Konсhilik ishi asoslari fanidan mustaqil ish bajardi: Normurodov. B tekshirdi: G`oyibnazarov. B kon jinsi va ularining asosiy fizik-mexanik xossalari. Reja



Yüklə 41,52 Kb.
səhifə1/3
tarix31.10.2022
ölçüsü41,52 Kb.
#118848
  1   2   3
Konñhilik ishi asoslari fanidan mustaqil ish bajardi Normurodov


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI ISLOM KARIMOV
NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA
UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI
KONCHILIK ISHI KAFEDIRASI

KONСHILIK ISHI ASOSLARI FANIDAN


MUSTAQIL ISH


Bajardi:Normurodov.B
Tekshirdi:G`oyibnazarov.B
KON JINSI VA ULARINING ASOSIY FIZIK-MEXANIK XOSSALARI.
Reja:
1.Kirish
2.Tog` jinslarining genitik tasnifi
3.Tog‘ jinslarini о‘rganishda asosiy (bazaviy) fizik-texnik parametrlari.
4. Tog‘ jinsidagi fizik jarayonlar
5. Tog‘ jinslarining mustahkamlik xossalari
6.Xulosa
7.Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Karyerlarda kon ishlarini xavfsiz olib borish borasidagi dolzarb mummolardan biri –pog‘onalar, bortlar va tuproq uyilmalari deformatsiyalari bilan kurashish sanaladi. Bu muammoni muvaffaqiyatli hal qilish uchun, tog‘ jinslari massivining holatini boshqarish uslublarini о‘zlashtirib olish zarur.
Kon mexanikasining sovetlar davridagi maktabi inson faoliyati ta’siri ostida geologik muhitning о‘zgarishini tavsiflovchi «massiv — karyer», «asos — uyim»о‘zaro aloqasini va о‘zaro ta’sirini qatorini о‘rganadi, bu esa massiv holatiga ta’sir kо‘rsatuvchi bir qator omillarni (tektonik kuchlanishlar, kon massasini о‘yish natijasida zichlanib tekislanish deformatsiyalarini, massivning vaqtdagi fizikaviy-mexanikaviy xususiyatlarining о‘zgarishini va h.k.) hisobga olish imkonini beradi
Tog` jinslarining genetik tasnifi
Yer poʻstini tashkil qiluvchi , mustaqil geologik jism hosil qiluvchi doimiy tarkibga ega boʻlgan tabiy mineral agregatlardir. "Togʻ jinslari " termini hozirgi maʼnoda 1798- yildan beri ishltilib kelinadiyu odatda “Togʻ jinslari” deb faqat qattiq jismlarni tushunildi , keng maʼnoda esa ularga suv, neft va tabiiy gazlar ham kiradi. Togʻ jinslarining kimyoviy va mineral tarkibi bilan bir qatorda , struktura va teksturasi ham muhim diagnostik belgi hisoblanadi . Togʻ jinslaridagi minerallar foizi , ularning mineral tarkibini aniqlaydi . Kelib chiqishiga qarab ular 3 guruhga boʻlinadi : magmatik, choʻkindi va metamorfik. Yer poʻstining 90% ga yaqin qismi magmatik va metamorfik, qolgan 10% choʻkindi togʻ jinslaridan iborat, ammo yer yuzasining 75% maydonini choʻkindi togʻ jinslari egallaydi. Togʻ jinslarining kelib chiqishida mineral tarkibidagi farqi ularning kimyoviy tarkibi va kimyoviy xususiyatlarida oʻz aksini topgan . Asosan , silikatli minerallardan iborat.
Magmatik togʻ jinslarining kimyoviy tarkibida kremniy kislota koʻp boʻladi. Tarkibidagi Si O2 miqdoriga qarab magmatik togʻ jinslari nordon (65% dan ortiq) , oʻta (55—65%) va asosli (50%
dan oz) jinslarga boʻlinadi. Bundan tashqari , tarkibida SiO2 juda koʻp boʻlgan (75% dan ortiq) oʻta nordon va juda kam (40% dan kam) hillari mavjud.
Ishqorli metallarga boy jinslar ishqorli jinslar deyiladi . Choʻkindi Togʻ jinslarining kimyoviy tarkibi magmatik jinslarnikidan differensiyalanganligi , jins hosil qiluvchi komponentlar tarkibining turlicha boʻlishi , suv, karbonat kislota , organik uglerodning koʻp miqdorda boʻlishi bilan farqlanadi. Metamorfik Togʻ jinslari tarkibiga koʻra, choʻkindi ( tub jins) jinslarga yoki magmatic jinslarga yaqin turadi , qayta kristallanish va metasomat jarayonida koʻpgina rudali elementlar jamlanib rudali konlar hosil qiladi. Togʻ jinslari zichlik, elastiklik, pishiqlik, issiqlik, elektr va magnit xususiyatlariga ega . Togʻ jinslarining xususiyatlari ularning mineral tarkibi , tuzilishi va tashqi sharoitiga bogʻliq. Gʻovaklik va darzlik togʻ jinslari xossalarini aniqlaydigan muhim parametrlardir .
G`ovakchalar qisman suyuqlik bilan toʻlgan boʻlishi mumkin, shuning uchun togʻ jinslarining xossalari qattik, gazsimon va suyuq fazalarning xususiyatlari va ularning nisbiy miqdoriga ham bogʻliqdir.
Tog` jinslarini o`rganishda asosiy fizik- texnik
parametrlar
Tuzilishi va tarkibi har–xil bо‘lgan minerallar shuningdek kо‘pfazali tog‘ jinslari elektr maydoniga, issiqlik maydoniga, tashqi yuklama ta’siriga turlicha munosabatda bо‘ladi (о‘zini turlicha tutadi) chunki ularning fizik–mexanik xossalari turlicha bо‘ladi.
Ma’lum fizik maydon yoki muhit ta’siriga tog‘ jinsining javob reaksiyasi (о‘zini tutishi) tog‘ jinsining fizik xossasi deyiladi.
Tog‘ jinsining har-bir fizik xossasi bir yoki bir nechta parametrlar bilan baholanadi va miqdoriy о‘lchovlarda hisoblanadi.
Tog‘ jinsining ma’lum qurulma (masalan burg‘ilash qurulmasi), mexanizm yoki texnologik jarayon (masalan portlatish ishlari) ta’siriga javob reaksiyasini harakterlovchi parametrlari uning kon-texnik parametrlari deyiladi.
Tog‘ jinsining kon-texnologik parametrlari ma’lum texnologik jarayondagi jihozlarning tog‘ jinsiga ta’sir о‘tkazish prinsipi bо‘yicha birqancha guruhlarga bо‘linadi.
Tog‘ jinsini mexanik usulda yemiruvchanligini umumiy tavsiflashda, masalan qattitqlik, mustahkamlik, qayishqoqlik, maydalanuvchanlik.
Tog‘ jinsini ma’lum mexanizm yoki jarayon ta’sirida yemiruvchanligini tavsiflashda, masalan burg‘ulanuvchanlik, kesishga qarshiligi, portlanuvchanlik va boshqalar.
Tog‘ jinsini ma’lum uskunaga (qurulmaga) ta’sirini baholashda, masalan charhlanuvchanligi (abrazivnost).
Foydali qazilmaning sifatini baholashda, masalan kо‘mir uchun donadorlik (koksuemost), qurilish matreallari uchun haroratbardoshlilik, muzlashga bardoshlilik tushuniladi.
Tog‘ jinsi ustida olib boriladigan biron-bir jarayonning (yemirishdan boshqa) samaradorligini va unumdorligini belgilashda, masalan boyituvchanligi, kо‘piklanuvchanligi (flotiruimost), avvaldagi turg‘unlik darajalari va boshqalar.
Foydali qazilma konlarini qazib olishda alohida holatlarni baholashda, masalan о‘z-о‘zidan yonuvchanlik, metandorlik darajalari, otilib chiqishga xavfliylik darajalari.
Tog‘ jinsini yemirish, eritish, turg‘unligini oshirish maqsadida ta’sir etuvchi mexanik bо‘lmagan usullarni baholashda masalan, termik burg‘ilash, yuqori chastotali tok bilan qizdirish, elektromexanik yemirish va boshqalar.

2-Mustaqil ish 1-Jadval. Tog‘ jinslarini о‘rganishda murojaat etiladigan fizik-texnik parametrlar quyidagi jadvalda keltirilgan.



Tog‘jinsixossalari

Xossalartasnifi

Fizik parametrlari

Belgila-nishi

Zichlik




Hajmiy og‘irlik
Solishtirma og‘irlik
G‘ovakdorlik
G‘ovakdorlik koyeffitsiyenti


Yüklə 41,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin