Mavzu: Dehqonchilikda kompleks va mikroo’g’itlarni qo’llash Reja: Kompleks o’g’itlar va ularning turlari



Yüklə 40,07 Kb.
səhifə1/9
tarix05.04.2023
ölçüsü40,07 Kb.
#124862
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Dehqonchilikda kompleks va mikroo’g’itlarni qo’llash


Mavzu: Dehqonchilikda kompleks va mikroo’g’itlarni qo’llash
Reja:

  1. Kompleks o’g’itlar va ularning turlari

  2. Mikroo’g’itlar ularning dehqonchilikdagi ahamiyati.

  3. Kompleks o’g’itlarning oddiy o’gitlardan afzaliklari va kamchiliklari

  4. Xulosa

  5. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Kompleks o’g’itlar va ularning turlari
Kompleks o 'g 'itlar deb, ikki, uch va undan ko'proq oziq elementlarini: azot, fosfor, kaliy, magniy va mikroelementlarning ma’lum nisbatda va xilma-xillikda saqlovchi o‘g‘itlarga ayliladi. Ularni ikki elementli (fosforli-kaliyli, azotli-fosforli, azotli-kaliyli komponentdan iborat bo'lgan) va uch elementli (azotli-fosforli-kaliyli) larga bo'linadi. Olinish uslublariga qarab kompleks o'g'itlar murakkab, murakkab-aralash va aralash hamda agregat holati bo‘yicha esa qattiq va suyuq holatdagi xillarga bo'linadi. Murakkab o'g'itlar yagona kimyoviy jarayonda ammiak, fosfat, nitrat, sulfat kislotalar, suyuq ammoniy, nitrat, fosforit yoki appatit, kaliyli tuzlar va boshqa xomashyo komponentlardan olinadi, kamida ikki oziq elementlaridan tashkil topgan o'g'itlar hisoblanadi. Murakkab-aralash o'g'itlarni tayyor oddiy o'g'itlarga suyuq va gazsimon mahsulotlarni singdirib olinadi. Murakkab-aralash o'g'itlarni oddiy superfosfatni ammonizatsiyalash yo'li bilan yoki nitrat kislotali yoki kaliyli tuzlarga fosfat yoki sulfat kislota qo'shib olinadi. Aralash o'g'itlarga ikki yoki undan ko'proq oddiy o'g'itlarni aralashtirish yo'li bilan olingan o'g'itlar kiradi. Komleks o'g'itlar ishlab chiqarishning ko'p texnologik jarayonlarini to'rtta guruhga umumlashtirish mumkin: 1) murakkab o'g'itlarni fosfat va polifosfat kislotalari asosida olish; 2) fosfat va polifosfat kislotalar asosida suyuq komleks o'g'itlar tayyorlash; 3) tabiiy fosfatlarni nitrat kislota asosida parchalab, qattiq murakkab o'g'itlar olish; 4) aralash va murakkab-aralash o'g'itlar olish. Oziq moddalarni yuqori konsentratsiyasi va bir yo'la bir necha xil oziqa elementlarini bo'lishi komleks o'g'itlarning ustuniigini belgilaydi. Masalan, ammofos, diammofos, ammoniylashgan superfosfat, kar- boammofos, nitrofoslar ikkitadan oziqa moddasiga ega; nitrofoska, nitroammofoska, karboammofoskalar-uchtadanga ega. Ba’zi murakkab o‘g‘itlar tarkibiga mikroelementlar ham kiradi. Hisoblar shuni ko'rsatadiki, oddiy o‘g‘itlardan 2—3 marta alohida foydalanish, ularni tayyorlash va tuproqqa solishdagi xarajatlarni kompleks o'g'itlarga nisbatan 1,5—2 martaga oshirar ekan. Buni ustiga ko'pincha oziqa moddalarining optimal nisbati ham buziladi. O'g'itlarda oziq elementlarining miqdorini 10% ga oshishl transport uchun 5 mln tonna/kilometr iqtisod qilish imkoniyatini yaratadi. Tajri- balar shuni ko'rsatadiki, azot, fosfor va kaliy bilan oziqlanishni alohida amalga oshirilsa, birgalikda solishga nisbatan (alohida, ildiz tizim i orqali) makkajo'xori yomon rivojlanadi va ildiz tizimi orqali P20 5 ni kam o'zlashtiradi. Fosforni azot va kaliylar bilan birgalikda solganda, lining o'simliklar tomonidan o‘zlashtirilishiga oid dastlabki tajribalarning ijobiy hulosalari kompleks o'g'itlar bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida ham tasdiqlangan. Kompleks o‘g‘itlardan foydalanish ildiz tizimi tomonidan oziq moddalarini yaxshiroq o‘zlashtirilish darajasini kuchaytiradi. Murakkab o‘g‘itlardan foydalanish o'simliklarning oziqa moddala- riga bo'lgan talabini qondirib qolmay, balki tashish, omborxonalar qurilishi, ortish, tushirish va tuproqqa solish ishlariga mexanizatsiya vositalarini ishlatish bilan bog'liq xarajatlarni iqtisod qilish imkonini beradi. Har xil turdagi kompleks o'g'itlarni ekvivalent oddiy o‘g‘itlar bilan solishtirish shuni ko'rsatadiki, almashlab ekishda qatnashgan ham m a ekinlarning rivojlanishi va hosilining shakllanishiga komleks o'g'itlarning ijobiy ta’siri ko'proq bo'lar ekan. Ko'p tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko'ra, ko'p hollarda kom pleks o'g'itlar oddiy o'g'itlarga nisbatan qishloq xo'jalik mahsulotlarining sifatiga ko'zga tashlanarliroq ta’sir ko'rsatadi. Kompleks o'g'itlarda oziq moddalarining o'zaro nisbati qanday bo'lishi kerak? Taj riba natijalarini umulashtirish asosida bu ma’lumotlar 56-jadvalda keltirilgan.

Yüklə 40,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin