Mavzu : Ikkilamchi elektr ta’minoti manbalariga qo‘yiladigan talablar.
Ikkilamchi elektr ta’minot manbalari elektr ta’minot tizimlari yoki birlamchi ta’minot manbalaridan olingan energiyadan foydalanadigan radioelektron apparatlarning funksional uzellari yoki tugallangan qurilmalar ko‘rinishida bo‘ladi va radioapparaturaning ikkilamchi elektr ta’minotini tashkil qilish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Ikkilamchi elektr ta’minot manbalari quyidagi parametrlari bo‘yicha turlarga ajratiladi: 1.Tarmoq zanjirining turi bo‘yicha:
a) bir fazali o‘zgaruvchan tokda ishlaydigan ta’minot manbai;
b) uch fazali o‘zgaruvchan tokda ishlaydigan ta’minot manbai;
d) mustaqil o‘zgarmas tokda ishlaydigan ta’minot manbai.
2. Yuklamadagi kuchlanish bo‘yicha:
a) past kuchlanishli ta’minot manbai (100 V gacha);
b) o‘rta kuchlanishli ta’minot manbai (100 V dan 1000 V gacha);
d) yuqori kuchlanishli ta’minot manbai (1000 V dan yuqori).
3. Yuklama quvvati bo‘yicha:
a) kam quvvatli ta’minot manbai (100 Vt gacha);
b) o‘rta quvvatli ta’minot manbai (100 Vt dan 1000 Vt gacha);
d) yuqori quvvatli ta’minot manbai (1000 Vt dan yuqori).
4. Yuklamadagi tok turi bo‘yicha:
a) chiqish toki o‘zgaruvchan ta’minot manbai;
b) chiqish toki o‘zgarmas ta’minot manbai;
d) chiqish toki o‘zgaruvchan va o‘zgarmas ta’minot manbai.
5. Chiqishlar soni bo‘yicha:
a) bir kanalli ta’minot manbai, o‘zgaruvchan yoki o‘zgarmas tokli bitta
chiqishga ega;
b) ko‘p kanalli ta’minot manbai, ikki va undan ko‘p chiqish kuchlanishiga
ega.
6. Yuklama kuchlanishining stabilligi bo‘yicha:
a) stabillashtirilgan ta’minot manbai;
b) stabillashtirilmagan ta’minot manbai.
Stabillashtirilgan ta’minot manbai o‘zining tarkibida kamida bitta kuchlanish
(tok) stabilizatoriga ega bo‘ladi, va quyidagilarga bo‘linadi:
a) kuchlanishni stabillash xarakteri bo‘yicha:
- uzluksiz rostlanuvchi ta’minot manbai;
- impulsli rostlanuvchi ta’minot manbai. b) teskari bog‘lanishning xarakteri bo‘yicha: - parametrik ta’minot manbai; - kompensatsiyalovchi ta’minot manbai; - kombinatsiyalashgan ta’minot manbai. d) chiqish kuchlanishining stabillash aniqligi bo‘yicha: - chiqish kuchlanishi past stabillangan ta’minot manbai (chiqish kuchlanishining nostabillik darajasi 2 – 5 %); - chiqish kuchlanishi o‘rtacha stabillangan ta’minot manbai (nostabillik darajasi 0,5 – 2 %); - chiqish kuchlanishi yuqori stabillangan ta’minot manbai (nostabillik darajasi 0,1 – 0,5 %); - pretsizionli ta’minot manbalarida nostabillik darajasi 0,1 % gacha.
Xulosa :
Ikkilamchi elektr ta’minoti manbaalari bu elektronika (radioelektronika) ning ajralmas bir qismi bo’lib radioapparaturalar uchun ikkilamchi elektr ta’minotini ta’minlab beruvchi manbaa hisoblanar ekan .