Kirish Mavzuning dolzarbligi: maktabgacha ta’lim sohasidagi qonunchilikni undagi bo‘shliqlarni, korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarni yuzaga keltiruvchi normalarni aniqlash nuqtai nazaridan inventarizatsiya qilish va tahlil etish;
maktabgacha ta’lim sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirishga, shu jumladan, zarur infratuzilmani yaratishga, xodimlarning mehnatini moddiy rag‘batlantirishga, pedagogik kadrlarni sifatli tayyorlash va malakasini oshirishga, shuningdek, maktabgacha ta’limning xususiy sektorini rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi tizimli muammolarni aniqlash hamda kompleks o‘rganish;
maktabgacha yoshdagi bolalarni uyg‘un rivojlantirish sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda sifatli maktabgacha ta’limni tashkil etishga davlat talablarini qayta ko‘rib chiqish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilishning amaldagi tartibini, vakolatli davlat organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi holatini tanqidiy o‘rganish;
mavjud amaliyot va ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish, ularning tashkiliy-huquqiy shakllarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini o‘quv-tarbiyaviy adabiyotlar bilan ta’minlash tizimini tahlil qilish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash tartibini o‘rganish hamda sifat talablariga va sanitariya-gigiyena normalariga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlar yetkazib berishning shaffof hamda soddalashtirilgan tizimini yaratish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
maktabgacha ta’lim sohasida qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish.