Mavzu: Bozor sharoitida korxonalarning shakillanishi. Reja



Yüklə 82,22 Kb.
səhifə1/9
tarix02.12.2023
ölçüsü82,22 Kb.
#137113
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-Mavzu


  1. Mavzu: Bozor sharoitida korxonalarning shakillanishi.

Reja:

    1. Korxona bozor iqtisodiyotining xo’jalik sub’ekti sifatida,uning maqsadi va vazifalari.

    2. Korxonani boshqarishning o’ziga xos xususiyatlari.

    3. Korxonani tashkil etish va davlat ro’yxatidan o’tkazish.

    4. Korxona tuzilmasi va uni belgilovchi omillar.



Tayanch iboralar:
Korxona, korxona turlari, ishlab chiqarish, nizom, nizom jamg’armasi, korxonaning ichki muhiti, korxonaning tashqi muhiti, kichik korxona, mikrofirma, kontsern, konsortsium, korporatsiya, kartel’, sindikat, trest, xolding, ishlab chiqarish, tashkilot, rasmiy tashkilot, norasmiy tashkilot, gorizontal mehnat taqsimoti, vertikal mehnat taqsimoti, boshqaruv, ichki o`zgaruvchilar, tashqi muhit, ijtimoiy ishlab chiqarish, ixtisoslashtirish, yiriklashtirish, kombinatsiyalashgan, optimal ishlab chiqarish, tarmoq, tamoyil.


2.1.Korxona bozor iqtisodiyotining xo’jalik sub’ekti sifatida, uning maqsadi va vazifalari.
Inson ehtiyojlarini qondirish uchun o’z taraqqiyotining qandaydir tarixiybosqichida ehtiyojni qondiruvchi resurslarni ishlab chiqaruvchi, yaratuvchi, o’zfaoliyati doirasida yer, kapital, mehnat, tadbirkorlik, talant va boshqa vositalardanfoydalanuvchi va ularni
yaratuvchi korxonalarni tashkil qilgan.
Haqiqatda olganda korxona tovarlar va xizmatlar ishlab chiqaradi, ularnitashish, saqlash, sotish kabi ish va xizmatlarni amalga oshiradi, hamda tadbirkorlikfaoliyati bilan shug’ullanadi.
Korxona insoniyatni ehtiyojlarini qondirish uchun vujudga kelganjamiyatning
birlamchi va asosiy bo’g’inidir.
Korxonaning, mohiyati ham yuqoridagilardan kelib chiqadi.
Ijtimoiy ishlab chiqarish ishlatiladigan resurslarni turlari, ishlabchiqariladigan mahsulotlar, tovarlar va xizmatlar jihatlariga qarab tarmoqlargabo’linadi. Masalan: og’ir sanoat, yengil sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, aloqa,savdo, har xil xizmat ko’rsatish tarmoqlari kabilar. Tarmoqlar esa korxonalar vaularni birlashmalarini o’z ichiga oladi.
Korxonaning asosiy maqsadini ikki yo’nalishdan iborat ekanligini ta’kidlashzarur. Birinchisi foyda yoki daromad olish uchun faoliyat yuritishligi bo’lsa,ikkinchisi talabni (ehtiyojni) qondirishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Chunki bumaqsadlarni har biriga erishish ikkinchisisiz amalgaoshmaydi.




Yüklə 82,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin