Mavzu: Kriptografiyaning asosiy tushunchalari Reja



Yüklə 130,53 Kb.
səhifə1/5
tarix14.12.2023
ölçüsü130,53 Kb.
#140781
  1   2   3   4   5
5-Ma’ruza Mavzu Kriptografiyaning asosiy tushunchalari Reja

5-Ma’ruza


Mavzu: Kriptografiyaning asosiy tushunchalari Reja:

  1. Asosiy terminlar

  2. Kriptografiya bo‘limlari

  3. Kriptotizim, Kerkxofs prinsipi

  4. Kriptografiya tarixi

  5. Kriptografik akslantirishlar

  6. Bir martali bloknot

Tayanch iboralar: kriptografiya, kriptotizim, kalit, kerkxofs prinsipi, simmetrik, assimetrik, raqamli imzo, kodlash, shifrlash, deshifrlash, matn
Muhim axborotni muayyan adresatga, boshqalarga bildirmasdan, uzatish masalasini uchta usul yordamida hal etish mumkin:

  • adresatlar orasida axborotni uzatishning mutlaqo ishonchli yashirin kanalini yaratish evaziga. Ammo, buni real sharoitlarda amalga oshirish murakkab;

  • uzatish kanalini yoki trafikni niqoblash orqali uzatish faktining o‘zini berkitish evaziga;

  • axborotni shunday o‘zgartirish lozimki, uni faqat qonuniy qabul qiluvchi tiklay olishi mumkinligi evaziga.

Aynan uchinchi variant kriptografiyani o‘rganish predmetini tashkil etadi. Hozirda kriptografiya doirasida yechiladigan masalalarga quyidagilar taalluqli:

    • axborotning konfidensialligini ta’minlash;

    • axborotning yaxlitligini ta’minlash;

    • autentifikatsiya usullarini amalga oshirish;

    • harakatni rad qila olmaslikni ta’minlash.

Konfidensiallik xususiyati simmetrik va ochiq kalitli (assimmetrik) kriptotizimlar evaziga ta’minlanadi. Yaxlitlik xususiyati kriptografik xesh funksiyalar va raqamli imzolardan foydalanib amalga oshiriladi. Autentifikatsiya qismtizimi turli kriptografik primitivlar (cryptographic primitives) asosida amalga oshirilishi mumkin. Harakatni rad qilaolmaslik xususiyati xabar oluvchining, xabar jo‘natuvchisining oldin jo‘natgan xabar muallifligidan tonishiga urinishidan, himoyalanishini tavsiflaydi. Ushbu xususiyat faqat ochiq kalitli kriptografiya vositalari yordamida ta’minlanadi.

Kriptografiyaning yuqorida qayd etilgan masalalari qator kriptografik primitivlardan foydalanib amalga oshiriladi:

      • simmetrik kriptotizimlar;

      • ochiq kalitli kriptotizimlar;

      • kriptografik xesh funksiyalar;

      • raqamli imzolar;

      • raqamli sertifikatlar.

Quyida keyingi bayonlarda ishlatiluvchi asosiy atamalarga oydinlik kiritiladi.
Alfavit deganda axborotni ifodalashda ishlatiluvchi bilgilarning chekli to‘plami tushuniladi. Zamonaviy kriptotizimlarda ko‘pincha atigi ikkita simvoldan (0, 1) iborat ikkili alfavit ishlatiladi. Shuningdek, o‘ttiz oltita belgidan (harfdan) iborat o‘zbek tili alfavitini, o‘ttiz ikkita belgidan (harfdan) iborat rus tili alfavitini, yigirma sakkizta belgidan (harfdan) iborat lotin alfavitini, ikki yuzi ellik oltita belgidan iborat ASSII kompyuter belgilarining alfavitini ham misol sifatida keltirish mumkin.

Yüklə 130,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin