Ma’ruza mavzulari yuzasidan nazariy materiallar 1-mavzu. Oliy ta’lim tizimini isloh etish va pedagogika faninning zamonaviy kontseptsiyalari. Mashg’ulot rejasi



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə1/22
tarix24.10.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#118560
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
1-2-MA~1


MA’RUZA MAVZULARI YUZASIDAN NAZARIY MATERIALLAR


1-MAVZU. OLIY TA’LIM TIZIMINI ISLOH ETISH VA PEDAGOGIKA FANINNING ZAMONAVIY KONTSEPTSIYALARI.
Mashg’ulot rejasi:
1. Oliy ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya jarayonini modernizatsiyalash yo’nalishlari.
2. Pedagogik kontseptsiyalarning umumiy tavsifi, mazmuni va mohiyati.
3. Oliy ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning kontseptual asoslari.


Tayanch iboralar: Ta’lim-tarbiya, oliy ta’lim, modernizatsiya, standart, sifat, kontseptsiya, ta’lim kontseptsiyasi, insonparvarlik pedagogika, tamoyil, qoida, yaxlitlik, tabaqalashtirilgan yondashuv, insonparvarlik, muhitli yondashuv, faoliyatli yondashuv.


Mustaqil ta’lim: Pedagogika fanining rivojlanish tarixi va taraqqiyot bosqichlarini o’rganish.



  1. Oliy ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya jarayonini modernizatsiyalash yo’nalishlari

Har bir xalq, har bir millatning ertangi kuni bugun voyaga yetayotgan avlod taqdiri bilan uzviy bog’liqdir. SHu nuqtai nazardan aytganda, mamlakatimizda o’tgan davr mobaynida ta’lim tizimini rivojlantirishga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilib, o’g’il-qizlarimizning jahon andozalariga mos sharoitlarda bilim olishini, jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk insonlar bo’lib ulg’ayishini ta’minlash, qobiliyat hamda iqtidorini, intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi.
Eng avvalo, Konstitutsiyamizda fuqarolarimizning sifatli ta’lim olishiga oid huquqlari mustahkamlab qo’yildi. Ana shundan kelib chiqib, o’tgan yillar davomida ta’lim tizimini isloh qilishga qaratilgan bir qator huquqiy hujjatlar qabul qilindi. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun hamda ta’lim jarayoni bilan bog’liqlikda qabul qilingan barcha me’yoriy-huquqiy hujjatlar mazmunidagi islohotlarning hayotga izchil tatbiq etilishi natijasida ta’lim muassasalarining qiyofasi ko’rkamlashib, ularning moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi.
Ta’lim jarayoni bilan bog’liq muhim muammolardan biri bu ta’lim mazmunini belgilash va unga doir yondashuvlarni tanlab olish hisoblanadi. SHunga ko’ra ta’lim mazmunini qayta ko’rib chiqib, zamon va istiqbol talablariga uyg’unlashtirish (modernizatsiyalash) zururiyati kelib chiqadi. O’zbek tilining izohli lug’atida “Modernizatsiya” tushunchasiga – “zamonaviy talab va didga moslab o’zgartirish; zamonaviylashtirish” – deb izoh berilgan.
Ta’lim-tarbiya jarayonini modernizatsiyalash deganda –

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin