Mavzu: Kinematikaning asosiy tushunchalari. Reja: 1. Fizika fani. Uning qismlari 2. Asosiy tushunchalar 3. fizik kattaliklar
“Fizika”(yun.-“fyuzis”) so’zi “tabiat” degan ma’noni anglatadi.
Fizika fani tabiatda kechadigan hodisa va jarayonlarni o’rganuvchi fandir. Fizika faniga Aristotel asos solgan.
Aristotel yoki Arastu(mill. avv. 384-322) – qadimgi yunon faylasufi. Fizika, metafizika, nazm, teatr, mantiq, ritorika, siyosat, etika, biologiya hamda zoologiyaga oid ishlar yozib qoldirgan.
Fizik hodisalar va jismlarning biror xususiyatini miqdor va yo’nalish jihatdan harakterlovchi kattaliklar – fizik kattaliklar deyiladi.
Fizik kattaliklarni belgisi, nomi va birligi bo’ladi.
Masalan: Yo’l – [ S ] = 1 m (metr)
Fizik kattaliklar 2 turga bo’linadi:
skalyar
Skalyar kattaliklar deb, faqat son qiymatiga ega bo’lgan kattaliklarga aytiladi. Bunday kattaliklarga vaqt, yo’l, mass ava zichlik kabilar kiradi.
vektor
Vektor kattaliklar deb, ham son qiymati, ham yo’nalishga ega bo’lgan kattaliklarga aytiladi. Bunday kattaliklarga tezlik, tezlanish, ko’chish va kuch kabilar kiradi.
Mustahkamlash:
1. Kinematikanng asosiy tushunchalariga nimalar kiradi?
2. Harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdi vagonidagi stolda kitob yotibdi. Kitob a) stolga; b) relslarga; c) vagon poliga nisbatan tinch holatda turibdimi yoki harakatdami?
3. Trayektoriyaga ta’rif bering.
4. Jismning harakat trayektoriyasini jism harakatidan oldin ham bilish mumkinmi?
5. Yo’lga ta’rif bering.
6. Vektor kattalik va skalyar kattalik o‘rtasidagi farq nima?