Mavzu: “Bahor ta’rifida” (Yusuf Xos Hojib). Darsning maqsadi



Yüklə 56,57 Kb.
səhifə6/7
tarix01.01.2022
ölçüsü56,57 Kb.
#106485
1   2   3   4   5   6   7
4-sinf bahor tarifida
4-sinf bahor tarifida
Darsning turi: yangi bilim beruvchi dars.

Dars metodi: savol-javob,“Aqliy hujum” metodi, guruhlarda ishlash,”O‘rnini top?” ta’limiy o‘yini.

Dars jihozi: komyuter, kartochka va rasmlar, tarqatma materiallar, test, rag’bat kartochkalari.

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism.

O‘quvchilar o‘zbek va ingliz tilida salomlashadilar.



Salom shirin so‘zimiz

Salom deymiz o‘zimiz.

Odob bilan aytamiz,

Assalomu alaykum.

Kirish suhbati.

-Hozir qanday dars? (Hozir ona tili darsi.)

O‘qituvchi ona tili haqidagi she’r bilan darsni boshlaydi.

Ona tilim , jon tilim .

Sen o‘zingsan , jon dilim .

Yuragimning to‘rida

Sayrab turgan bulbulim

Sen borsan , men tirikman ,

Suyumliman,suyukman .

Men sen bilan ardoqli ,

Men sen bilan buyukman .

-Bugun sinfda kim navbatchi?( Navbatchi axboroti eshitiladi.)



O‘quvchilarning darsga tayyorgarligi nazorat qilinadi.

O‘qituvchi tomonidan dars nomi va dars shiori e’lon qilinadi.

O‘quvchilar guruhlarga bo‘linadi va nomlanadi. Guruhlarga har xil rangdagi konvert tarqatiladi. Konvert ichida rangli qog’ozdan qirqilgan turli shakldagi gullar solingan. Gullar soni 10-20 ta bo‘lishi lozim. Doskaning 4 ta qismiga A-4 qog‘oz yopishtirilgan bo‘lib, har bir guruh dars yakunigacha o‘z gulzorini yaratishi kerak.

Topshiriqlarga to‘g‘ri javob bergan o’quvchi o‘z guruhidagi konvert ichidan gulni olib doskadagi o‘z maydoniga yopishtirib qo‘yishi va obodonlashtirishga hissasini qo‘shishi mumkin.

1-guruh:«Ot»

Shaxs va narsaning nomiman,

Deyishadi meni ot,

So‘roqlarim Kim? Nima?

Men bilan ko‘ngillar shod.

2-guruh:«Sifat»

Narsaning belgisiman,

Katta-yu kichik, ko‘rkam,

Qanday, qanaqa so‘rog’im,

Latofatga makon qalbim.

3-guruh:«Son»

Sonning asli nomini,

Narsaning son-sanog‘ini

Gohida tartibini ,

Anglataman barini.


Yüklə 56,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə