Matematik kecha ssenariysi Tadbir maqsadi



Yüklə 30,95 Kb.
səhifə2/7
tarix31.12.2021
ölçüsü30,95 Kb.
#112912
1   2   3   4   5   6   7
2 5215466589549236552

1–boshlovchi: Kemamiz maktab, ulkan dengiz fan

Sizdir muallim bizning kapitan

Fan dengizidan olg’a mardona

Boshlaysiz bizni bo`lib parvona.



2–boshlovchi: Daryolar toshar bahor kelganda.

Mehrimiz jo`shar sizni ko`rganda.

Orzuimizga qanoat bo`lgaysiz

Buyuk parvozga bizni chorlaysiz.



1–boshlovch: Assalomu Alaykum, qalbi qaynoq, mehri daryo aziz va muhtarama o`qituvchilar. Bugungi qiziqarli “Matematika va sport” nomli kechamizga xush kelibsizlar.

2–boshlovchi: Bugungi kechamiz bejizga “Sport va matematika” deb nomlanmaydi. Chunki fizkultura va sport tanamizni va barcha a`zolarimizni chiniqtirsa, qomatimizni chiroyli qilsa, matematika aqlimizni charxlaydi, fikrimizni o`stiradi va ulug` maqsadlar sari yetaklaydi.

1–boshlovchi: Matematika yaxshi o`zlashtiradigan o`quvchi hamma fandan a’lochi bo`ladi, chunki “sog` tanda - sog`lom aql deb bejiz aytilmaydida-da.

2–boshlovchi: Bugungi kechamizni 4a-sinfining “Chaqqonlar” va 4b-sinfining “Epchillar” guruhlari kuch sinashadilar. Hozir guruhlar tabrigini ko`ramiz. Navbatni 4a-sinfning “Chaqqonlar” guruhiga beramiz.

-Go`zal Xorazmdan

Ma’mun elidan.

Xorazmiy, Beruniy avlodlaridan

Men sizga keltirdim otashin salom.

Qo`lim ko`ksimdadir salom-assalom.

-Assalom davraning siz aziz mehmonlari,

Assalom ilmu fanning sohibu davronlari.

Assalom mo`tabar murabbiy ustozlar,

Assolom 4b-sinf zukko o`g`il qizlari.

-Bizning guruh “Chaqqonlar”

Bizning shior: A’lo o`qib olim bo`lmoq.

Vatanimga xizmat qilmoq.

Izoh: Guruh a’zolari “Matematika” so`zidagi har bir harfga doir she’r aytishadi va sahnada Matematika so`zi paydo bo`ladi.

Ming yil avval ham mashhur

Bo`lgan bizning bobolar

Har bir fanda tengi yo`q

Nom qozongam daholar.

Al-Xorazimiy, Al-Beruniy hazrat bizga

Ulug`beku, Al-Farg`oniy davlat bizga

Manguberdi, Temur bobo davlat bizga.

Ona xalqim, dona xalqim bizga ishon.

Temurxon naslidin Sulton Ulug`bek

Ki olam ko`rmadim sulton aningdek

Oning abnoi jinsi bo`ldi barbod

Ki davr ahli biridin aylamas yod.

Yelkangga bosh qo`ysam, qucholsam qani

Boshingda baxt bo`lib, ucholsam qani

Har qanday xoru-xasdan asraymiz seni

Vatan bizga ishon, ishongil Vatan.

Matematika fanlar podshosi

Har ish, har sohada ko`rsatar o`zin

Eslatay qomusning durdona so`zin

Hisob-kitob ochmish aqlning ko`zin.

Asrlar ortidan kelar asrlar

Unut bo`lar o`tmish zamon ko`p sirlar

Ammo yaratilgan fan asoslarin

Asrdan-asrga eltar nasllar.

Turli jumboqlarga javob izlaysiz

Olam sirlarini bizlar yechajak

Ilm-u-ma’rifatga bo`lmoq istaymiz

Bizni Vatan kutar, kutar kelajak.

Ishonch bilan o`rganib bu buyuk Vatanni

Donolar donosi bo`lgay agar kim

Fanga bag`ishlasa jon birla tanni

Kompyuter savodi quyosh yoymoqda chunon

Qancha-qancha muammo hal etilgay ushbu on

Matematika fani yuksalmoqda kun sayin

Bo`limlari xilma-xil qay birini aytayin.

Ayniyat fomulangni o`rganamiz tez oson

Lekin iks igreking o`ylatadi har qachon

Ta`rif teoremani yodimizda saqlaymiz

A’lo o`qib ustozlar ishonchini oqlaymiz.


Yüklə 30,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin