Lisoniy vaziyat. Til siyosati. Reja: Lisoniy vaziyat



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix02.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#137226
  1   2   3   4   5
umk, sotsiolingvistika



 
Lisoniy vaziyat. Til siyosati. 
Reja: 
1. Lisoniy vaziyat

 
2. Ekzogloss lisoniy vaziyat
3. Endogloss lisoniy vaziyat
4. Lisoniy qurilmalar
 
Tayanch so‘z va tushunchalar: 
lisoniy vaziyat, ekzogloss lisoniy vaziyat, 
muvofiqlashgan va muvofiqlashmagan ekzogloss lisoniy vaziyat, endogloss lisoniy 
vaziyat, muvofiqlashgan va muvofiqlashmagan endogloss lisoniy vaziyat, til siyosati, 
ichki til siyosati, tashqi til siyosati, tilni planlashtirish. 
.
Lisoniy vaziyat
tushunchasi 30-yillarda Osiyo va Afrika tillari bilan 
shug‗ullanuvchi chet ellik tilshunoslarning ilmiy ishlarida birinchi bor qo‗llangan. 
60-yillarga kelib sobiq Sho‗ro va Amerika tilshunoslari bu tushunchaga ahamiyat 
berib, unga sotsiolingvistik ta‘rif berishdi
1

C.A.Fergusonning fikricha, 
“lisoniy vaziyat”
 
(language situation) deyilganda, 
muayyan bir vaqtda, muayyan bir joyda qanday tildan foydalaniladi, tillarning soni, 
qanday turdagi til ushbu hududda ishlatiladi, qancha odam, qanday sharoitda bu tilda 
gaplashadi, ushbu jamoa a‘zolarining bu tilga bo‗lgan munosabati, umuman, tilning 
qo‗llanish doirasi haqidagi masalalar tushuniladi
2

Muayyan lisoniy hamjamiyatning u yoki bu davridagi ijtimoiy-kommunikativ 
tizim tarkibiy qismlari orasidagi funksional munosabat ushbu hamjamiyatga xos 
bo‗lgan 
lisoniy vaziyatni
shakllantiradi. Bu munosabatlar ko‗pincha barqaror bo‗ladi. 
Biroq mamlakatdagi siyosiy vaziyatning, davlat tuzilishining o‗zgarishi, iqtisodiy 
islohotlar, ijtimoiy va milliy siyosatdagi yangi yo‗nalishlar va h.k. ijtimoiy-
kommunikativ tizimning holatiga, uning tarkibiga, funksiyasiga va uning qismlari 
bo‗lgan kodlar va subkodlarga ta‘sir qilishi mumkin.
―Lisoniy vaziyat‖ tushunchasi, odatda, katta til hamjamiyatlariga – 
mamlakatlar, hududlar, respublikalarga nisbatan qo‗llaniladi. Bu tushuncha uchun 
zamon omili muhim hisoblanadi, ya‘ni 
lisoniy vaziyat
ijtimoiy-kommunikativ 
tizimning muayyan davridagi faoliyatidir.
Masalan, Ukrainada ijtimoiy-kommunikativ tizimning asosiy tarkibiy qismlari 
ukrain va rus tillari hisoblanadi (bulardan tashqari, belorus, bolgar, venger, chex va 
1
Швейцер А.Д., Никольский Л.Б. Введение в социолингвистику. –М.: Высшая школа, 1978. –С. 86. 
2
Ferguson C.A. Language structure and language use. – Stanford, 1971. –P. 157. 



boshqa tillar ham mavjud). SSSRning tarqalishigacha bu tillar orasida tenglik, 
muvozanat saqlangan. Binobarin, maktablarda ta‘lim ukrain va rus tillarida olib 
borilgan, oliy ta‘lim va ilmiy sohalarda (tabiiy va texnik fanlarda ko‗proq rus tili, 
ijtimoiy fanlarda ko‗proq ukrain tilidan foydalanilgan) har ikkala til qo‗llanilgan. 
1990-yillarga kelib Ukrainada rus tilining vazifalari qisqarib, u o‗rta va oliy ta‘lim, 
ilm-fan, madaniyat sohalaridan, hatto, kundalik muloqotdan ham siqib chiqarila 
boshlandi.
Tabiiyki, bunday o‗zgarishlar lisoniy vaziyatning o‗zgaruvchanligini 
ko‗rsatadi, ayni paytda ukrain jamoasiga xizmat qiluvchi ijtimoiy-kommunikativ 
tizimning tarkibi avvalgidek qoladi
3

Umuman, lisoniy vaziyatlar obyektiv omillar – ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar 
hamda subyektiv omil – davlatda olib borilayotgan til siyosatiga bog‗liq bo‗ladi. 
Lisoniy vaziyatlar uni tarkib toptirgan qismlar tavsifiga ko‗ra ekzogloss va endogloss 
turlarga ajraladi.
Har xil tillar majmuyiga 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin