Savollar:
1. Inersial hisob sistemasi nimadan iborat?
2. SI halqaro o‘lchov sistemasi nima?
3. MKGSS o‘lchov sistemasi nima?
4. Kuchlarning asosiy ko‘rinishlari qaysilardan iborat?
5. Dinamikaning birinchi asosiy masalasi nimadan
iborat?
Javoblar
1. Inersial hisob sistemasi nimadan iborat?
Mexanika nuqta harakatini ifodalashda bir qancha inersial
sistemadan
foydalanish mumkin. Agar S -moddiy nuqta radius-vektor r , t -vaqt momentida
aniqlanatgan biror inersial sistema S ′ esa t′-vaqt momentida aniqlanayotgan biror
ikkinchi istalgan sistema bo’lsa va bu kattaliklar o’zaro qo’yidagicha bog’langan
bo’lishsa:
r = r ′ + v t′
(1)
t =
t′
U xolda S ′ sistema o’zining barcha fizik xossalariga ko’ra
S -sistemaga
ekvivalent bo’ladi, ya’ni inersial bo’ladi.
Demak, inersial sistemalar bir-biriga nisbatan tinch turishi yoxud to’g’ri
chiziqli tekis harakat qilishi mumkin. Bu inersial sistemaning ekvivalentligi
mexanika qonunlarining barcha inersial sistemalarda bir xilda sodir bo’lishligini
ko’rsatadi hamda Galiley nisbiylik prinsipi deb ataladi.
Inersial sistemalarda sodir bo’layotgan har qanday mexanik xodisa bu
sistemaning tug’ri chiziqli tekis harakatini yoki tinchlik holatini ko’rsatib
berolmaydi. (1) koordinat almashtirishlari Galiley almashtirishlari deyiladi.