Mavzu : Xalqaro Kapital bozori (moliyaviy bozor) va uning rivojlanish asoslari



Yüklə 37,23 Kb.
səhifə1/8
tarix26.04.2023
ölçüsü37,23 Kb.
#125859
  1   2   3   4   5   6   7   8
Sultonov Asadbek.Glabol iqtisodiyot


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI IJTIMOIY-IQTISODIY FAKULTET
IQTISODIY TA’LIM VA TURIZM KAFEDRASI
«GLOBAL IQTISODIY RIVOJLANISH»
fanidan
KURS ISHI

Mavzu: _______________________________________________

_______________________________________________________

Bajardi: _______ __________guruhi talabasi _________________

Kurs ishi himoya qilingan sana “____” __________2022y.

Baho “_____” ___________

Ilmiy rahbar: __________ ____________________ (imzo) (ismi sharifi)

Komissiya a’zolari: __________ ____________________ (imzo) (ismi sharifi) __________

____________________ (imzo) (ismi sharifi)

Urganch – 2022 yil



MUNDARIJA:
Kirish.
I-bob. JST(Jahon savdo tashkiloti) O'zbekiston a'zo bòlishi kerakmi?
I.1 JST haqida tushuncha.
I.2 JST vazifasi va unga a'zo davlatlar.
II- bob. JST a'zo bolish uchun O'zbekistonning nima ishlarni qilishi kerak
II.1 Òzbekiston nega shu paytgacha bu tashkilotga a'zo bolmadi.
II.2.JST a'zo bòlish O'zbekistonga nima beradi.
III- bob. JST a'zo bòlishning O'zbekistonga salbiy va ijobiy tomonlari.
III.1 JST a'zo bòlishning O'zbekistonga salbiy tomonlari.
III.2 JST a'zo bòlishning O'zbekistonga ijobiy tomonlari.
IV-Xulosa.
V-Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Hozirda Jahon savdo tashkilotiga 164 davlat a’zo va ushbu mamlakatlar hissasiga global savdo va jahon yalpi ichki mahsulotining qariyb 98 foizi to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston ham tashkilotga a’zo bo‘lish uchun 1994 yilda ariza bergan bo‘lsa-da, haligacha qabul qilinmagan. Bunga bir qancha omillar ta’sir ko‘rsatgan.Avvalo qayd etish lozimki, JST (WTO, ingl. World Trade Organization)ning asosiy maqsadlaridan biri oʻzini oʻzi himoya qilishni kuchaytirish va proteksionizm qoʻllanishini bekor qilishdan iborat. Mazkur tashkilot xalqaro tijorat uchun qulay huquqiy tizimni taqdim eta oladigan cheksiz imkoniyat eshigi. Oʻzaro qabul qilingan muhim hujjatlar davlatlarning oʻz savdo siyosatlarini kelishilgan mezonlarda olib borishlarida masʼuliyat yuklaydi. Bundan koʻzlangan maqsad — jahon bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishda tovarlar va xizmatlarni ishlab chiquvchilar, eksportyor va importyorlarga koʻmak berishdir.
Xalqaro savdoni liberallashtirish, savdo bitimlarining odilligini taʼminlash, iqtisodiy oʻsish va xalq farovonligini oshirish JSTning asosiy funksiyalari sirasiga kiradi. JST unga aʼzo boʻlgan mamlakatlardan ichki bozorni erkinlashtirishni qatʼiy talab qiladi. Ushbu vazifani bajarish esa unchalik oson kechmaydi. Sababi arzon va sifatli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi chet el korxonalariga raqobat qila olmagan milliy korxonalar tanazzulga uchrashi ayni haqiqatdir.
Shunday ekan, Oʻzbekiston uchun kutiladigan natija nima boʻladi? Albatta, har bir ishning samaradorligi oʻsha -davlat, muhitdagi yaratilgan sharoitlar va tayyorgarlik darajasiga chambarchas bogʻliq kechadi. Buning uchun:
— iqtisodiyotni erkinlashtirish va sanoat tarmoqlari baravar rivojlanishini tartibga solish;
— narx-navoni tartibga solish va maqbul soliq tizimini vujudga keltirish;
— alohida sektorlar va ishlab chiqarishda subsidiyalarni saqlash;
— tovarlarni standartlash va sertifikatsiya qilish tizimini tartibga solish;
— xorij sarmoyalari jozibadorligini oshirish;
— import va eksport boj toʻlovlari tarifini tartibga solish talab qilinadi.
Har bir davlatning bu tashkilotga aʼzo boʻlish jarayoni oʻrtacha 8 — 10, baʼzi davlatlar uchun esa 10 — 15 yilni tashkil etadi. Oʻzbekiston 1995-yilda ariza topshirgan boʻlishiga qaramasdan, faqat 2017-yildan boshlab, ijobiy siljish kuzatilyapti. Lekin ustuvor sohalarning boshqaruvi 30 yildirki, monopolistlarning qoʻlida turibdi. Masalan, transport sohasida yagona aviakompaniya, temir yoʻl kompaniyasi xohlagan narxini oʻrnatadi, jamiyat, -davlatchilik ular bilan samarali kurasha olmaydi. Bundan Oʻzbekiston iqtisodiyoti koʻp yildirki, aziyat chekmoqda.
Shuni ham taʼkidlash lozimki, dunyoning eng katta iqtisodiyot egalari — AQSH, Gʻarbiy Yevropa davlatlari, -Xitoy, Yaponiya kabi mamlakatlar JSTdan unumli foydalana oladi. Kichik davlatlar, jumladan, Oʻzbekiston ham bu imkoniyatlardan toʻliq foydalana olmasligi ularning umumiy resurslariga borib taqaladi. Mamlakatimizning JSTga aʼzoligi YEOIIning tartib-qoidalari va monopoliyasiga tushib qolmaslikning oldini oladi, deb hisoblaymiz. Ichki monopolistlardan qutulish muammosi hal boʻladi. Xalqaro darajada erkin raqobat tizimi oʻz-oʻzidan yaratiladi.

Yüklə 37,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin