Mavzu: Al-Hakim at-Termiziy ziyoratgohi



Yüklə 4,97 Mb.
tarix10.12.2023
ölçüsü4,97 Mb.
#139248
Презентация Microsoft PowerPoint

Mavzu: Al-Hakim at-Termiziy ziyoratgohi

Bajardi:Raximov Shaxriyor

Tekshirdi:Jo’rayev Muhriddin

@shaxriyor_raximov_official

Surxondaryo haqida gap ketganda, ko‘pchilik unga polvonlar yurti deya ta’rif beradi. Surxon vohasi nafaqat polvonlar yurti, balki ilm-fan tamadduniga munosib hissa qo‘shgan buyuk allomalar zamini hamdir.

  • Surxondaryo haqida gap ketganda, ko‘pchilik unga polvonlar yurti deya ta’rif beradi. Surxon vohasi nafaqat polvonlar yurti, balki ilm-fan tamadduniga munosib hissa qo‘shgan buyuk allomalar zamini hamdir.
  • Bir necha kun avval bir yumush bilan Surxondaryoga bordim. Termiz aeroportidan to‘g‘ri buyuk alloma Al-Hakim at-Termiziy qabri joylashgan ziyoratgohga yo‘l oldim. Ziyoratgoh shundoqqina Amudaryoning yoqasida qad rostlagan.
  • Bu dargohga ko‘p bor kelgan bo‘lsam-da, har safar yangi ishtiyoq bilan boraman. Mashinadan tusharkanman yuzimga Surxonning qaynoq taftiyu afg‘on shamolining epkinlari urilgandek bo‘ladi. Majmuaga kiraverishda har ikki tomondagi anvoyi gullar, atrofga ifori taralib turgan rayhonlar, lolayu turli-tuman daraxtlar ko‘zni quvnatadi. Kirish eshigining o‘ng tomonida sayyohlar uchun suvinerlar do‘koni, tahoratxona mavjud. Hammasi ajoyib.

Asosiy maqbara tomon yurib borilganda dastlab Termiz va termiziylar merosi tarixi muzeyiga duch kelasiz.

Muhammad ibn Ali Abu Abdalloh Al-Hakim at-Termiziy (824-892) – so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan, hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. Ma’lumot uchun, Al-Hakim at-Termiziy diniy va dunyoviy ilmlarni chuqur egallab, 400 dan ortiq asar yozgan. Bu asarlardan 50 tasigina bizgacha yetib kelgan, xolos. Ayniqsa, uning “Navro‘znoma” asari juda mashhur.

  • Muhammad ibn Ali Abu Abdalloh Al-Hakim at-Termiziy (824-892) – so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan, hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. Ma’lumot uchun, Al-Hakim at-Termiziy diniy va dunyoviy ilmlarni chuqur egallab, 400 dan ortiq asar yozgan. Bu asarlardan 50 tasigina bizgacha yetib kelgan, xolos. Ayniqsa, uning “Navro‘znoma” asari juda mashhur.
  • Biroz yurilgach, Al-Hakim at-Termiziy maqbarasi keladi. Tashqi ko‘rinishidan biroz odmidek ko‘rinsa-da, ichkaridagi ulug‘vorlik kishini hayratga soladi. Maqbaraning kiraverishi katta zaldan iborat bo‘lib, gumbaz ostidagi naqshinkor bezakli shift har qanday kishiga zavq bag‘ishlaydi. Bu yerdagi bezaklarda surxon uslubi aks etgan. Keyingi yirik xona esa Al-Hakim at-Termiziyning qabriga tutashgan.

Devorlar va shiftdagi bezaklarda Qur’on oyatlari bitilgan. Maqbaraning chap tomonida V-X asrga bir nechta oid chillaxonalar mavjud. Ushbu chillaxonalarning chuqurligi 15 metrgacha yetadi.

Bu yerdan qadimdan kasallarni davolash xonasi sifatida foydalanib kelingan. Negaki, janubning qaynoq jaziramasida ham ushbu g‘orsimon uychalarda havo salqin, qahratonda esa iliq bo‘lgan. Ba’zi manbalarga ko‘ra, bunday g‘orsimon uychalarda jazirama kunlarda go‘sht mahsulotlari saqlangan va u sovutgich vazifasini o‘tab bergan. Mana sizga innovatsiya.

Muxtasar aytganda, ziyoratgoh har qanday sayyohning bir marta kelish orzusidagi maskanga aylanib ulgurgan. Mana bu siz ko‘rib turgan so‘rilarda bu yerga kelgan mahalliy va xorijiy sayyohlar nafas rostlaydi, Amudaryo sohilining salqin havosiyu rayhonlarning betakror tarovatidan bahramand bo‘ladi.


Yüklə 4,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin