Litsenziya olish uchun zarur hujjatlar 1. Yuridik shaxsning nomi va tashkiliy – huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasining nomi va bankdagi hisob raqami ko’rsatilgan, litsenziya berish to’g’risidagi ariza. Litsenziya berish to’g’risidagi arizada litsenziya davogarining electron manzili ko’rsatilishi mumkin.
2. Litsenziya davogarining egaligida bo’lgan va bojxona ombori sifatida foydalanish uchun mo’ljallangan binolar va(yoki) ochiq maydonchalar, ular joylashgan joy, ularning jihozlanishi, videokuzatuv tizimi, asbob uskunalar bilan va moddiy texnika bilan ta’minlanganligi to’g’risidagi ma’lumotlar;
3. Avtomobil va temir yo’llar ko’rsatilgan holda bojxona ombori uchun mo’ljallangan hudud va binolarning tarxi va chizmasi;
4. O’zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq bojxona to’lovlari to’lanishi ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjat.