Mavzh: O'zbekistonda paxtachilik soxasini rivojlantrish Reja: Kirish



Yüklə 147,63 Kb.
səhifə1/3
tarix11.11.2023
ölçüsü147,63 Kb.
#132031
  1   2   3
O\'zbekistonda paxtachilik soxasini rivojlantrish


Mavzh: O'zbekistonda paxtachilik soxasini rivojlantrish
Reja:
Kirish
2.O'zbekistonda paxtachilik soxasini rivojlantrish.

  1. O'zbekistonning boshqa davlatlar bilan paxtani ipirt va ekspirt qilish jarayonlari.

  2. Paxta yetishtirishni ko‘paytirish va yangi texnologiyalarni qo‘llash.

  3. O‘zbekiston paxtachilik sohasi vakillari delegatsiyasining boshqa davlatlar bilan aloqasi

Xulosa
Foydalangan adabiyotlar
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi: 24 oktabr kuni 13-Xalqaro o‘zbek paxta va tekstili yarmarkasiga start berildi. Tadbir doirasida Jahon banki guruhining a'zosi bo‘lmish Xalqaro moliya korporatsiyasi O‘zbekistonda paxta tolasini barqaror ravishda yetishtirishni rivojlantirish bo‘yicha o‘z loyihasining dastlabki natijalarini bozor ishtirokchilariga taqdim etdi. Loyiha Vengriya hukumatining moliyaviy ko‘magida amalga oshirilmoqda.
Dastlabki 7 oy mobaynida loyiha doirasida fermer xo‘jaliklarida paxtani barqaror ravishda yetishtirish standart tizimini joriy etish uchun infratuzilma ishlab chiqildi va u sinov tariqasida joriy etildi.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnologiyalari diagnostikasi amalga oshirildi. Paxtachilik samaradorligini oshirish va mexanizatsiyalashni joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, "O‘zbekengilsanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Kasaba uyushmalari federatsiyasi hamkorligida XMK butun mamlakat bo‘ylab paxtani barqaror ravishda yetishtirish standartlari tizimini joriy etishda davom etadi.
Tanzila Norboyeva, O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi: 
"Xalqaro moliya korporatsiyasining mazkur loyihasi O‘zbekiston hukumatining paxta tolasini yetishtirishda va hosilni terib olishda strategik vazifalarni amalga oshirishiga yordam beradi. Loyiha tufayli O‘zbekiston paxtachilikda ilg‘or amaliyotlarni sinab ko‘radi va natijada, fermerlar va to‘qimachilik korxonalarining qisqa muddatlarda xalqaro standartlarga javob berish imkoni paydo bo‘ladi".
Ilhom Xaydarov, "O‘zbekengilsanoat" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi:
"O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish dasturiga muvofiq, 2020 yilga qadar
korxonalarning salohiyati respublikada yetishtirilayotgan paxta tolasini to‘liq qayta ishlashga imkon beradi. To‘qimachilik mahsulotlarini qabul qilingan xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqarish bilan bir qatorda paxta xom ashyosini barqaror ravishda yetishtirish ham muhim ahamiyatga ega. Fermerlar bilan birgalikda paxtani to‘qimachilik korxonalari uchun ishlab chiqarish o‘zbek mahsulotlarini yirik xalqaro bozorlariga kirib borishiga yordam beradi".
Tatyana Lozanskaya, XMKning sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi konsalting xizmatlari rahbari:
"Xususiy sektorning barqaror ravishda rivojlanishga ko‘maklashish
XMKning strategik maqsadi hisoblanadi. O‘zbekistonda paxtachilik sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyihamiz O‘zbekiston xususiy sektorining mamlakat iqtisodiyotidagi rolini oshirishga yo‘naltirilgan jarayonlarni jadallashtiradi. Paxtani yetishtirishda ilg‘or tajribalarni joriy etish, shuningdek, o‘zbek paxta tolasi va to‘qimachilik mahsulotlarining global raqobatbardoshligini
oshirish imkonini beradi."
Peter Santo, Vengriyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi: 
"Ushbu loyiha orqali O‘zbekiston iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash yordamida Vengriya va O‘zbekiston o‘rtasidagi sheriklik munosabatlarini va hamkorlikni mustahkamlashga umid qilamiz".


Yüklə 147,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin