Mavzu: Dezadapta tsiya vauningo ' smir xulqida namoyon bo'lishi


Ona va o‘g‘il bola tarbiyasi



Yüklə 29,02 Kb.
səhifə4/7
tarix31.12.2021
ölçüsü29,02 Kb.
#112749
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Dezadapta tsiya vauningo ' smir xulqida namoyon bo'lishi
Mavzu Dezadapta tsiya vauningo ' smir xulqida namoyon bo'lishi
Ona va o‘g‘il bola tarbiyasi

— O‘g‘lim 14 yoshga kirdi. Har bir gapimga kiradi, faqat… o‘g‘irlik qiladigan odat chiqargan. YAqinda qo‘shnimnikidan 58.000 so‘m o‘g‘irlab chiqibdi. «Nega o‘g‘irlading?» deb so‘rasam, «o‘g‘li jahlimni chiqardi, shunday qilib alamimni oldim», deydi. Urishsam, indamay turadi, uray desam, katta bo‘lib qoldi. Do‘stona gapirsam, quloq soladi. Bu odatini tashlarmikan deb, qiziqishidan kelib chiqib, musiqa to‘garagiga berdim. Qanday yo‘l tutishga ham hayronman. «Agar yana o‘g‘irlik qilsang, umuman musiqa bilan shug‘ullanmaysan», deb qo‘rqitdim. Balki dadasi uzoqdaligi uchun (xorijga ketgan) tarbiyasiga ojizlik qilayapmanmi, deb o‘ylab qolaman…


Dilfuza, 35 yoshda, Andijon viloyatidan
— Avvalo bu odat paydo bo‘lishiga nima sabab bo‘lganini bilish muhim. Ba'zida bolakay ota-onasi yetarlicha e'tibor bermaganda yoki ular bolaga pul bermagani uchun o‘zini tengdoshlaridan ortga qolganday his qilganda (masalan, birida telefon bor-u, bunda yo‘q yoki boshqalarday kiyinmasa) shunday yo‘l tutadi. Bular o‘smir bola uchun juda muhim. Shuning uchun bu o‘rinda faqatgina bolani ayblash to‘g‘ri emas. O‘zingizning unga munosabatingiz qay darajadaligi haqida ham o‘ylab ko‘ring. Chunki bola «ota-onam menga pul bermayaptimi, demak, yaxshi ko‘rmaydi, e'tibor qaratmayaptimi, demak, meni tushunmaydi», degan fikrga kelib qolishi mumkin. Shuning uchun farzandingizdan nima uchun bunday yo‘l tutayotganini yotig‘i bilan so‘rab, do‘stona gaplashib oling. Chunki u bilan gaplashmasdan turib, jazolayversangiz, vaziyat battar chigallashishi, bola endi sizga umuman hech nima aytmay qo‘yishi mumkin. Lekin o‘zida bo‘lmagani uchun pul o‘g‘irlamasin deb ko‘p pul berish ham yaramaydi. Doim yonida pul bo‘ladigan, ularni osongina sovuradigan o‘smirlar atrofida har doim ham «yaxshi do‘stlar» jam bo‘lavermaydi. Buni farzandingizga tushuntiring, haqiqiy do‘stlaring uchun cho‘ntagingda qancha pul borligi muhim emas deng. Pul o‘g‘irlashning oxiri voy bo‘lishini, hamma o‘g‘ri deb chaqirishini, buning qonunan javobgarligi borligini tushuntirib qo‘ying. Xullas, avvalo vaziyat sababini o‘rganing. Nega bunday qilgani, unga nima yetishmayotganini so‘rang. Faqat juda ehtiyotkor bo‘ling, chunki farzandingiz kelajakda kim bo‘lib ulg‘ayishi sizga bog‘liq. Jazolamoqchi bo‘lsangiz, avvalo o‘g‘irlikni rostdan ham u qilganiga amin bo‘ling. Unutmang, yoningizda jinoyatchi-o‘g‘ri emas, bola turibdi. Hukm chiqarish va jazolashga shoshsangiz, bolaning kelajagini buzasiz, o‘ziga ishonchini yo‘qotasiz.
Bola bu o‘g‘irlik sizni qanchalik ranjitishini tushunishiga imkon bering, lekin voqyeani «jinoyat», «o‘g‘rilik», «kissavurlik» deb atamang. Tuyg‘ularingizni aytib, sirlashing, muammoning yechimini birgalashib izlang. Faqat unutmang, yechim — sizning buyrug‘ingiz emas, hamkorlikdagi qaror bo‘lishi kerak.
Qo‘shningizdan olgan pulni zudlik bilan egasiga qaytarish kerakligini ayting, ammo buni bir o‘ziga qoldirmang. Bu uni battar yomon ahvolga soladi va keyingi gal o‘g‘irlaganini sizdan imkon qadar bekitishga harakat qilaveradi. Faqat u bilan birga boring. Shunda bola har bir inson qo‘llab-quvvatlanish huquqiga egaligini tushunadi.
Bolaning kimlar bilan do‘stligiga ham ahamiyat bering. Chunki ba'zan bola atrofidagi do‘stlari qilgan ishga qiziqib, o‘zida takrorlab ko‘radi.
O‘z muammolaringizni aytib, undan yordam tariqasida fikr so‘rang. Chunki o‘smir yoshda bola o‘zini kattalardek his qiladi va atrofdagilardan ham shunday munosabat kutadi. O‘g‘lingiz dilidagilarni ochganidan keyin uning muammolari haqida gaplashishga harakat qiling.
Qiziqishidan kelib chiqib musiqa to‘garagiga berganingiz to‘g‘ri yo‘l. Yana nimalarga qiziqishini bilishga harakat qiling va uning bo‘sh vaqti ko‘p bo‘lmasligini ta'minlang.

Yüklə 29,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə