Mavzu: Maktabgacha ta’lim metodikasi xonasi



Yüklə 3,15 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix26.11.2023
ölçüsü3,15 Mb.
#135683
Jabberganova Nodira maktabgacha ta\'lim taqdimot




Mavzu: Maktabgacha ta’lim metodikasi 
 xonasi 
Reja: 
1.Maktabgacha ta’lim metodikasi xonasi haqida tushuncha
2.Maktabgacha ta’lim metodika kabineti ishining mazmuni
3. Maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetining asosiy shakllari. 



 










Respublika maktabgacha ta'lim 
metodikasi kabinetida xodimlarning bilimi 
va malakasini oshirish maqsadida tegishli 
shart-sharoit yaratiladi (buning uchun 
ma'ruzalar, Amaliytreninglar, 
ko'rgazmalar va boshqa tadbirlar tashkil 
etiladi). 
4. Respublika maktabgacha ta'lim 
metodikasi kabinetida ilmiy pedagogik va 
uslubiy adabiyotlar uchun kutubxona 
tashkil qilinadi. 
Tuman maktabgacha ta'lim 
metodikasi kabinetining sohaga doir 
me'yoriy-huquqiy hujjatlar, Maktabgacha 
ta'lim vazirligi, boshqarmalari va 
bo'limlari tomonidan chiqarilgan qarorlar, 
farmoyishlar va boshqa hujjatlar asosida 
besh yilga mo'ljallangan istiqbol rejasi 
tuziladi. 
Yillik rejada metodika kabinetining 
har bir o'quv yiliga taalluqli faoliyati aks 
etadi. 
Chorak va oylik rejalarida yillik reja 
belgilangan vazifalarning bajarilishi 
muddati aniq qayd etiladi. 


Tuman maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining yillik ish rejasi tumandagi uslubiy 
ishlarni bosqichmabosqich, mazmunli tashkil etilishini ta'minlash kerak. Bunda asosiy 
e'tibor o'quv, ta’lim-tarbiya yo'nalishidagi faoliyatini o'rganish, maktabgacha ta’lim 
muassasalarida uslubiy ishlarni tashkil etish va takomillashtirib borish, mudira, 
metodist, tarbiyachilarga o'quv faoliyati, mehnat, estetik, musiqa tarbiyasi bo'yicha 
uslubiy yordam ko'rsatish muassasalarda kasalliklarning oldini olish va profilaktikasini 
yo'lga qo'yish, yasli va aralash guruhlarda, shuningdek, bolalar soni kam bo'lgan 
muassasalar faoliyatini ilmiy-uslubiy jihatdan to'g'ri va samarali tashkil etish kabi 
masalalarning bajarilishiga qaratiladi. 
Rejada maktabgacha ta’lim muassasalarini maqsadli, birlamchi yoki tizimli 
tekshirish tadbirlari alohida o'rin tutadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, tekshiruv shakli 
uning maqsadi va mazmuniga bog'liq. Bunday tadbirlar maktabgacha ta'lim 
muassasalari faoliyati bilan tanishish, ularda kechayotgan jarayonlardan doimo 
xabardor bo'lib turishni ta'minlaydi. Ta'kidlash joizki, tekshiruv rejasi barcha 
muassasalarni qamrab olishi kerak. 
Rejada maktabgacha ta'lim muassasalari soni va nomi ko'rsatiladi. Xulosa qilib 
aytganda, tuman maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining asosiy vazifasi - 
pedagogika va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida erishilgan yutuqlarni, ilg'or 
pedagogik tajribalarni o'rganish, umumlashtirish va tahlil qilish asosida maktabgacha 
tarbiya muassasalarining kundalik faoliyatiga doir yutuq va tajribalar, yangi ishlanma 
va texnologiyalarni joriy etish borasida amaliy uslubiy yordam berishdan iborat. 




Yüklə 3,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin