy huquqidir. Bola hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir.
Davlat sog‘lom bolaning tug‘ilishi va rivojlanishini ta’minlash uchun sharoit yaratadi.
9-modda. Bolaning individuallikka va uni saqlab qolishga bo‘lgan huquqi kafolatlari
Har bir bola tug‘ilgan paytdan e’tiboran familiya, ism, ota ismi olish, millati va fuqaroligiga ega bo‘lish huquqiga, shuningdek ularni saqlab qolish huquqiga ega.
10-modda. Bolaning erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi kafolatlari
Har bir bola erkinlik, shaxsiy daxlsizlik, turar joyi daxlsizligi va xat-xabarlarini sir tutish huquqiga ega.
Har bir bola o‘z sha’ni va qadr-qimmatiga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga g‘ayriqonuniy aralashuvlardan himoyalanish huquqiga ega.
Bola qonunga asoslanmagan holda ushlab turilishi, hibsga olinishi, qamoqqa olinishi mumkin emas.
3-bob. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlarining qo‘shimcha kafolatlari
24-modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning oila muhitiga bo‘lgan huquqi kafolatlari
Davlat bolaning oilada bo’lishiga to’sqinlik qiluvchi sharoitlarni bartaraf qilish, bola oilasidan ajratilgan hollarda esa uni oilasiga tezroq qaytarish bo’yicha zarur choralarni ko’radi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
30-modda. Nizolarni hal etish
Bola huquqlarining kafolarlari sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi
31-modda. Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’ladi.

Bolaning huquqlari - bu bolalarning ota-onalari bilan kelishilmagan holda erkin nima qilishlari mumkinligi haqidagi g'oyalar (qoida tariqasida, bu g'oyalar e'tiqod va e'tiqod shaklida yashaydi) va shu bilan birga kattalarning bolalarga nisbatan majburiyatlari doirasi. bolalar. Misol uchun, talaba uy vazifasini qachon bajarishini o'zi hal qilish huquqiga ega bo'lishi mumkin va ota-onadan unga normal yashash sharoitlarini ta'minlashni kutish huquqiga ega.
Yüklə 21,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin