Korxona (firma) xarajatlari va foydasi



Yüklə 16,48 Kb.
tarix13.04.2023
ölçüsü16,48 Kb.
#125213
Документ Microsoft Word (2)


KORXONA (FIRMA) XARAJATLARI VA FOYDASI
Reja
1. Ishlab chiqarish xarajatlarining mazmu-ni, tarkibi va turlari.
2. Korxona (firma) ning pul tushumlari va foyda-si. Foyda massasi va nor-masi. Foyd normasiga ta’-sir ko’rsatuvchi omillar.
3. Korxonalarning ban-krot bo’lishi (sinishi) va sanasiya qilishnishi.
4. Ish xaqining iqtisodiy mazmuni.
5. Nominal va real ish xaqi.


  1. Ishlab chiqarish harajatlari tushunchasi va uning tarkibi Milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (korxona, firma) oʻz faoliyati natijalaridan koʻproq foyda olishga harakat qiladilar. Har qanday korxona oladigan foyda nafaqat oʻzining tovarini ancha yuqori narxlarda sotishga, balki tovar ishlab chiqarish va uni sotishga qilinadigan xarajatlarni kamaytirishga ham intiladi. Ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari – bu mahsulot ishlab chiqarish uchun ijtimoiy zaruriy mehnatning umumiy (jonli va moddiylashgan) sarflaridir. Ular mazkur mahsulotni ishlab chiqarish jamiyat uchun qanchaga tushganligini koʻrsatadi. Tovar ishlab chiqarish sharoitida ijtimoiy xarajatlar pul shaklida namoyon boʻladi va tovar qiymatiga muvofiq tushadi, ya’ni: w = c + v + m, bu yerda: w – ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari yoki mahsulot qiymati; s – iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati; v – ishchi kuchi qiymati (ish haqi); m – qoʻshimcha qiymat. Bevosita ishlab chiqarish xarajatlari faqat tovarni ishlab chiqarish bilan bogʻliq xarajatlarni oʻz ichiga olib, tovar birligi qiymatining faqat bir qismini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari tovar qiymatidan foyda miqdoriga kam boʻladi. Muomala xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bogʻliq boʻlib, shu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazilguncha ketadigan sarflarga aytiladi. 2. Ishlab chiqarish harajatlari turlari Marjinalistik sarf-xarajatlar nazariyasi boʻyicha korxona ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan resurslar oʻz resurslari yoki jalb qilingan resurslar boʻlishi mumkin. SHunga koʻra xarajatlar ichki yoki tashqi xarajatlarga boʻlinadi. Tashqi xarajatlar korxona tomonidan zarur resurs va xizmatlarni tashqaridan toʻlov asosida jalb etishi uchun sarf qilingan xarajatlardir. Korxonaning oʻziga tegishli boʻlgan resurslardan foydalanishi bilan bogʻliq xarajatlar ichki xarajatlar deyiladi. Ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishiga (qisqarishi yoki ortishiga) ta’sir qilmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi. Oʻzgaruvchi xarajatlar (OʻX) deb ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishiga ta’sir qiladigan xarajatlarga aytiladi. Unga xomashyo, material, yonilgʻi, transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilarga qilinadigan sarflar kiradi. Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va oʻzgaruvchi xarajatlar yigʻindisi umumiy xarajatlar (UX)ni tashkil qiladi. 3. Qisqa va uzoq davrda ishlab chiqarish harajatlarining oʻzgarish tamoyillari Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishda vaqt omili, ya’ni xarajat qilingandan pirovard natija olinguncha oʻtgan davr sezilarli ta’sir koʻrsatadi. SHu sababli vaqt omilidan kelib chiqib, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa va uzoq muddatli davrda alohida tahlil qilinadi. Qisqa muddatli davr – bu korxonaning faqat oʻzgaruvchi xarajatlari miqdorini oʻzgartirish uchun taqozo etiladigan davrdir. Bunday xarajatlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) jonli mehnat xarajatlarini oshirish, ya’ni qoʻshimcha ishchi kuchini yollash va ulardan foydalanish; 2) xomashyo, material, elektr energiyasi va boshqa xarajatlar miqdorini koʻpaytirish; 3) nisbatan arzon va ishlab chiqarishga osonlik bilan joriy etish mumkin boʻlgan mehnat vositalari miqdorini koʻpaytirish va h.k. Uzoq muddatli davr – bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va barcha band boʻlgan resurslari miqdorini oʻzgartirish uchun yetarli boʻlgan davrdir. Uzoq muddatli davrda barcha xarajatlar, shu jumladan, doimiy xarajatlar ham oʻzgaruvchi hisoblanadi. 4. Foydaning mazmuni. Foyda normasi va massasi Korxonalarning faoliyatiga baho berishda sotilgan mahsulotlarning hajmi, ularga qilingan sarf-xarajatlar va foyda tushunchalaridan keng foydalaniladi. Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablagʻlar ularning pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi. Korxona pul daromadlaridan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi foyda deb yuritiladi. Ayrim adabiyotlarda bu iqtisodiy foyda deb ham yuritiladi. Foydaning tarkib topishi ikki bosqichdan oʻtadi: birinchi bosqichda foyda ishlab chiqarish jarayonida yangi qiymatning yaratilish chogʻida vujudga keladi. Yangidan yaratilgan qiymat tarkibidagi qoʻshimcha qiymat foydaning asosiy manbai hisoblanadi, biroq u hali aniq foyda shaklida namoyon boʻlmaydi; ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan foyda tovarlarni sotilgandan soʻng olingan pul daromadi bilan xarajatlarning farqi koʻrinishida toʻliq namoyon boʻladi. Foyda miqdoriga ta’sir koʻrsatuvchi ikkinchi omil – korxona oʻz mahsulotlarini sotuvchi narx darajasi boʻlib, bu oʻrinda mahsulot narxi, qiymati va tannarxi oʻrtasidagi nisbatning beshta asosiy holatini ajratib koʻrsatish mumkin. Korxona foydasining mutlaq miqdori uning massasini tashkil qiladi. Foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati va uning foizda ifodalanishi foyda normasi deyiladi. Amaliyotda foyda normasini hisoblashning ikki variantidan foydalaniladi. Bular foydaning joriy sarflarga – korxona xarajatlariga yoki avanslangan mablagʻlarga (asosiy va aylanma kapital) nisbatidir. 5. Foydaning taqsimlanishi va ishlatilishi Korxona yalpi foydasining taqsimlanishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Eng avvalo yalpi foydadan boshqa iqtisodiy sub’ektlarga turli toʻlovlar amalga oshiriladi. Bu toʻlovlarga boshqalarning yer va binolaridan foydalanganlik uchun ijara haqi, qarzga olingan pul mablagʻlari uchun toʻlanadigan foizni kiritish mumkin. Bundan tashqari, korxonalar davlat va mahalliy hokimiyat organlari byudjetiga soliqlar toʻlaydilar, turli hayriya va boshqa fondlarga mablagʻlar kiritadilar. Mablagʻlarning qolgan qismi korxona sof foydasini tashkil etadi. U korxonaning ishlab chiqarish va ijtimoiy ehtiyojlariga, shuningdek jamgʻarish (ishlab chiqarishni kengaytirish)ga, atrof-muhit muhofazasi, xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash va boshqa maqsadlarga sarflanadi.

Test topshiriqlari


1. Korxona tashqi harajatlari nima?
A] Korxona tomonidan zarur resurs va xizmatlarni tashqaridan toʻlov asosida jalb etishi uchun sarf qilingan xarajatlar.
B] Ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishiga (qisqarishi yoki ortishiga) ta’sir qilmaydigan xarajatlar.
C] mahsulot tannarxiga bevosita qoʻshilib, uning tarkibiga kiradigan
D] Marjinalistik sarf-xarajatlar.
2. Ichki xarajatlar nima?
A] korxonaning oʻziga tegishli boʻlgan resurslardan foydalanish natijasida vujudga keladigan xarajatlar.
B] ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etmaydigan, u oʻzgarganda ham miqdorini oʻzgartirmaydigan xarajatlar.
C] mahsulot tannarxiga bevosita qoʻshilib, uning tarkibiga kiradigan xarajatlar
D] Ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishiga (qisqarishi yoki ortishiga) ta’sir qilmaydigan xarajatlar.
3. Egri xarajat nima ?
A] mahsulot tannarxiga ustama boʻlib, narxda aks etadigan xarajatlar.
B] ] korxonaning oʻziga tegishli boʻlgan resurslardan foydalanish natijasida vujudga keladigan xarajatlar.
C] ] ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etmaydigan, u oʻzgarganda ham miqdorini oʻzgartirmaydigan xarajatlar.
D] Korxona tomonidan zarur resurs va xizmatlarni tashqaridan toʻlov asosida jalb etishi uchun sarf qilingan xarajatlar
4. Iqtisodiy yoki sof foyda nima?
A] yalpi pul tushumidan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi.
B] mahsulot tannarxiga ustama boʻlib, narxda aks etadigan xarajatlar.
C] Korxona tomonidan zarur resurs va xizmatlarni tashqaridan toʻlov asosida jalb etishi uchun sarf qilingan xarajatlar
D] ] Ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishiga (qisqarishi yoki ortishiga) ta’sir qilmaydigan xarajatlar.
5. Doimiy xarajatlar tog'ri keltirilgan qatorni korsating.
A] ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etmaydigan, u oʻzgarganda ham miqdorini oʻzgartirmaydigan xarajatlar.
B] mahsulot tannarxiga ustama boʻlib, narxda aks etadigan xarajatlar.
C] Korxona tomonidan zarur resurs va xizmatlarni tashqaridan toʻlov asosida jalb etishi uchun sarf qilingan xarajatlar
D] Ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishiga (qisqarishi yoki ortishiga) ta’sir qilmaydigan xarajatlar.
6. Oʻzgaruvchi xarajat nima?
A] – ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishiga ta’sir etadigan xarajatlar
B] Korxona tomonidan zarur resurs va xizmatlarni tashqaridan toʻlov asosida jalb etishi uchun sarf qilingan xarajatlar
C] mahsulot tannarxiga ustama boʻlib, narxda aks etadigan xarajatlar.
D] Ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishiga (qisqarishi yoki ortishiga) ta’sir qilmaydigan xarajatlar.
7. Oʻrtacha xarajatlar nima?
A] mahsulot birligiga toʻgʻri keladigan xarajatlar
B] mahsulot tannarxiga ustama boʻlib, narxda aks etadigan xarajatlar.
C] Korxona tomonidan zarur resurs va xizmatlarni tashqaridan toʻlov asosida jalb etishi uchun sarf qilingan xarajatlar
D] Ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishiga (qisqarishi yoki ortishiga) ta’sir qilmaydigan xarajatlar.
8. Qoʻshimcha xarajatlar qaysi qatorda tog'ri keltirilgan?
A] mahsulotning navbatdagi qoʻshimcha birligini ishlab chiqarishga qilinadigan xarajatlar.
B] mahsulot birligiga toʻgʻri keladigan xarajatlar
C] mahsulot tannarxiga ustama boʻlib, narxda aks etadigan xarajatlar.
D] Korxona tomonidan zarur resurs va xizmatlarni tashqaridan toʻlov asosida jalb etishi uchun sarf qilingan xarajatlar
9. Iqtisodiy yoki sof foyda nima?
A] yalpi pul tushumidan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi.
B] Korxona tomonidan zarur resurs va xizmatlarni tashqaridan toʻlov asosida jalb etishi uchun sarf qilingan xarajatlar
C] mahsulot tannarxiga ustama boʻlib, narxda aks etadigan xarajatlar.
D] mahsulot birligiga toʻgʻri keladigan xarajatlar
10. Foyda normasi nima?
A] foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga boʻlgan nisbatining foizdagi ifodasi.
B] mahsulot birligiga toʻgʻri keladigan xarajatlar
C] Korxona tomonidan zarur resurs va xizmatlarni tashqaridan toʻlov asosida jalb etishi uchun sarf qilingan xarajatlar
D] yalpi pul tushumidan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi.

Yüklə 16,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2023
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə