ma’ruza: soat 5-mavzu



Yüklə 55,02 Kb.
səhifə1/2
tarix30.03.2022
ölçüsü55,02 Kb.
#115047
  1   2
5-маъруза


5 – MA’RUZA: 2 SOAT

5-MAVZU. Tugatilgan rangtasvir asarini bajarishda gʻoya va kompozitsiyaning oʻrni va ahamiyati (P.P.Rubens «Breda qal’asi», A.Ivanov «Isoning xalqqa koʻrinishi», J.Umarbekov «Ongli inson»).
Mavzu rejasi:

1. Kompozitsiyaning ikkita koordinat orqali (vertikal va gorizontal) rivojlanishi.

2. Hajm-fazoviy kompozitsiyalari.

3. “O1tin kesim» kompozitsiya usuli.
Adabiyotlar:

1.) Abdirasilov S.F., Tolipov N.X. «Rangtasvir». Oʻquv qoʻllanma «Ilm Ziyo»- Toshkent, 2019

2.) Tojiyev B., Isaxajiyeva N. Qalamtasvir, rangtasvir va kompozitsiya asoslari. Oʻquv qoʻllanma «Sharq», 2006

Tavsiya etiladi:

1.) Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent, «Oʻzbekiston», 2017 yil.

2.) Nurtayev U.N. «Rangshunoslik asoslari». Oʻquv qoʻllanma. «Ilm Ziyo», 2008.

3.) Salpinkidi Ya.P. «Rabota nad obnajennoy modelyu». TDPU T. 1996


MAVZUNING MATNI
U yaxlitlik, mutanosiblik, oʻlchamlar muvofiqligi, muvozanat, birlik va uzviylikdir. Bular orqali rassom ishning sifat darajasini ta’minlaydi. Rassom kompozitsiya tamoyillarini ustalik bilan qoʻllab, har tomonlama yutuqqa erishadi, kompozitsiya bekam-koʻst boʻladi.

Ma’lumki, kompozitsiya tamoyillari uch xil koʻrinishda namoyon boʻladi: frontal, hajm-fazoviy va chuqurlik-fazoviy kabilardan iborat. Bulardan birinchisining belgisi – kompozitsiyaning ikkita koordinat orqali (vertikal va gorizontal) rivojlanishini bildiradi. Unda uchinchi koordinati – chuqurlik, ikkisiga boʻysun-gan holatda ishtirok etadi. Bunday kompozitsiya amaliy bezak kompozitsiyalarida koʻp qoʻllaniladi. Hajm-fazoviy kompozitsiyalarida esa shakllar uch oʻlchamli holatlarda yaratiladi. Ular har tomondan turib, aylanib koʻrishga moijallangan boʻlib, haykaltaroshlikda qoʻllanadi. Chuqurlik – fazoviy kompozitsiya predmetlarni kartina tekisligida tasvir etishda qoʻllanadi va dastgohli rangtasvirda foydalaniladi.

Tarixdan ma’lumki oʻtmishning ulugʻ rassomlari kompozitsiya masalalariga juda jiddiy yondashganlar va oʻz asarlarini yaratishda umumqoida boʻlib qolgan tamoyillarga amal qilganlar. Kompozitsiyaning “vertical», “gorizontal», “doiraviy», “kvadrat», “burchak» va boshqa koʻrinishlarini qoʻllab yuksak natijalarga, goʻzal ifodaviylikka erishganlar. “O1tin kesim» kompozitsiya usulidan unumli foydalanish har sohada qoʻl kelgani ham ma’lum.

Kompozitsiya tuzishga mohir boʻlgan va uni oʻz asarlarida mukammal darajaga olib kelgan moʻyqalam ustalari: Leonardo da Vinchi, Mikelandjelo, A. Dyurer, J.D. Engr, P. Rubens, Rafael, A. Ivanov, K. Bryullov, I.E. Repin va boshqalardir. Oʻzbek rassomlaridan tasviriy san’atning turli tur va janrlarida ijod qilgan va hozirgi paytda ajoyib asarlar yaratib kelayotgan musavvirlardan: Oʻ. Tansiqboyev, I. Ikromov, Z. Inogʻomov, Ch. Ahmarov, X. Husniddinxoʻjayev, A. Abdullayev, M. Nabiyev, R. Ahmedov, R. Choriyev, I. Jabborov, A. Boymatov, J. Umarbekov, Sh. Abdurashidov, Gʻ. Abdurahmonov, A. Mirzayev, S. Abdullayev, A. Ikromjonov, B. Jalolov, A. Nuritdinov, O. Qozoqov va boshqa koʻplab ijodkorlarni bemalol kompozitsiya ustalari deb atashimiz, ularning asarlarini ijobiy jihatlarini tahlil qilib, ibrat olishimiz mumkin, bu albatta oʻquv-mashqlarni bajarishda nazariy asos vazifasini oʻtaydi.

Ma’lumki, narsalar katta masofada hajmliligini, relefligini yoʻqotib siluetli tekislik xarakteriga ega boʻladi. Old koʻrinishdagi narsalar ancha hajmli, soya-yorugʻi kontrast boʻlib koʻrinadi. Yaqinda joylashgan yashil dala masofa uzoqlashgan sari yashil rangdor boʻyogʻi asta-sekin moviyga oʻtadi. Olisdagi toʻq narsalar ochroq va koʻkimtir boʻlib koʻrinadi. Quyosh nurida bulutlar va uzoqdagi qorli togʻ choʻqqilari ham qizil toʻqsariq ranglarga kiradi.

Tuman, chang yoki tutun bilan toʻyingan fazoda narsalarning siluet aniqligi pasayadi. Toza havoda masofadagi shaklning aniq tashqi koʻrinishining ozigina oʻzgaradi.

Old koʻrinishlarni tasvirlashda narsalarning shaxsiy ranglari uzoqdagilarda esa – shartli rang muhim oʻrinni egallaydi. Havoyi muhitda shartli ranglar narsalarni uzoqlashtiradi va aksincha, shaxsiy narsalarning rangi ularni xuddi old koʻrinishga olib kelayotganday tuyuladi. Ish jarayonida old koʻrinishga biron-bir narsani «yaqinlashtirish» zaruriyati boʻlsa uncha lokallik (narsa) mohiyatini rangga qaratish lozim. Etyudning qandaydir qismini «uzoqlashtirish» zaruriyati tugʻilsa unda shartli ranglarni qoʻllash kifoya.

Fazoviy sifatlarni aniqlashda zarur mashqlar boʻlib mavzuli manzarani ochiq fazoviy olislari bilan tasvirlash, masalan, togʻlardagi koʻp koʻrinishli dara yoki egri-bugri ariqli vodiy va old koʻrinishda daraxtli oʻrmon va bir necha daraxtlar koʻrinishi bilan oʻtloq (koʻkalamzor) xizmat qiladi.

Uzoq koʻrinishdagi och-toʻqligi va rang tusini toʻgʻri aniqlash uchun hammasini yaxlit koʻrib mayda qismlarga e’tibor bermasdan qarash muhimdir. Faqat shundagina old, oʻrta va olis koʻrinishdagi rang farqlarini toʻgʻri aniqlab tasvirlash mumkin.

«Havoni tasvirlashda, – deydi A.A. Deyneka – ayniqsa old koʻrinishni uzoqdagiga nisbatan munosabatlarini aniqlab va toʻgʻri yetkazilishi muhimdir, shundagina rangtasvir oʻz yechimini topadi, asarda havoyi muhit holatini toʻgʻri tasvirlashga erishiladi».

Plener rangtasvirining boshlangʻich ta’lim bosqichida qisqa vaqtli va uzoq davomli etyudlar bajariladi.

Keyinchalik esa manzara etyudlari ishlash jarayonida tabiatning nozik holatini tasvirlashga harakat qilish zarur.

Tasvirlash mobaynida rassom tabiatning nozik oʻzgarishlarini kuzatar ekan oʻz hissiyotini boʻlajak asarda koʻrsatishga harakat qiladi.

Demak, naturada asosiy rang dogʻlarni umumiy va katta rang munosabatlarini toʻgʻri topish va mohirona tasvirlay olish rangtasvirning muhim asosidir. Shular asosida manzara obyektlarining mayda boʻlaklarining nozik farqlanishlari amalga oshiriladi. Tabiat boʻyoqlari haddan tashqari rang-barang. Oʻt-oʻlanlar, koʻkat va daraxtlar yashil rangda. Lekin tabiatdagi bu ranglar turli-tuman tuslarga ega. Oʻtloqda oʻsayotgan maysalar, kuzgi bugʻdoy ekinlari, sabzavotlar, daraxtlarni har xil turlari – hammasi ham oʻziga xos yashil rangdagi tusga ega. Tabiat oʻta nozik, ana shu oʻziga xos xususiyatlarni manzara etyudida tasvirlay bilish rassomdan juda katta bilim, malaka va tinmay izlanishni talab etadi.




Yüklə 55,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin