MUNDARIJA
Kirish
|
|
MS WORD dasturi va uning imkoniyatlari
|
|
MICROSOFT WORD menyusi buyruqlaridan foydalanish
|
|
MICROSOFT WORD uskunalar panelidan foydalanish
|
|
MICROSOFT WORD uskunalar panelidan foydalanish
|
|
Matnni kiritish va taxrirlash
|
|
Matnni shakllash (formatlash)
|
|
Matnlarni diskka saqlash va chop etish
|
|
MICROSOFT WORD da rasmlar ustida ishlash
|
|
WORD da jadvallar bilan ishlash
|
|
Klaviatura tugmachalari va imkoniyatlari
|
|
Hayot xavfsizligi faoliyati
|
|
Asosiy qoidalar
|
|
Asosiy qoidalar tavsifi
|
|
Xulosa
|
|
Adabiyotlar
|
|
REJA
I Kirish
|
|
II MS WORD dasturi va uning imkoniyatlari
|
|
2.1 MICROSOFT WORD menyusi buyruqlaridan foydalanish
|
|
2.2 MICROSOFT WORD uskunalar panelidan foydalanish
|
|
2.3 MICROSOFT WORD uskunalar panelidan foydalanish
|
|
2.4 Matnni kiritish va taxrirlash
|
|
2.5 Matnni shakllash (formatlash)
|
|
III TEXNOLOGIK QISM
|
|
3.1 Matnlarni diskka saqlash va chop etish
|
|
3.2 MICROSOFT WORD da rasmlar ustida ishlash
|
|
3.3 WORD da jadvallar bilan ishlash
|
|
3.4 Klaviatura tugmachalari va imkoniyatlari
|
|
IV Hayot xavfsizligi faoliyati
|
|
4.1 Asosiy qoidalar
|
|
4.2 Asosiy qoidalar tavsifi
|
|
V Xulosa
|
|
VI Adabiyotlar
|
|
KIRISH
Biz uchinchi ming yillikka qadam qo’ydik. XXI asrni o’z navbatida axborot asri desak, adashmaymiz. Bunda axborotsiz ishlab chiqarish rivojlanishini tasavvur etib bo’lmaydi. Hozirda ommabop texnik vositalardan unumli foydalanish fan, ishlab chiqarish, iqtisodiyot va hokazo barcha sohalarda juda muhimdir.
Bilim axborotlar majmuining idrok qilinishidir. Axborot esa ma’lumot berish, tushuntirish, izohdir. Biz atrofga qarasak, ko’rish sezgisi, biror narsa eshitsak, eshitish sezgisi orqali axborot olamiz. Biror narsa so’zlasak yoki ko’rsatsak, axborot beramiz. Demak, qiladigan ishimiz, vazifamiz, asosan, axborot olish, yig’ish, qayta ishlash va uzatishdan iborat ekan. Uni eng zamonaviy texnika vositasi bo’lgan kompyuterlar orqali bajarsak, tez va soz amalga oshiramiz.
Bugungi kun kompyuter hayotimizning barcha sohalariga jadallik bilan kirib bormoqda. Bugun kompyuterda hisoblash, yozish, o’qish, o’rganish, gapirish, saqlash, chizish, qayta ishlash, saralash, musiqa yozish, axborotni olish va biror manzilga yuborish, tahrirlash, maketlar tayyorlash, audio va video yaratish, o’ynash, eng asosiysi, har qanday muammoni dasturlash mumkin. Uning imkoniyatlari kundan-kunga ko’paymoqda, shuning uchun u ishda, o’qishda, uyda va hatto dam olishda insonning eng ishonchli do’stiga aylandi.
Hozirgi kunda axborot texnologiyasi jamiyatning jadal rivojlanishiga ta'sir etuvchi eng muhim omildir. Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo’lgan bo’lsa –da, hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o’ziga xos xususiyati shundaki , sivilizasiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya , xom ashyo, materiallar va moddiy iste'mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, ya'ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi o’rinni egallamoqda. Axborot texnologiyalari turmushning barcha sohalariga borgan sari ko’proq, singib borib, uning harakatlantiruvchi kuchiga aylanmoqda.
Jamiyatni axborotlashtirish deganda, axborotdan iqtisodni rivojlantirish, mamlakat fan-texnika taraqqiyotini, jamiyatni demokratlashtirish va intellektuallashtirish jarayonlarini jadallashtirishni ta'minlaydigan jamiyat boyligi sifatida foydalanish tushuniladi.
Jamiyatni axborotlashtirish jarayonini 5 asosiy yo’nalishga ajratish mumkin:
Mehnat, texnologik va ishlab chiqarish jarayoni vositalarini kompleks avtomatlashtirish.
Ilmiy tadqiqotlar, loyihalash va ishlab chiqarish jarayonlarini axborotlashtirish.
Tashkiliy-iqtisodiy boshqarishni avtomatlashtirish.
Aholiga xizmat ko’rsatish sohasini axborotlashtirish.
Ta'lim va kadrlar tayyorlash jarayonini axborotlashtirish.
Kompyuter texnologiyalardan foydalanish inson uchun bilim olish soxasida ham prinsipial yangi imkoniyatlarni yaratadi. Masofada o’qitish tizimining rivojlanishi butun dunyoni birlashtirgan elektron kutubxonalar va yangi tipdagi universitetlarning yaratilishiga olib keladi.
Axboriy inqilob bevosita insonlarning iqtisodiy xayotiga ta'sir ko’rsatdi. Hozirgi iqtisod maxsulot, resurs va materiallar xarakatiga emas, balki fikr va bilimlarga asoslanadi. Bu jarayon dunyoning barcha mamlakatlarida ro’y bermoqda. Insonlarning faoliyati asosan axborotni qayta ishlashga qaratiladi, iqtisodiy ishlab chiqarish esa mashinalarga yuklanib boradi. Industrial jamiyatdan farqli ravishda axboriy jamiyatda xamma narsa maxsulotlarning ishlab chiqarish va iste'mol qilishiga emas, balki ziyolik va bilimlar ishlab chiqarish va iste'mol qilishiga qaratilgan, bunda aqliy mehnatning axamiyati o’sib, insondan ko’proq ijodkorlik faoliyati ta'lab qilinadi.
Informatika inson faoliyatining turli sohalaridagi axborotlarni yig'ish, saqlash, uzatish, o'zgartirish va qayta ishlash hamda undan foydalanish masalalari bilan shug'ullanuvchi fan sohasidan iborat bo'lib, uning asosiy ashyosi axborotdan iborat.
Hozirgi kunda matematik masalalarni yechishda ko’pgina dasturlar yaratilib, matematik fanlarini o’qitishda qo’llanib kelmoqda.
Matematik amalarni bajarish ya’ni hisob ishlarini olib borish fanlarni o’qitishda Excel dasturidan foydalanib ham kerakli natijalarni olishimiz mumkin.
Zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta’minotining tarkibiy qismiga kiruvchi MICROSOFT OFFICE paketidagi asosiy dasturiy vositalari MS Word matn muharri va jadval protsessori deb ataluvchi MS Excel dasturidir. WINDOWS operatsion qobig’i boshqaruvida bu dasturlar matn yozish va electron jadvallarni tayyorlash hamda ularga ishlov berishga mo’ljallangan.
Dostları ilə paylaş: |