Asinxron dvigatelning aylantiruvchi momenti Asinxron dvigatelning aylantiruvchi momenti statorning aylanuvchi magnit maydoni rotor chulg‘ami o‘tkazgichlaridagi tok bilan o‘zaro ta'sirlashganda vujudga keladi. Shuning uchun aylantiruvchi moment statorning magnit oqimi Fm ga ham, rotor chulg‘amidagi tok I2 ham bog‘liq bo‘ladi. Biroq energiyani o‘zgartirish (aylantiruvchi moment vujud keltirish) jarayonida faqat mashina tarmoqdan iste'mol qiladigan faol quvvat qatnashadi. Natijada aylantiruvchi moment rotor chulg‘amidagi tok I2 gagina emas, balki uning faol tashkil etuvchisiga ham bog‘liq bo‘ladi, ya'ni FORMULA bu yerda f — rotor chulg‘amidagi EYUK va tok orasidagi faza burchagi.
Shunday qilib, asinxron dvigatelning aylantiruvchi momenti quyidagi ifoda bilan aniqlanadi,
bu yerda C — mashinaning konstruktiv doimiysi, u mashina qutblari va fazalari soniga, stator chulg‘ami o‘ramlarining soniga va chulg‘amning tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi.
Berilgan kuchlanish doimiy bo‘lganda dvigatel nagruzkasining har qanday o‘zgarishida magnit oqimi ham deyarli doimiy bo‘lib qoladi.
Sirpanish bilan birga rotor tokining chastotasi ham o‘zgaradi. Rotor qo‘zgalmas bo‘lganda (n2=0 va S=1), aylanuvchi maydon stator hamda rotor chulg‘amlari o‘tkazgichlarini bir xil chastota bilan kesib o‘tadi va rotordagi tokning chastotasi tarmoqdagi tokning chastotasiga teng bo‘ladi (ƒ2=ƒ1). Sirpanish kamayganda rotor chulg‘ami magnit maydonni kichikroq chastota bilan kesib o‘tadi, natijada rotordagi tok chastotasi kamayadi. Rotor maydon bilan sinxron tarzda aylanganda (n2=n1 va S=0) rotor chulg‘amining o‘tkazgichlari magnit maydonni kesib o‘tmaydi, natijada rotordagi tok chastotasi nolga teng bo‘ladi: ƒ2=0. Shunday qilib, rotordagi tok chastotasi sirpanishga proportsionaldir, ya’ni ƒ2=S ƒ1.
Foydalanilgan adabiyotlar 1. A.I.Xonboboyev, N.A.Xalilov “Umumiy elektrotexnika va elektronika asoslari” Toshkent 2000y 2. G.N. Aleksandrova “Teoriya elektricheskix apparatov” M.Energiya 1985g. 3. Rodshtyeyn L.A. “Elektricheskie apparat” Energiyoatomizdat 1989g. 4. Sh.T.Nasriddinov “Kon elektrotexnika” , “Konchilik korxonalarining elektr uskunalari” O’quv qo’llanma Toshkent 1995y.