Autsorsing - bu elektron tijorat kompaniyasi boshqa kompaniyani yollash jarayoni o'zingizning xodimlaringizni jalb qilmasdan tashqi funktsiya haqida g'amxo'rlik qilish. Bu "autsorsing" nomi bilan tanilgan va bugungi kunda bu ko'plab onlayn biznes uchun qulay xizmatga aylanib bormoqda.
Buxgalteriya shunday sohaki, unda qator konfidentsial va juda muhim korporativ ma'lumotlar saqlanadi. Har qanday puxta o‘ylanmagan harakat, hatto kichik xato va kamchiliklar ham ishga malakasiz yondashuv, xisob-kitoblar noaniqligi va hatto katta jarimalarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun o‘z sohasining ustasi bo‘lgan buxgalterlarga talab yuqori. Aynan shundaylar byudjyetga to‘lanadigan soliqlarni hisoblashadi. Yirik korxonalar shtatida yuqoridagi talablarga javob beradigan, o‘z navbatida, yuqori maosh talab qiladigan buxgalterlar yollash imkoni bor. Biroq yangi tashkil topgan, mikro va kichik korxonalar bunday xarajatlarga tayyor emas. Yollanma buxgalterlar hech qanday hujjatsiz, og‘zaki kelishuv asosida xizmat ko‘rsatishi tufayli ko‘plab muammolar kelib chiqishi mumkin.
Korxona bir necha faoliyat turi bilan shug‘ullanadigan bo‘lsa, har bir faoliyat uchun alohida malakali buxgalter yollash, ularni oylik maosh, ish joyi, dasturiy ta'minot va h.k.lar bilan ta'minlash katta xarajatlarni keltirib chiqaradi.
Korxona bir necha faoliyat turi bilan shug‘ullanadigan bo‘lsa, har bir faoliyat uchun alohida malakali buxgalter yollash, ularni oylik maosh, ish joyi, dasturiy ta'minot va h.k.lar bilan ta'minlash katta xarajatlarni keltirib chiqaradi.
"Autsorsing" so‘zi ingliz tilidan olingan bulib, shartnoma asosida tashqi manbalardan, ya'ni autsorsing xizmatini ko‘rsatuvchi korxonalar xizmatidan foydalanishni bildiradi.
Autsorsing buxgalteriya esa masofadan turib malakali soha mutaxassislari tomonidan olib boriladigan buxgalteriyadir. Autsorsing buxgalteriya yollanma buxgalteriyadan farqli ravishda, buxgalteriyani qisman yoki vaqtinchalik topshirish emas, uzoq muddatga shartnoma asosida hamkorlik qilishni ko‘zda tutadi. Autsorsing buxgalteriya xizmatini ko‘rsatuvchilar autsorserlar hisoblanadi. Hozirgi vaqtda xorijda shtatdagi xodimlarni ta'minlashdan ko‘ra autsorsing xizmatlaridan va ayniqsa, autsorsing buxgalteriya xizmatlaridan keng foydalanilmoqda. Masalan, Belarusda - 30%, Yevropada - 86%, AQShda - 92%, eng yuqori ko‘rsatkich esa - Isroilda bo‘lib, 96% ni tashkil etadi.