Mavzu: Olti yoshli bolalar maktab ta’lim jarayoniga matematik jihatdan tayyorlash Mundarija: Kirish



Yüklə 110,12 Kb.
səhifə1/14
tarix18.06.2023
ölçüsü110,12 Kb.
#128218
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Mavzu Olti yoshli bolalar maktab ta’lim jarayoniga matematik ji


Mavzu: Olti yoshli bolalar maktab ta’lim jarayoniga matematik jihatdan tayyorlash
Mundarija:


Kirish
I.BOB. Maktabgacha yoshdagi bolani maktabga tayyorlash va moslashtirish
1. Maktabgacha ta’lim muassasasining o’rni.
2. Oilada bolani maktab ta`limiga tayyorlashning mеtod va usullari.
II.BOB.Maktabgacha tarbiya va boshlang`ich ta`lim kontseptsiyasi nuqtai nazaridan olti yoshli bolalaр oilada va bolalar bog`chasida maktab ta`limiga tayyorlashga qo`yiladigan zamonaviy talablar.

  1. Bolalarning arifmetik masalalarni tushinishining o`ziga xos xususiyati.

  2. Olti yoshli bolalarga matematikani o`rgatish metodikasi

  3. Arifmetik masalalar.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Maktabgacha ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi tahlil qilinganda quyidagilar aniqladi:
- 3-6 yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishni kengaytirish chora-tadbirlari bo‘yicha eng samarali natijalarga Jizzax viloyatida (15 foizga o‘sish) erishildi;
- 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash tizimi bilan qamrab olish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar tahlil qilinayotgan hududlar orasidan Samarqand viloyatida muvaffaqiyatliroq amalga oshirildi;
- nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarmoqlarini rivojlantirish borasida Toshkent viloyatida eng muvaffaqiyatli natijalarga erishildi, ya’ni so‘nggi 5 yil davomida 167 ta yangi nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etildi.
«O‘zbekiston Respublikasida 2030 yilgacha maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasi»ning qabul qilinishi sohadagi islohotlarni amalga oshirishda huquqiy asosni yaratdi. Maktabgacha ta’limni rivojlantirishda hududlar, shahar va qishloqlar o‘rtasidagi nomutanosiblikni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada davlatning sohaga davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy kapitalni jalb etishni rag‘batlantirish[3] siyosati ham imkoniyatlarni kengaytirmoqda.
3-6 yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishni kengaytirish nafaqat yangi muassasalarni qurish va eskilarini ta’mirlash hisobiga (qo‘shimcha bola o‘rinlarini joriy etish) balki, ota-onalar orasida maktabgacha ta’limning ahamiyati haqida faol tushuntirish va tashviqot ishlari olib borish, kam ta’minlangan oilalarning farzandlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hisobiga ham erishildi. Buning natijasida 2015 yilda yurtimizda maktabgacha ta’lim muassasalarida to‘la foydalanilmay qolgan o‘rinlar mavjud bo‘lgan bo‘lsa (jami respublika MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIlaridagi bola o‘rinlari 713060 dona bo‘lib, ularga qatnovchi bolalar soni 620769 nafar), 2020 yilga kelib maktabgacha ta’lim xizmatiga bo‘lgan talab soni mavjud o‘rinlar sonidan oshdi.
Kurs ishining maqsadi: Ta`lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o`zida mujassam etmog`i lozim: jaryonning mantiqiyligi, uning barcha bo`g`inlarini o`zaro bog`langanligi, yaxlitligi.
Kurs ishining ob’ekti: Shaxsning jarayonli sifatlarini shaqllantirishga, ta`lim oluvchining faoliyatni faollashtirish va intensivlashtirish, o`quv jaryonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo`naltirilgan ta`limni ifodalaydi. Maktabgacha ta’lim tizimida masalalarni modellashtirish usullarini tadqiq etish axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali o‘quvchilarni mustaqil fikrlash faoiyatini rivojlantirish.
Kurs ishining predmeti: Ushbu kurs ishida bolalarga matematikaga yondoshuv o`quv jarayoni ishtirokchilarning psihologik birligi va o`zaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o`z-o`zini faollashtirishi va o`z-o`zini ko`rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.

Yüklə 110,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin