Qadimgi markaziy osiyoning eng qadimgi san'ati
Reja:
1. Markaziy Osiyo san’atining xo`jalikda tutgan o`rni
2. Regionda san’ati tarmoqlarining shakllanishi , joylashuvi va rivojlanishiga ta`sir ko`rsatuvchi omillar
3. Markaziy Osiyoda san’ati tarmoqlari
4. Markaziy Osiyoda yoqilg`I energetika san’ati majmuasi
5. Markaziy Osiyoda yoqilg`I energetika san’ati majmuasining istiqbollari
Markaziy Osiyo MDH davlatlari orasida asosan xom ashyo va yarim xom ashyo maxsulotlari, qisman sanoat maxsulotlar yetishtirishga ixtisoslashtirilganligi bilan ajralib turadi.Sobiq Ittifoq davrida, Qozog`iston, O`zbekiston, Turkmaniston Respublikalarida tog – kon, yoqilg`i-energetika, rangli metallaurgiya, mashinasozlik, kimyo sanoat tarmoqlari shakllandi. 1980 yil Tojikistonda va Qirg`izistonda energetika, oziq – ovqat va yengil sanoat , avtomobilsozlik, rangli metallurgiya sanoat tarmoqlari shakllana bordi. Albatta sanoat tarmoqlarini shakllanishi va joylanishuvida Respublikalardagi xom – ashyolar , mineral va suv resurslari muhim rol o`ynaydi. Shuningdek, ko`p sanoat tarmoqlari urush yillari Qozog`iston va O`zbekiston hududiga ko`chirib kelindi. Ularning bo`limlariRespublikalar , viloyatlarda hamda Qozog`iston, Tojikiston hududlarida tashkil etildi.
Urushdan keyingi tiklanish davrida ko`chirib olib kelingan sanoat korxonalarining ba`zi birlari shu hududda qoldirildi, ayrimlarini yana oldingi joylariga olib borib tiklanildi.
Markaziy Osiyo sanoati undiruvchi sanoat tarmoqlarining ahamiyati katta. Bularga yoqilg`I –energetika, metalurgiya, kimyo sanoatlari kiradi. Qurilish, yengil va oziq- ovqat sanoatlari ham rivojlanib bormoqda.
Markaziy Osiyo Respublikalari orasida Qozog`iston davlati sanoat ishlab chiqarish bo`yicha ajralib turadi. buning uchun yetarli miqdorda tarmoqlar mavjud.
Hududda yoqilg`I sanoati uchun ko`mir , neft va tabiiy gaz zahirasi mavjud. Eng yirik havza Qarag`anda konidir. Bu yerda toshko`mir va kokslanuvchi ko`mir qazib olindi. Ekibastuz havzasidan ochiq usulda qo`ng`ir ko`mir qazib olinadi. Uning tannarxi juda arzon, asosan issiqlik elektrostansiyalarida xom ashyo sifatida ishlatiladi.
Qozog`iston Respublikasida neft konlari Emba havzasida, Mang`ishloq va Shimoliy Ustyutda mavjud. Kaspiy dengizi shel`fida, Mug`ojar tog`lari bilan Qozog`iston past tog`larining oralig`ida nerft zaxiralari mavjud. Neft bor joyda gaz konlari ham bor.
Markaziy Osiyo hududida sanoat tarmoqlarini, shuningdek qishloq xo`jaligining shakllantirish va rivojlantirishda yoqilg`i- energetika sanoatining ahamiyati nihoyatda katta. Har bir Respublika shu sanoat majmuasini shakllantirish, hududlar bo`ylab to`g`ri joylashrtirish va rivojlantiishga harakat qiladi. Markaziy Osiyo davlatlari yiliga 200mlrd. kv.t soatga yaqin elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Ba`zi bir Respublikalarda elektroenergiyani asosiy qismi issiqlik va ba`zi birlarida gidroelektrostansiyalar ishlab chiqarilgan energiyaga to`g`ri keladi. Jumladan Qozog`iston elektroenergiyasining asosiy qismi issiqlik elektrostansiyalarida ishlab chiqariladi. Bu hol O`zbekistonga ham tegishlidir. Issiqlik elektrostansiyalarining ichida eng yirigi – Ermak GRESi bo`lib, uning quvvati -2,4 mln.kv dir. Yirik elektrostansiyalar Almata, Qarag`anda, Petropavlovsk, Taroz, Shimkent, Pavlodar shaxarlarida qurilgan, gidroelektrostansiyalar: Ust`-Kamenogorsk va Buxtarma GESlaridir.
Turkmaniston Respublikasida ham neft va gaz zaxiralari yetarli. Gaz zaxiralari hajmiga ko`ra Turkmaniston MDHda Rossiyadan keyingi ikinchi o`rinda turadi. Shuning uchun ham mamlakatning asosiy sanoat tarmog`I, neftni qazib olish va qayta ishlash bilan bog`liq. Bu davlatda ham issiqlik elektrostansiyalarida, energiya ishlab chiqaradi.
A D A B I Y O T L A R R O` Y X A T I
I.A.Karimov. “O`zbekiston XXІ asr bo`sag`asida, xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlariva taraqqiyot kafolotlari” T., “O`zbekiston” 1997.
I.A.Karimov. “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, T., “O`zbekiston” 1998.
I.A.Karimov. “O`zbekiston XXI asrga intilmoqda” T., “O`zbekiston” 1999.
G.R.Asanov., M.Nabixonov., I.Safarov. “O`zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi”. T., “O`qituvchi” 1994.
Z.M.Akramov., A.A.Rafiqov. “Прошлое, настоящее и будущее Аральского моря”. T., “Mehnat” 1990.
Dostları ilə paylaş: |