Laboratoriya ishi №5



Yüklə 63,5 Kb.
səhifə1/3
tarix10.01.2022
ölçüsü63,5 Kb.
#109953
  1   2   3

LABORATORIYA ISHI №5


MAVZU: ELASTIK JISMLARNING YUNG MODULINI ANIQLASH
Ishdan maqsad: Jismlarning cho’zilish deformatsiyasini o’rganish va Yung (elastiklik) modulini aniqlash.

Kerakli jihozlar: Shtativ (qisqichi bilan), bir jinsli rezina ip (uzunligi 20-30 sm atrofida), shtangensirkul, chizg’ich, ilgak, massasi aniq bo’lgan yuklar to’plami.

1-rasm

Qisqacha nazariya

Tashqi kuch ta'sirida jismning shakli yoki o’lchamlarining o’zgarish hodisasiga deformatsiya deb ataladi. Tashqi kuchlar ta'siri to’xtatilgandan so’ng deformatsiya yo’qolsa, bunday deformatsiya elastik deformatsiya deyiladi. Agar tashqi kuchlar ta'siri to’xtatilgandan socng ham jismda deformatsiya saqlanib qolsa, bunday deformatsiyaga plastik yoki noelastik deformatsiya deyiladi. Tashqi ko’rinishiga qarab deformatsiya cho’zihsh yoki siqilish, egilish, buralish va siljish deforwatsiyalarga bo’hnadi.

Bir uchi mahkamJab qo'yilgan bir jinsJi sterjen (yoki rezina chilvir) ga uning o’qi yo’nalishida tashqariga qaratib kuch qo’yilsa, u cho’zilish deformatsiyasiga uchraydi. Cho’zilish deformatsiyasining mutloq uzayishi quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi

l=l-l0 (1)

bunda, l0 - sterjenning boshlang’ich uzunligi, l- keyingi uzunligi. Shuningdek, sterjenning nisbiy uzayishi

(2)

ifoda yordamida aniqlanadi. Nisbiy uzayish dastlabki uzunlik birligining qanchaga uzayganligini ko’rsatadigan fizik kattalikdir.

Deformatsiyalangan jismda hosil bo’ladigan elastiklik kuchi doim mutlaq uzayishga to'g’ri proporsional bo’ladi. Bu xulosa Guk qonuni deb ataladi va quyidagi matematik formula orqali ifodalanadii:

Fel=-kΔl (3)

bunda k - proporsionallik koeffisiyenti bo’lib, u deformatsiyalanayotgan jismning tabiatiga va geometrik oichamlariga bog liq. k - jismning elastiklik xususiyatini miqdor jihatdan tavsiflovchi fizik kattalik bo’lib, unga jismning bikirligi deyiladi.

Deformatsiyalangan jismning birlik ko’ndalang kesim yuziga ta'sir qilayotgan deformatsiyalovchi kuchga son jihatdan teng bo’lgan fizik kattalikka mexanik kuchlanish deyiladi va u quyidagicha ifodalanadi:



(4)

Gukning tajribada aniqlashicha, elastik deformatsiyada mexanik kuchlanish nisbiy uzayishga to’g’ri proporsional bo’ladi, ya'ni:

=E|| (5)

Bu qonunda qatnashayotgan proporsionallik koeffisiyenti E ga elastiklik moduli yoki Yung moduli deb ataladi. Yung moduli jismning tabiatiga bog’liq. (3), (4), (5) ifodalar asosida Yung moduli quyidagicha ifodalanadi:



(6)


Kataloq: wp-content -> uploads -> 2017

Yüklə 63,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə