5-BOB. KORXONA FAOLIYATINI REJALASHTIRISH VA PROGNOZLASH.........................................................................................
96
5.1.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida rejalashtirish va prognozlashning iqtisodiy tabiati va ob’yektiv zarurati..................................................
96
5.2
Korxonada rejalashtirishning uslubiy asoslari, tamoyillari va vazifalari..............................................................................................
Rejalashtirish texnologiyasi va korxona rejalari tuzilmasi..............................................................................................
105
5.5.
Biznes-reja, uning mazmuni va ishlab chiqish tartibi.........................
109
5.1. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida rejalashtirish va bashorat qilishning iqtisodiy tabiati va ob’yektiv zarurati Iqtisodiyot bo’yicha zamonaviy adabiyotlar va qo’llanmalarda rejalashtirishga mo’ljallangan ish yoki ma’lum bir harakatlarni bajarish muddati, tartibi va ketma-ketligini ko’zda tutuvchi chora-tadbirlar tizimi sifatida izoh berilgan. Har bir inson o’z ish kuni, dam olish kuni, bayramlar, yozgi ta’til, to’y va boshqa tadbirlarni qanday o’tkazishni rejalashtiradi. Aynan rejalashtirish va bashorat qilish yo’li bilan korxonalar nimani, kim uchun, qachon va qanchamahsulot ishlab chiqarish, qaysi hamkorlar yoki sheriklar bilan shartnoma tuzish yoki kooperatsiyani rivojlantirish, zarur bo’lgan moddiy-tovar boyliklari zahirasini yaratish kabi bir qator masalalarni hal qiladi.
Bozor munosabatlariga o’tgandan so’ng rejalashtirish bir oz yoddan ko’tarilib qoldi. Hattoki rejalashtirish xo’jalik yuritishning bozor mexanizmiga to’g’ri kelmaydi yoki bozor rejalashtirishga ziddir, degan fikrlar ham paydo bo’ldi.
Deyarli har bir korxonaga “yuqoridan” direktiva vazifalari, nazorat raqamlari, qat’iy me’yor va limitlarni belgilab beruvchi rejalashtirish, haqiqatan ham bozor mexanizmiga to’g’ri kelmaydi va korxonalarning mustaqilligini yo’qqa chiqaradi. Shu sababli O’zbekiston Respublikasining korxonalar faoliyatiga oid qonunchiligida, korxonalarning iste’molchilar talabi, foyda yoki daromad olish nuqtai nazaridan o’z faoliyatini mustaqil ravishda tanlashi va ishlab chiqarishni rivojlantirish istiqbollarini belgilab olishi ko’rsatilgan.
Avvalgi xo’jalik yuritish tizimida mavjud bo’lgan, “markaz”dan boshqariluvchi markazlashgan rejalashtirishni inkor qilish bilan rejalashtirishdan umuman voz kechish mumkin emas.
Rejalashtirish tufayligina korxonalar ishlab chiqarishni tashkil etish va texnologiyalarning qulay variantlarini tanlaydi, resurslar bilan o’z vaqtida ta’minlash vazifasini bajaradi, asosiy va aylanma vositalarga ehtiyojni belgilab beradi, mahsulotni sotish kanallari va usullarini aniqlaydi. Bundan tashqari rejalashtirish ishlab chiqarish zaxiralari va raqobatdagi ustunliklardan maksimal darajada foydalanish, iqtisodiyotdagi yangi oqimlarni anglab olish, korxona faoliyatidagi kamchiliklarni yo’qotish va turli xil tavakkalchiliklarni kamaytirishga imkon beradi. Har bir korxonaning tashkil qilinishi va faoliyat yuritishi aynan rejalashtirishdan boshlanadi.