Mavzu: Menejment fanining boshqa fanlar bilan o'zaro aloqasi
Reja.
Menejment fanining boshqa fanlar bilan o'zaro aloqasi
Boshqaruv funktsiyasi deganda nimani tushuniladi?
Boshqarishdan maqsad nima?
Menejment-fani boshqarish to‘g‘risidagi bilimlar majmuasidir. U ijtimoiy iqtisodiy, sotsial, xuquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadordir.
Menejment, dastavval iqtisodiy nazariya fani bilan yaqindan bog‘liqdir. U iqtisodiy qonunlarni bilib olishga va ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy metodlarni qo‘llashga, xar bir xodimga va jamoaga ta’sir ko‘rsatishga asoslanadi. Bir qator iqtisodiy fanlar: makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika, istiqbolni belgilash, mexnat iqtisodiyoti kabilar xam menejment fani bilan chambarchas bog‘liqdir.
Boshqarish fani bilan yuridik fanlari o‘rtasida muayyan munosabatlar mavjuddir. Yuridik fan boshqaruv faoliyati qanday doirada amalga oshirilishi lozimligini, xuquqiy normalarni qanday qo‘llash xamda xo‘jalik yuritish jarayonida boshqaruv organlari, raxbarlar va ayrim kishilarning me’yoriy xujjatlardan, qonunlardan foydalanishini belgilab beradi.
Sotsiologiya, psixologiya va mexnat fiziologiyasi boshqaruv muammolarini ishlab chiqishda juda katta rol o‘ynaydi.
Menejment fani boshqarishning umumiy qonuniyatlarini o‘rganuvchi kibernetika fani bilan uzviy bog‘langandir. U boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni idrok qilish va qayta ishlash jarayonlarini o‘rganadi. Kibernetika yutuqlari:
•boshqaruvdagi axborot tizimini takomillashtirishga;
•boshqarish jarayonini kompyuterlashtirishga;
•avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini yaratishga keng yo‘l ochib beradi. Qayd qilingan aloqador fanlarni mukammal o‘rganish boshqarishning sir-
asrorlarini chuqur anglashga va uni samarali qo‘llashga imkon beradi.
Menejmentning boshqa fanlar bilan aloqalari. Menejment fanining nomlanishida ham har-xil fikrlar mavjud. Menejmentni sun’iy fan, ijtimoiy-gumanitar fan, iqtisodiy fan va amaliy fan deb ham nomlashadi. So’nggi yillarda menejmentni jamiyatshunoslik faniga ham kiritishmoqda. Chunki, menejment maktablari vakillarining boshqaruvni takomillashtirish soha uchun emas, odamlar va jamiyat uchun degan mukammal fikrlarni isbotlashgan. Menejment ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, kibernetika, matematika, statistika, pedagogika, ruhshunoslik va boshqa fanlar bilan aloqadordir. Menejment dastavval iqtisodiyot fanlari bilan yaqindan bog’lik bo’lgan. U iqtisodiyotdagi qonuniyatlarni bilib olishga va ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy usullarni qo’llashga, har bir xodimga va jamoaga iqtisodiy usullar va yo’llar bilan ta’sir ko’rsatishga asoslanadi. Makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika, istiqbolni belgilash, mehnat iqtisodiyoti kabilar ham menejment fani bilan chambarchas bog’liqdir. Boshqarish fani bilan huquqshunoslik fanlari o’rtasida muayyan munosabatlar mavjud. Huquqshunoslik fani boshqaruv faoliyati qanday doirada amalga oshirilishi lozimligini, huquqiy me’yorlarni qanday qo’llash hamda xo’jalik yuritish jarayonida boshqaruv organlari, rahbarlar va ayrim kishilarning me’yoriy hujjatlardan, qonunlardan foydalanishni belgilab beradi.
2. Boshqaruv funktsiyasi deganda nimani tushuniladi? Boshqaruv funksiyalarining mazmuni u yoki bu faoliyatni tashkil qilishdan kelib chikadi. Masalan, ishlab chiqarishning dastlabki bosqichida: loyihalash; konstruktorlik; rejalashtirish kabi ishlarni bajarish bilan bog’liq funksiyalar paydo bo’ladi. Keyingi funksiyalar ishlab chiqarishni tayyorlash, ya’ni,mahsulot tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish, mehnat normalari, materiallari sarfini belgilash; asbob-uskunalarni tayyorlash kabi ishlarni bajarish bilan bog’liq funksiyalar paydo bo’ladi. Ishlab chiqarish jarayonini boshlash va uni uzluksiz davom ettirish uchun ishlab chiqarish vositalari, texnika, xom ashyo, energiya, transport kabi moddiy ta’minot vositalari zarur. Shundan keyin, kadrlarni tanlash, ularni joy-joyiga qo’yish, mehnatni tashkil qilish, ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish kabi bir qator tashkiliy funksiyalar kelib chiqadi. Ko’rinib turibdiki, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funksiyalarida namoyon bo’layapti. Zero, funksiyalar faoliyat turlarini, sub’ektning boshqarish obyektiga aniq, ta’sir qilish yo’nalishlarini aks ettiradi. Aniq funksiyalar. Iqtisodiy funksiyalar. Qo’llanish va foydalanish miqyosiga qarab sotsial funksiyalar boshqarish faoliyati turlariga qarab ma’naviy-ma’rifiy funksiyalar. Tashkiliy funksiyalar boshqaruv funksiyalaridan tashqarida boshqaruv jarayonining o’zi ham bo’lishi mumkin emas. Funksiyalar tarkibini, ularning ko’lamini va mazmunini aniqlash boshqaruvchi xodimlar sonini belgilash, boshqaruv apparatining tashkiliy tarkibini loyhalash uchun muhim asos bo’lib hisoblanadi.
Boshqarish funksiyalari — ko’p qirrali tushunchadir. Shu sababli ularni muhim belgilar bo’yicha turkumlarga ajratib o’rganish zaruriyati tug’iladi. Boshqarish funksiyalarining tasnifi. Boshqaruv funksiyalarining mohiyati, tasnifi va mazmunini o’rganish boshqaruvning butun jarayonini tartibga solib turish uchun zarurdir, chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funksiyalarida namoyon bo’ladi.
G’arb menejmentining bugungi zamonaviy nazariyasi boshqarish funksiyalarini tasniflashda, eng avvalo uning quyidagi asosiy (umumiy) funksiyalariga ustuvorlik beradi: rejalashtirish; tashkil qilish; tartibga solish va muvofiklashtirish; nazorat; rag’batlantirish (motivlashtirish). Bu funksiyalar boshqaruvning barcha bo’g’inlarida va hamma bosqichlarida quyidagi izchillikda amalga oshiriladi:
• Rejalashtirish;
• Marketingni boshqarish;
• Moliyaviy boshqarish;
• Sifatni boshqarish;
• Mehnatni boshqarish;
• Xodimlarni boshqarish;
• Innovatsiyani boshqarish va hokazo.
Bunday holda ishlab chiqarishni boshqarish faoliyatining ayrim turlari va sohalari alohida ajralib turadi.
Boshqarishning yuqorida sanab o’tilgan asosiy funksiyalari ishlab chiqarishni boshqarish jarayonida muhim o’rin tutishi zarur bo’lganligi tufayli ularni mufassal ko’rib chiqamiz.
Demak, boshqarish rejalashtirishdan boshlanib, faoliyatni tashkil qilish, uni rag’batlantirish bilan davom ettirilib, nazorat bilan tugaydi. Bu yerda muvofiqlashtirish barcha funksiyalar jarayonida o’z aksini topadi. Bu funksiyalar boshqaruvning hamma bosqichlariga xos bo’lgan umumiy xususiyatlarga ega bo’lib, boshqaruv apparatining barcha rahbarlari va mutaxassislari faoliyatida mavjud bo’ladi. Ularni, shuningdek, boshqaruvning hamma tomonlarini qamragan funksiyalar deyish ham mumkin, chunki ular boshqaruv tizimini ham bo’yiga (vertikaliga), ham eniga (gorizontaliga) qamrab oladi. Boshqarish funksiyasini tasniflashning ikkinchi yondashuvida boshqarish ishini aniq ijrochilar bo’yicha taqsimlashga ustuvorlik beriladi. Bunda bir butun aniq funksiyalar tizimi ajratiladi. Masalan, zamonaviy g’arb firmalarida ishlab chiqarishga oid 20—25 tadan kam bo’lmagan funksiyalar ajratiladi. Bular quyidagilardir: asosiy ishlab chiqarishni boshqarish; qo’shimcha ishlab chiqarishni boshqarish; ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi ishlab chiqarishni boshqarish;
Boshqarish faoliyatining turlariga ko’ra, funksiyalar quyidagicha bo’ladi: boshqarishning iqtisodiy funksiyalari, ya’ni, mablag’larning doiraviy aylanishni amalga oshirish, mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish, marketing xizmatini uyushtirish, foyda olishni ta’minlash va h.k.; boshqarishning sotsial funksiyalari, ya’ni: mehnat sharoitini yaxshilash, xodimlarning uy-joyga ehtiyojini, sotsial madaniy-ma’naviy ehtiyojlarni qondirish, moddiy rag’batlantirishni ta’minlash, ijtimoiy himoyani ta’minlash va h.k.; boshqarishning ma’naviy-ma’rifiy funksiyalari, ya’ni, xodimlarni insoniylik, yaxshilik, mehr-shafqatli va o’zaro munosabatlarda sabr-toqatli bo’lish ruhida tarbiyalash, xodimlarni Vatanga muhabbat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, halolikni, adolat tuyg’usini, bilim va ma’rifatga intilishni tarbiyalashga xizmat qilish va h.k. Boshqarishning tashkiliy funksiyalari ya’ni, ishlab chiqarishni tashkil qilish, o’zaro aloqalarni o’rnatish va muvofiqlashtirish, barcha bo’g’in va bo’limlar o’rtasida vazifalar taqsimoti, vakolat va boshqarish apparati xodimlari o’rtasida ma’suliyatlarni belgilash, boshqarishning aniq uslubini tanlash va qaror qabul qilishda ish tartibi izchilligi, axborotlar oqimini tashkil qilish va h.k. Qayd qilingan funksiyalar bir-biri bilan bog’liq va ma’lum darajada tartibga solingan ko’p unsurlardan, tarkibiy qismlardan iborat bo’lib, ular yaxlitlikka ega. Shuning uchun ham boshqarish jarayonida ularning birortasi ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak.
3. Maqsad - bu muddao, murod, ya’ni u yoki bu niyatga erishmoq uchun ko’zda tutilgan mushtarak orzu.
Aynan, shu maqsad kishi faoliyatini, o’z orzularini ushalishiga yo’naltiradi ish joylarini va ularning yig'ilishlari rejalarini ishlab chiqish; rejalarni amalga oshirish bo'yicha ishlarni tashkil etish; vazifalarning bajarilishini nazorat qilish; amalga oshirish jarayonida maqsadlar va ularga erishish yo'llarini moslashtirish
Dostları ilə paylaş: |